15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet23/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

29 – 30 – PARAGRAF
1. Yunonlarning bolaligidan miyasiga qanday dunyoqarash singdirilgan ? Jamoat ishlari shaxiy ishlardan ustuvor ekanligi to’g’risidagi dunyoqarash
2. Yunon bolalariga bolaligidan qanday hissiyot singdirilgan ? She’riyat va musiqaga muhabbat hissi
3. Yunonistonda bolalar umumiy ta’limdan tashqari necha yillik harbiy ta’limni o’tashgan ? Ikki yillik
4. Yunoniston bolalari harbiy ta’limni birinchi yilini qayerda o’tashgan ? Uylarida, safda qurol taqib yurish , ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni o’rganishgan
5. Yunoniston bolalari harbiy ta’limni ikkinchi yilini qayerda o’tashgan ? Ayrimlari Attika harbiy chegaralarida harbiy ta’limni o’tasa, boshqalari Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o’rgangan
6. Qadimgi Yunonistonda necha yoshdagi erkaklar mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelganda harbiy ko’rikka qurol-yarog’lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko’rikka kelishi shart bo’lgan ? 30 yoshga to’lmaganlar
7. Olimpiada o’yinlari dastlab qachon o’tkazilgan ? Mil.av. 776-yilda
8. Olimpiya o’yinlari qancha muddatda o’tkazilgan ? 4 yilda bir marta
9. Olimpiya o’yillarida o’tkaziladigan beshkurashga qaysi sport turlari kirgan ? Uzunlikka sakrash , disk uloqtirish , nayza uloqtirish , yugurish va kurash
10. Yunonistonda qaysi paytda urushlar to’xtatilgan ? Olimpiya o’yinlari paytida
11. Olimpiya o’yinlari kimni sharafiga o’tkazilgan ? Olimp Xudo Zevs sharafiga
12. Afsonalarga ko’ra Olimpiya o’yinlarining asoschisi kim bo’lgan ? Gerakl
13. Olimpiya o’yinlarida kimlar qatnasha olgan ? Jinoyat sodir etmaganlar, sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunonlar
14. Yunonistonda kimlar Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnatishga xaqli edi ? Olimpiya o’yinlarining uch karra g’oliblari
15. Yunonlar yil hisobini nimaga qarab yuritishgan ? Olimpiya o’yinlariga qarab
16. Olimpiya o’yinlarida g’oliblar nima bilan taqdirlangan ? Zaytun daraxti novdalaridan to’qilgan gulchambar bilan
17. Yunonistonda ayollar uchun qanday musobaqa o’tkazilgan ? Yugurish
18. Olimpiya o’yinlarining to’xtatilishiga nima sabab bo’ladi ? 394-yilda sodir bo’lgan zilzila. Olimpiya vayron bo’ladi
19. Olimpiya o’yinlari qachon qayta tiklanadi ? 1896-yilda
20. Yunonlar Troyaga qachon urush boshlaydi ? Mil.av. 1200-yilda
21. Troya qayerda joylashgan ? Kichik Osiyoda
22. Yunon-Troya urushlarining sababi nima bo’lgan ? Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelenani Troya podshosining o’g’li Paris tomonidan o’g’irlab ketilishi
23. Yunonlar necha yil Troyani behuda qamal qiladi ? 9 yil
24. Yunon-Troya urushlarining o’ninchi yili haqida yozilgan asar qaysi ? Gomerning “Iliada” dostoni
25. Kimning maslaxati bilan yunonlar Troyaga yog’och ot yasab sovg’a qiladi ? Odissey
26. Hozirgi tillarda “Troya oti” iborasi qanday ma’noni anglatadi ? Xosiyatsiz sovg’a-salom
27. “Iliada” dostonining bosh qahramoni kim ? Axilles
28. Axillesni mangu barhayot bo’lishi uchun onasi uni qaysi daryoga botirib oladi ? Stiks
29. “Axilles tovoni” iborasi qanday ma’noni anglatadi ? Nozik joy
30. “Iliada” va “Odisseya” poemalarining muallifi kim ? Yunon shoiri Gomer . U so’qir bo’lgan
31. Qadimgi Troya shahri harobalarini kim topadi ? Nemis olimi Genrix Shlimann
32. Qadimgi Troya shahri harobalari qayerdan topilgan ? Turkiyaning Hisorlik tepaligidan
33. Qadimgi Troya shahri xarobalari qachon topilgan ? 1870-yilda
34. Qaysi asarlar bo’lmaganda biz uch ming yil oldin yashagan yunonlar hayoti haqida hech narsani bilmagan bo’lar edik ? “Iliada” va “Odesseya”
35. Teatr qayerda dunyoga kelgan ? Yunonistonda
36. Yunonistonda teatr qachon dunyoga kelgan ? Bundan ikki yarim ming yil muqaddam
37. “teatr” so’zining ma’nosi nima ? Tomoshalar uchun joy, tomoshaxona
38. Afina teatri qancha odamga mo’jjallangan edi ? 17 ming
39. “Shoh Edip” , “Antigona” tragediyalarining muallifi kim ? Sofokl
40. “Arilar”, “Qushlar”, “Baqalar” komediyalarining muallifi kim ? Aristofan
41. Yunonistonda qachondan boshlab barcha ibodatxona va jamoat binolari toshdan barpo etila boshlanadi ? Mil.av. VII asrdan
42. Mil.av. VII asrdan Yunonistonda xususiy uylar nimadan qurilgan ? G’ishtdan va paxsadan
43. “Disk uloqtiruvchi” haykalini kim yasagan ? Miron
44. Tarixchilar qaysi shahar haqida “bu shaharda tirik odamlardan ko’ra haykallar ko’proq” deb aytishgan ? Afina
45. “Afinada tirik odamlardan ko’ra haykallar ko’proq” deb kim aytgan ? Plutarx
46. Eng buyuk yunon haykaltaroshi kim ? Fidiy
47. Qaysi yunon haykaltaroshi Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik qilgan ? Fidiy
48. Olimpiyalik Zevs haykalini kim ishlagan ? Fidiy
49. Minos degan podsho uchun mashxur Labirint saroyini kim qurib bergan ? Dedal
50. Yunonistondagi eng a’lo marmar toshlardan qurilgan ibodatxona qaysi ? Parfenon
51. Yunonistondagi qaysi ibodatxona yorug’lik tushishiga qarab o’z rangini oltin rangidan havorang yoki kulrangga o’zgartirib turgan ? Parfenon

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling