15. 1-mavzu: XIX asrning birinchi yarmida qo’qon xonligi reja


Download 28.4 Kb.
bet1/4
Sana08.06.2023
Hajmi28.4 Kb.
#1465788
  1   2   3   4
Bog'liq
ў он хонлиги маъруза матни


15.1-MAVZU: XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QO’QON XONLIGI
Reja:
1.XIX asr birinchi yarmi Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar.
2.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligidagi siyosiy vaziyat.
3.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligining ijtimoiy hayoti.
4.XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligining iqtisodiy hayoti.


Адабиётлар.

  • АСагдуллаев. Ўзбкистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. Т.г Академия 2000

  • Ибрат Фарғона тарихи. Т.г Мерос 1992

  • Мулло Олим Махмуд Хожа. Тарихи Туркистон. Қарши 1993

  • Зиёев Х.З. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Т., Шарқ 1998

  • Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. Т., Шарқ 2000


1-masala
Avvalgi ma’ruzalarda keltirib o’tganimizdek, Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar orasida mahalliy tillarda yozilgan asarlar, rus va boshqa halqlar tomonidan yozib qoldirilgan asarlar hamda yozma yodgorliklar, hisobotlar, qaydnomalar va hujjatlar asosiy o’rin tutadi.
Mahalliy tillarda yozilgan asarlar orasida bevosita tarixiy davr yoki voqealarni yoritib beruvchi asarlar bilan bir qatorda biografik va jangnoma ruhidagi bir qator asarlar o’rin olganki, ular yordamida biz Qo’qon xonligining XIX asr birinchi yarmi va boshqa davrlarni bemalol yorita olish imkoniga ega bo’lamiz.
Bunda asarlar qatoriga Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», , Avaz Muhammad Attor Xo’qandiyning «Tarixi Jahonnomayi», Otabek Fozilbek o’tlning «Mukammal tarixi Farg’ona», Niyoz Muhammad Xo’qandiyning «Tarixi SHohruxiy», Muhammad Aziz Marg’iloniyning «Tarixi Aziziy» va boshqa bir qator asarlarni keltirishimiz mumkin.
SHuningdek, bugungi kunda A Navoiy nomidagi MDKning nodir kitoblar bo’limida saqlanayotgan bir qator rus mualliflari qalamiga mansub asarlar hamda arxiv hujjatlari ham Qo’qon xonligining XIX asrga oid tarixini o’rganishimizda muhim manbalar hisoblanadi.

Download 28.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling