15-Laboratorya mashg‘uloti: Issiqxona sharoitiga mos shirin qalampir nav va duragaylari urug`larini zararsizlantirishni laboratoriya sharoitida o`rganish
Download 338.41 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq15-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reyna F 1.
Flamingo
F1. Fransiya davlatining «Kloz» urug‘chilik kompaniyasining duragayi. Ertapishar. Venger tipidagi shirin qalampir. Tupi yirik, o‘rtacha kattalikda, uzunligi 8x12 sm, bargi o‘rtacha kattalikda, rangi och yashil, pishganda rangi qizil. Meva vazni 145 g, ta’mi 5,0 ball. Hosildor, mevasi yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mo‘ljallangan, kasalliklarga chidamli, a’lo darajada ta’mga ega, transportda tashishga qulay va fermer xo‘jaliklarida ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o‘rtacha 18,5 t/ga ni tashkil etadi. Djemini F1. Gollandiya davlatining «Nunems» firmasining duragayi. O‘rtapishar. Tupi yirik, o‘rtacha kattalikda, uzunligi 45-50 sm, bargi o‘rtacha kattalikda. Meva shakli uzunchoq, o‘rtacha kattalikda, texnik pishganda rangi yashildan to‘q sariq rangga o‘tib pishadi. Meva yuzasi silliq. Uzunligi o‘rtacha 7-8- 9-10 sm, qalinligi 6,8 sm Meva vazni 250 g, ta’mi 4,5 ball. Meva tarkibida vitamin S 86,2%, nitratlar 120 mg/kg, quruq modda 6,8%, qand miqdori 2,6%. Yangiligicha iste’mol qilishga mo‘ljallangan, kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay va fermer xo‘jaliklarida ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o‘rtacha 45,0 t/ga ni tashkil etgan. Reyna F 1. Gollandiya davlatining «Nunems» firmasining duragayi. Ertapishar. Tupi yirik, o‘rtacha kattalikda, uzunligi 45-50 sm, bargi o‘rtacha kattalikda. Meva shakli kubiksimon-cho‘ziq, 3-4 ta kamerali, o‘rtacha kattalikda, rangi to‘q qizil, eti qalin. Meva yuzasi silliq. Uzunligi o‘rtacha 7-8-9-10 sm, qalinligi 6,8 sm, vazni 200 g, ta’mi 4,5 ball. O‘sish davri 79 kun. Meva tarkibida vitamin S 18,3%, nitratlar /110 mg/kg, quruq modda 6,0%, qand miqdori 3,1%. Yuqori hosildor, yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mo‘ljallangan, kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay. Ushbu duragay ochiq dalada hamda issiqxonalarda ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o‘rtacha 52.0 t/ga ni tashkil etadi. Derbi F1. Gollandiya davlatining «De Reyter Side» firmasining duragayi. O‘rtapishar. Mevalari o‘ziga xos qaymoq rangga ega, pishganda rangi qizil, kubiksimon shaklda, eti qalin. Meva yuzasi silliq. Meva vazni 157 g, ta’mi 5 ball. O‘sish davri 97 kun. Yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mo‘ljallangan, kasalliklarga chidamli. Ushbu duragay ochiq dalada hamda issiqxonalarda ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o‘rtacha 29,8 t/ga ni tashkil etadi. Download 338.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling