15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
31 -32 -PARAGRAF
1.Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni kim sifatida bilishgan ? Donishmandlar , hayot murabbiylari 2. Qaysi yunon faylasufi “yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan” deb uqtiradi ? Geraklit 3. “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “hamma narsa oqadi hamma narsa o’zgaruvchandir” degan hikmatlar kimga tegishli ? Geraklit 4. Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayda-mayda zarralardan tashkil topgan deb Geraklit fikriga e’tiroz bildirgan yunon faylasufi kim ? Demokrit 5. Demokrit qayerlik edi ? Frakiyalik 6. “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart” degan fikrni o’z ta’limotiga asos qilib olgan yunon faylasufi kim ? Diogen 7. Qaysi yunon faylasufi hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechib umrini bo’chkada o’tkazgan ? Diogen 8. Makedoniyalik Aleksandr “Senga qanday yordam berishim mumkin ? ” deb so’raganida “nariroq tursangchi quyoshni to’syapsan” deb kinoya qilgan yunon faylasufi kim ? Diogen 9. Gerodot qaysi hududlardagi yunon koloniyalarida sayohat qilgan ? Misr, Mesopotamiya, Shimoliy Qora dengiz bo’yidagi 10. Gerodot qaysi asarini yozgandan keyin mashxur kishiga aylanib, “tarixning otasi” nomini oladi ? “Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix” 11. Qaysi yunon olimi to’plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fan sifatida ta’riflab berdi ? Aristotel (Arastu) 12. Qaysi yunon olimi ko’zgular tizimidan foydalanib, yorug’likni bitta yo’nalishga jamlab, rimliklar kemasini yoqib yuborgan ? Arximed 13. Richag qonunini qaysi yunon olimi ishlab chiqqan ? Arximed 14. “Menga tayanch nuqtani topib bering yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman” deb kim aytgan ? Arximed 15. Sokrat (Suqrot) asli qayerlik bo’lgan ? Afinalik 16. O’zining dono hikmatlari tufayli shaharning eng aqilli kishisi deb e’lon qilingan yunon faylasufi kim ? Suqrot 17. “Mening donishmandligim hech nimani bilmasligimni bilishimda” deb kim aytgan ? Suqrot 18. Suqrotning g’oyalari kim orqali bizga yetib kelgan ? Platon 19. Atlantida degan hayoliy davlat yaratgan yunon faylasufi kim ? Platon (Aflotun) 20. “Xudo bizning o’zimizdadir” degan hikmat kimga tegishli ? Platon 21. Suqrotning sevimli hikmati qaysi bo’lgan ? “o’z-o’zingni anglagin va bilgin” 22. “O’z-o’zingni anglagin va bilgin” hikmati qaysi ibodatxonada yozilgan edi ? Delfiya ibodatxonasida 23. Yomon , aldoqchi va shavfqatsiz bo’lishga qaraganda yaxshi, halol, rahmdil bo’lish ancha yaxshi degan kim ? Suqrot 24. “Bularsiz ham kun kechirish mumkin bo’lgan shuncha narsalar borligi ham qandoq yaxshi ” degan yunon faylasufi kim ? Suqrot 25. Suqrot nima uchun o’limga mahkum etilgan ? Afinadagi ba’zi tartiblarni qo’rqmasdan tanqid qilganligi uchun 26. Suqrot tarixda nimaning timsoli bo’lib qolgan ? Odamiylik , sabr – matonat va jasurlik Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling