15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
39 – 40 – PARAGRAF
1. Makedoniyalik Aleksandr qachon vafot etadi ? Mil.av. 323-yil 13-iyunda Bobilda 2. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin uning davlati necha qismga bo’linib ketadi ? Uch qismga. Bular: Makedoniya, Misr, Suriya 3. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin bo’linib ketgan uch davlatni kimlar boshqaradi ? Makedoniyalik Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari 4. Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka qachon Bobil (Mesopotamiya) hukmdori bo’ladi ? Mil.av. 312-yilda 5. Salavka davlati tarkibiga qaysi hududlar kirgan ? Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona 6. Salavka O’rta Osiyoni qanday ma’muriy birliklarga bo’ladi ? Satrapliklarga . Hukmdori strateg deyilgan 7. Salavkiylar davlatida Davlat mudofaasi va qo’shinlarni tashkil etish bilan kim shug’ullangan ? Strateg 8. Salavka qachon o’g’li Antioxni Sharqiy viloyatlar noibi etib tayinlaydi ? Mil.av. 293-yilda 9. Salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlariga qaysi hududlar kirgan ? Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona 10. Salavka qachon vafot etadi ? Mil.av. 280-yilda 11. Salavka vafotidan so’ng kim salavkiylar davlatining hukmdoriga aylanadi ? Mil.av. 280-yildan Antiox 12. Antiox salavkiylar davlatida necha yil hukm suradi ? 20 yilcha 13. Yunon-makedon istilolaridan keyingi davrda qaysi shaharlar yirik shahar va madaniyat markazlariga aylanadi? Baqtra, Maroqanda, Marg’iyona Antoixiyasi, Termiz 14. Marg’iyona Antoixiyasi hozirgi qaysi hududga to’g’ri keladi ? Marv 15. Qaysi xalqlarning istilosidan keyin O’rta Osiyoda antik yoki ellinlashtirish davri boshlanadi ? Yunon-makedonlarning 16. Sharqda mil.av. III-II asrlarda yunon madaniyatining tarqalishi va yangi umumlashgan madaniyat , yunon va mahalliy sharq madaniyatining vujudga kelishi nima deyiladi ? Ellinlashtirish 17. Yunon-makedonlarning istilolaridan keyin O’rta Osiyoning qaysi hududida yunon yozuvi, yunon og’irlik o’lchov birligi, pul munosabatlari hunarmandchilik va san’at buyumlari tarqaladi ? Baqtriyada 18. Yunonlar Baqtriyadan qanday an’analarni o’zlashtiradi ? Binosozlik va hunarmandchilik an’analarini 20. Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan qachon ajralib chiqadi ? Mil.av. III asr o’rtalarida 21. Yunon-Baqtriya davlatining asoschisi kim ? Diodot 22. Kim mingta Baqtriya shahri hukmdori bo’lgan ? Diodot 23. Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan nechanchi yilda ajralib chiqadi ? Mil.av. 250-yilda 24. Mil.av. 250-yilda Baqtriyaning raqibiga aylangan davlat qaysi ? Parfiya 25. Yunon – Baqtriya podsholigi tarkibiga qaysi hududlar kirgan ? Baqtriyadan tashqari , So’g’diyona va Marg’iyona 26. Yunon-Baqtriya davlatida Diodotdan keyin taxtga kim keladi ? Yevtidem 27. Yunon-Baqtriya davlatida sezilarli iz qoldirmagan hukmdor kim ? Yevtidem 28. Kimni davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo’ladi ? Yevtidemning o’g’li Demetriy davrida 29. Demetriy hukm surgan yillar ? Mil.av. 199-167-yillar 30. Kimning hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi Hindistonning bir qismini o’ziga qo’shib oladi ? Demetriy 31. Parfiyada hokimiyat kimni qo’liga o’tishi bilan u Bqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi ? Mitridat I 32. Yunon-Baqtriya davlatining kuchsizlanishiga nima sabab bo’ladi ? Tinimsiz urushlar olib borishi 33. Kuchsizlangan Yunon-Baqtriya davlatini yuechji qabilalari qachon bosib oladi ? Mil.av. 140-130-yillarda 34. Yunon – Baqtriya davlati necha yil yashaydi ? 120 yil 35. Yunon-Baqtriya davlatining qaysi shaharlari hunarmandlari yasagan buyumlar qo’shni shaharlar va davlatlarga ham tarqalgan? Baqtriya , So’g’diyona, Marg’iyona 36. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar – hukmdor tasviri bilan zarb etilgan 37. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga boradigan savdo yo’li bilan birgalikda yana qaysi yo’l faoliyat ko’rsatgan ? Buyuk Ipak yo’lining janubiy tarmog’i Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling