15-Laboratorya mashg‘uloti: Issiqxona sharoitiga mos shirin qalampir nav va duragaylari urug`larini zararsizlantirishni laboratoriya sharoitida o`rganish
Download 338.41 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq15-lab
15-Laboratorya mashg‘uloti: Issiqxona sharoitiga mos shirin qalampir nav va duragaylari urug`larini zararsizlantirishni laboratoriya sharoitida o`rganish. O‘zbekiston sharoitida ochiq yerda shirin qalampir bir yillik o‘simlik bo‘lib, u juda issiqsevar hisoblanadi. O‘sish davrida maysalar yoppasiga paydo bo‘lgandan to hosil berishi davomiyligi (agar sovuq urmasa) 180 kungacha boradi. Harorat +25+28°S bo‘lganda o‘simlik jadal o‘sadi, hapopat +18+20°S da o‘sish jarayoni pasaymaydi, ammo generativ organlari rivojlanishi sekinlashadi. Hapopat +11+13°S bo‘lganda o‘simliklar o‘sishdan to‘xtaydi va -0,5-1°S sovuqda nobud bo‘ladi. Past haroratda shirin qalampirdagi xlorofill parchalanishi hisobiga barglari sarg‘ayadi. Havo va tuproq namligi yetishmasa va harorat +30°S dan yuqori va +15°S dan past bo‘lsa o‘simlikning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ko‘p gullari va mayda tuganaklari to‘kilib ketadi. O‘rtacha sutkalik harorat +15°S dan pasayganda o‘simlik hosil berishdan to‘xtaydi. Shirin kalampir urug‘lari juda sekin o‘sadi va u ekilgandan 10-12 kundan keyin tuproq harorati 13-14°S bo‘lganda unib chiqadi. Qalampir yorug‘sevar, qisqa kun o‘simligi. Ko‘chat zich ekilganda yorug‘likning yetishmasligi kam meva tugishiga va hosildorlikniig keskin pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Shirin qalampir yengil, qumoq, strukturali organik va mineral moddalarga boy tuproqlarda yaxshi o‘sib, rivojlanadi. Unga kam kislotali tuproqlar 5,4-6,8 pH ko‘rsatkichi maqbul hisoblanadi. Ushbu ekin tuproqdan ko‘p miqdori oziqa moddalarni oladi. Hosildorlik gektariga 10 t bo‘lganda shirin qalampir tuproqdan 35 kg azot, 10 kg fosfor va 45 kg kaliyni oladi. Tuproqdagi oziqa moddalardan foydalanish koeffitsienti qalampir uchun 25% azot, 10% fosfor va kaliyniki 29% ga teng. O‘g‘itlardagi oziqa moddalardan foydalanish koeffitsienti: azot – 55%, fosfor – 18% va kaliy – 65% teng. Mevalarni shakllantirguncha o‘rtacha sutkalik suv sarfi shirin qalampir uchun 40-55 m3, yoppasiga meva tugayotganda 60-65 m3 va mevalashning oxirida 40-45 m3 ga ni tashkil qiladi. O‘sish davrida 0-50 sm tuproq qatlamidagi sug‘orishdan oldingi tuproq namligi to‘yingan dala nam sig‘imiga nisbatan 80% bo‘lganda u maqbul hisoblanadi. Ko‘chat o‘sayotgan davrida va meva tuga boshlagunga qadar havodagi nisbiy namlik shirin qalampir uchun 70% va meva tugayotganda 60-65% bo‘lishi kerak. Shirin qalampir mevasida bir necha o‘n donadan 500 donagacha urug‘ bo‘ladi. Urug‘i ham dumaloq, rangi och sariq bo‘lib, 1 g da 110- 200 dona urug‘ bo‘ladi. Urug‘lari o‘zining unish xususiyatini uch yilgacha saqlaydi. O‘zbekiston sharoitida shirin qalampirdan yuqori sifatli hosil olish uchun nav va duragaylarni to‘g‘ri tanlash mo‘l hosil yetishtirish garovidir. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga shirin qalampirni mahalliy 8 ta navi kiritilgan, quyida ushbu navlarning tasnifi keltirilgan. Issiqxonada ekishga tavsiya etilgan navlar. Download 338.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling