TAYANCH TUSHUNCHALARI:
Vaqf — yer egaligi turi, davlat va amaldorlar tomonidan diniy muassasalar, masjid va madrasalarga ajratilgan yer — mulk.
Inoqlar — qabila boshliqlaridan iborat xonning maslahatchilari hamda xonning farmonlarini o‘z tobelariga yetkazuvchilar.
Tanob — tomonlari 60 gazdan iborat yer maydoni (gaz — 71 sm), (bir tanob — 900 kv.m)
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Olimxon va Umarxon hukmronligi yillarida Qо‘qon xonligi siyosiy hayotining asosiy
jihatlarini ochib bering.
2. XIX asrning birinchi yarmida qо‘qon xonligining ijtimoiy – siyosiy hayotini yoritib bering?
3. Xonlikda ichki kurashlarning kuchayishining asosiy sabablari?.
4. Muhammad Alixon hukmronligining asosiy jihatlari?
5. Sheralixon va Xudoyorxon hukmronligining asosiy voqealari?
6. Xonlikda iqtisodiy ahvolning og‘irlashishi va xalq qо‘zg‘olonlarining asosiy sabablari?
7. Qо‘qon – Rossiya munosabatlari xaqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |