15-amaliy mashg’ulot sun’iy nafas berish va yurakni massaj qilish usullarini maneken trenajyorda о‘rganish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish


Download 48.57 Kb.
bet2/4
Sana24.10.2023
Hajmi48.57 Kb.
#1717986
1   2   3   4
Bog'liq
15-Amaliy

1.Sun’iy nafas oldirish.
Sun’iy nafas oldirish, yordam kо‘rsatuvchi о‘z о‘pkasidan, «og‘izdanog‘izga» yoki «og‘izdan-burunga» usulida havo puflash yо‘li bilan
oshiriladi.
«Og‘izdan-og‘izga» sun’iy nafas oldirish usulini faqatgina elektr
tokidan jarohatlanib, mavhum о‘lim holatida emas, balki boshqa baxtsiz
hodisalar: bо‘g‘ilish, zaharlanishning, dori-darmonlarni kо‘p miqdorda
iste’mol qilish, suvga chо‘kish (bunda suvni о‘pkadan chiqarib о‘tirishga
vaqt ketkazmasdan zudlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishilsa, suvni
о‘pkadan asta sekinlik bilan chiqadi) rо‘y berganda ham qо‘llash mumkin.
Bu usul boshqa usullarga qaraganda quyidagi sabablarga kо‘ra
qulayroqdir:
a) yordam kо‘rsatuvchi, haqiqatdan ham, havo shikastlangan kishining
о‘pkasiga kirayotgan va chiqayotganligini kо‘krak qafasini kо‘tarilib –
tushishiga qarab ishonch hosil qilish mumkin.
b) yordamchi tomonidan puflanayotgan havo tarkibida nafas olish
uchun yetarli miqdorda kislorod bо‘ladi.
Bunda boshqa usullarga nisbatan, о‘pkaga puflanayotgan havoning
miqdori 1000-1500 sm3 ga yetadi. Shikastlanib asfiksiyaga (nafas olishi va
qon aylanishi tо‘xtagan holati) uchraganlarda, halqum va jag‘
muskullarining bо‘shashishi natijasida til pastki jag‘ga yopishib, orqaga
ketib qoladi va nafas olish yо‘lini tо‘sib qо‘yadi. (16.1-rasm).
Sun’iy nafas oldirishni boshlashdan avval, о‘pkaga havo yо‘lini ochish
kerak. Buning uchun shikastlangan odam boshini iloji boricha orqaga
og‘dirish kerak. Shunda pastki jag‘ bilan til oldinga chо‘zilib, nafas yо‘li
ochiladi (16.1-rasm).
Yordam kо‘rsatuvchi puflayotganda og‘zini jabrlanuvchi og‘ziga zich
birlashtirib shunday kuch bilan havo berishi kerakki, bunda
jabrlanuvchining kо‘krak qafasi kо‘tarilishi kerak. Havo tashqariga chiqib
ketmasligi uchun burun teshiklari barmoqlar bilan qisiladi (16.1-rasm).
«Og‘izdan-og‘izga» usuli oddiy va qulaydir. Ba’zan bosh orqaga
og‘dirilsa ham, og‘izni ochish imkoniyati bо‘lmaydi. Bunday holatda, havo
burun orqali «og‘izdan-burunga» usuli asosida о‘pkaga puflanadi. Havo
tashqariga chiqmasligi uchun og’izni qо‘l bilan mahkam yopish kerak.
Jabrlanuvchining og‘zidan suyuqlik va ovqat qoldiqlari chiqishi
mumkin. Bunday hollarda, ovqat о‘pkaga tushmasligi uchun og‘iz tezlik
bilan tozalanishi kerak. Og‘iz va tomoqda suyuqlik borligini sezgan
zahotiyoq, jabrlanuvchining boshi yon tomonga og‘dirilib, qarshi
tomondagi yelkasi kо‘tariladi, bunda og‘iz kо‘krakdan pastga bо‘lishiga
78
e’tibor berish kerak. Shunda suyuqlik pastga oqib ketadi. Sо‘ngra tezlik
bilan og‘iz dastrо‘mol yoki qо‘l bilan tozalanib, yana havo beriladi.
Kattalar,bolalar va go’daklarda sun’iy nafas berish tartibi

Kattalar

Bolalar

Go’daklar




Yoshi

8-yoshdan katta

1-8 yosh

1 yoshgacha

Boshi

Bosh orqaga
egilib,iyak ko’tariladi

Ehtiyotkorlik bilan
bosh jrqaga egilib
iyak ko’tariladi

Bosh biro z
orqagaegiladi

Burni

Burun kataklari bosh
va ko’rsatkich
barmoq bilan
mahkam qisiladi.

Burun kataklari bosh
va ko’rsatkich
barmoq bilan
mahkam qisiladi.




Og’zi

Jabrlanuvchining
lablari lablar bilan
zich qamrab olinadi

Jabrlanuvchining
lablari lablar bilan
zich qamrab olinadi

Jabrlanuvchining
burni va og’zi lablari
bilan zich qamrab
olinadi

Puflashni bajarish

1,2,3,4 deb 5-sida
puflash

1,2 deb 3-sida
puflash

1,2 deb 3-sida
puflash

Puflashni maromi

Har 5 sekundda 1
marta puflash

Har 3 sekundda 1
marta puflash

Har 3 sekundda 1
marta puflash

Puflashning
davomiyligi

1.5-2 sek

1-1,5 sek

1-1,5 sek

Tomir urushini
tekshirish

Uyqu arteriyasida

Uyqu arteriyasida

Elka arteriyasida

Agar nafas olish bilan birgalikda, yurak urishi ham tо‘xtasa, sun’iy
nafas olish bilan birgalikda yurak yopiq massaj qilinadi.

Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling