15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet26/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

35 – 36 - PARAGRAF
1. O’rta Osiyoni bosib olishga harakat qilib ko’rgan ilk fors podshosi kim ? Kir II
2. Kir II mil.av. 545-540-yillarda qaysi hududlarni bosib oladi ? Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani
3. Kir II massagetlar ustiga qachon yurish qiladi ? Mil.av. 530-yilda
4. Massagetlar mamlakati Kir II tomonidan qanday qilib bosib olinganligi haqida qaysi tarixchi ma’lumot beradi ? Gerodot
5. Kir II ni massagetlar mamlakatiga bostirib kiganida massagetlarning malikasi kim edi ? To’maris
6. “Bu jang ... barcha janglardan ham daxshatliroq edi . Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovor saf tuzib, kamondan o’q yog’dirishdi ...” Forslar va massagetlar o’rtasidagi bu jang haqida kim hikoya qiladi ? Gerodot
7. Doro I ning hukmronligini birinchi yilida ya’ni, mil.av. 522-yilda qayerda qo’zg’olon ko’tariladi ? Marg’iyonada
8. Mil.av. 522-yilda Marg’iyonada kim boshchiligida qo’zg’olon ko’tariladi ? Frada
9. Frada boshliq qo’zg’olonchilar va forslar o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 522-yilda
10. Frada qachon qatl etiladi ? Mil.av. 521-yilda
11. Frada boshchiligidagi qo’zg’olon haqida qaysi manbada ma’lumot keltiriladi ? Behistun bitiklarida
12. Doro I hukmronligining uchinchi yilida , ya’ni mil.av. 519-yilda qayerga yurish qiladi ? Saklar ustiga
13. Doro I ni saklar ustiga yurishi haqida qaysi manbada ma’lumot beriladi ? Behistun bitiklarida
14. Doro I saklar ustiga yurish qilganda saklarning sardori kim bo’lgan ? Skunxa
15. Doro I ni saklar ustiga yurishi haqida qaysi yunon tarixchisi ma’lumot beradi ? Poliyen
16. Poliyen nechanchi asrda yashagan ? Mil.av. II asrda yashagan
17. Shiroq jasorati haqida kim ma’lumot beradi ? Poliyen
18. Nima uchun Doro I bosib olingan hududlarni satrapliklarga bo’lib tashlaydi ? Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutib turish uchun
19. “Satrap” so’zining ma’nosi nima ? Forscha “xshatra” so’lzidan olingan bo’lib , “viloyat” degani
20. O`rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan ? uchta
21. Ahamoniyalar davlatida har bir satraplik qancha muddatda hukmdorga soliq to’lab turgan ? har yilda bir marta
22. Ahamoniylar davlatida soliqlar nima bilan to’langan ? Kumush , chorva mollari, hunarmandchilik buyumlari, kiyim – kechak va hayvonlar terisi bilan
23. Kserksning hukm surgan davri ? Mil.av. 486-465-yillar
24. Ahamoniylardan kimlarning davrida O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida ham qatnashadi ? Doro I va Kserks
25. Mashxur Marafon janggida O’rta Osiyoning muvaffaqiyatli urushgan qaysi xalqlari o’zini ko’rsatadi ? Saklar
26. Qaysi yunon tarixchisi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O’rta Osiyolik jangchilar qurol aslahalarini mufassal tasvirlagan ? Gerodot
27. Gerodotning tasvirlashicha Baqtriyaliklar qanday qurollar bilan qurollangan ? Kamon va nayzalar bilan
28. Gerodotning tasvirlashicha Saklar qanday qurollar bilan qurollangan ? xanjar va oyboltalar bilan
29. Gerodotning tasvirlashicha xorazmiy va so’g’diylar qanday qurollar bilan qurollangan ? Kamon va nayzalar bilan
30. Kserks armiyasida eng yaxshi suvoriylar qayerlik jangchilar bo’lishgan ? Sak va baqtriyalik
31. “Forslar” tragediyasining muallifi kim ? Esxil
32. Esxil o’zining “Forslar” tragediyasida Salamin yonidagi dengiz jangida xalok bo’lgan qayerlik jangchilarni tilga oladi ? Baqtriyalik
33. O’rta Osiyolik xalqlar ustidan Ahamoniylar hukmronligi necha yil davom etadi ? 200 yildan ko’proq
34. Mil.av. IV asrga kelib O’rta Osiyoning qaysi xalqlari Ahamoniylar tarkibidan chiqib mustaqil bo’ladi ? saklar, xorazmiylar va massagetlar
35. Mil.av. VI-IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o’rganilgan bo’lib, ular O’rta Osiyo xalqlarining qaysi sohalari taraqqiyotda yuksak darajaga erishganligidan dalolat beradi ? Hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik
36. Ahamoniylar davrida Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan qaysi shaharlar yirik hunarmandchilik markazlari bo’lgan ? Qiziltepa, Uzunqir, Ko’zaliqir, Yerqo’rg’on
37. O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar nechanchi asrlarda tarqalgan ? Mil.av. V-IV asrlarda
38. O’rta Osiyo hududidan topilgan oltin bilakuzuk qaysi xazinadan topilgan ? Amudaryo xazinasidan
39. O’rta Osiyo hududidan topilgan oltindan yasalgan ot-arava nushasi nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. V – IV asrlarga
40. Amudaryo xazinasi nimasi bilan maxshur ? Oltin va kumushdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan
41. Amudaryo xazinasi qachon topilgan ? 1877-yilda
42. Amudaryo xazinasi hozirda qayerda saqlanadi ? Britaniya muzeyida

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling