15 amaliyot ishi Gʻildirak juftlariga qo’yiladigan talablar
Download 16.41 Kb.
|
15-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- O ʻ qitish shakli
- Foydalaniluvchi asboblar
- Gʻildirak juftlariga qo’yiladigan talablar “Greben” qalinligi
- Prokat”ni o‘lchami
- Polzun”ning chuqurligi 1 mm dan oshiq bo‘lsa, poezdga qo‘yish mumkin emas. Yo‘lda aniqlanganda esa 2mm dan oshiq bo‘lmasa
- 12mm dan oshiq
№ 15 amaliyot ishi Gʻildirak juftlariga qo’yiladigan talablar Kognitiv: gʻildirak juftlariga qo‘yilgan talablarni oʻrganish, ularni oʻzaro solishtirib tahlil qilish. Tarbiyaviy: talabalar mustaqil ishlashni va tahlil qilishni oʻrganadilar. Rivojlantiruvchi: talabalar olgan nazariy bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan toʻldiradilar. Oʻqitish shakli: auditoriya-darsli, rivojlantiruvchi, maslahat va oʻqituvchi nazoratini talab etuvchi. Oʻqitish metodlari: oʻrganish faoliyati xarakteri boʻyicha tekshiruvli, tushuntirish-rasmli, muammoli ifodalash. Foydalaniluvchi asboblar: auditoriya va ToshDTU oʻquv poligonida joylashgan gʻildirak juftlarining namunalari. Foydalaniluvchi pedagogik texnologiyalar: “Talaba pedagog rolida”, “Har biri barchani oʻrgatadi” prinsiplari, maketlar, koʻrgazmali qurollar, tarqatma materiallar va ToshDTU oʻquv poligonida amaliyot ishlarini oʻtkazish uchun mavjud boʻlgan haqiqiy namunalarni qoʻllash. Gʻildirak juftlariga qo’yiladigan talablar “Greben” qalinligi: 1. Harakat tezligi 120km/s gacha bo‘lsa - 33mm dan oshiq, 25mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 2. Davlatlararo qatnovchi yuk vagonlarida 33 mm dan oshiq, 24 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. “Prokat”ni o‘lchami (suratda ko‘rsatilgan usulda o‘lchanganda): yo‘lovchi vagonlarda: uzoq masofaga qatnovchi – 7mm; mahalliy, shaharlararo – 8mm; refrijerator va yuk vagonlarida 9mm dan oshmasligi kerak. Notekis “prokat”: yo‘lovchi va yuk vagonlarida 2mm va undan oshiq bo‘lsa ruhsat etilmaydi. Notekis “prokat” eng chuqur joyidan o‘lchangandan so‘ng uning har ikki tarafidan 500mm masofada o‘lchab oradagi farqdan aniqlanadi. “Polzun”ning chuqurligi 1 mm dan oshiq bo‘lsa, poezdga qo‘yish mumkin emas. Yo‘lda aniqlanganda esa 2mm dan oshiq bo‘lmasa, bu vagonni yo‘ldagi birinchi TXKBgacha olib borishga ruhsat beriladi. Harakat tezligi: yo‘lovchi vagonlarda 100km/s; yuk vagonlarda 70km/s dan oshmasligi kerak. “Polzun” 2mm dan 6mm gacha bo‘lsa 15 km/s tezlikda, 6mm dan 12 mm gacha bo‘lsa 10 km/s tezlik bilan yo‘ldagi birinchi stansiyaga olib boriladi va u erda nosoz g‘ildirak juftligi almashtiriladi. Agar polzun 12mm dan oshiq bo‘lsa 10 km/s tezlikda tormoz bashmoqlari yoki qo‘l tormozi yordamida g‘ildirakni aylanishdan to‘xtatib harakatlantiriladi. “Navar”ning balandligi (qalinligi) yo‘lovchi vagonlarida 0,5mm, yuk vagonlarda 1mm dan oshiq bo‘lmasligi kerak. O‘qning o‘rta qismidagi ishqalanish (protertost osi) o‘lchami chuqurligi 2,5mm dan oshiq, (diametr bo‘yicha 5mm) bo‘lsa ruhsat etilmaydi. “Vыщerbina”lar yo‘lovchi vagonlarda, oraliq stansiyalarda aniqlansa, agar ularni uzunligi: - 25mm dan 40mm gacha bo‘lsa, belgilangan tezlikda g‘ildirak almashtirish mumkin bo‘lgan joygacha borishga ruhsat beriladi; - 40mm dan 80mm gacha bo‘lsa, tezlikni 100 km/s dan oshirmagan holda g‘ildirak almashtirish mumkin bo‘lgan joygacha borishga ruhsat beriladi; - 80mm oshiq bo‘lsa tezlikni 15 km/s dan oshirmagan holda g‘ildirak almashtirish mumkin bo‘lgan joygacha borishga ruhsat beriladi. Obodning qalinligi g‘ildirakning butun aylanish yuzasi bo‘ylab: yo‘lovchi vagonlarida 30 mm dan kam bo‘lishi mumkin emas; yuk vagonlarida esa 22mm dan kam bo‘lishi mumkin emas. Nazorat savollari: G‘ildirak juftiga qanday talablar qo‘yiladi? G‘ildirakning qanday nosozliklarida harakatlanish mumkin emas? G‘ildirakning qanday nosozliklarida harakatlanish mumkin? G‘ildirakning nosozliklari qanday uskunalar yordamida aniqlanadi? Download 16.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling