15.3. Shahar elektr tarmog’iga doimo qushilgan tizimlar.
Shahar elektr tarmog„iga doimo qushilgan tizimlar (On-Grid, Grid-
Tied). On-Grid tizimlar - elektr tarmog’iga doimo qushilgan tizimlardir, ularning
avtomatikasi minielektrostansiyalarni (quyosh, gidro-, shamol- va boshqalarni)
elektr tarmoq bilan sinxron ishlashni ta‘minlaydi.
Bunday tizimining asosiy elementi –
invertor, elektr tarmog’iga
doimo
qushilgan holda ishlash uchun muljallangan (Grid Tie Invertor GTI).
Grid Tie
Invertor tizimi ortiqcha ishlab chiqargan energiyani elektr tarmog’iga
uzatish
imkoniniyatiga ega.
15.3.1-rasm. Shahar tarmog’iga doimo qushilgan
quyosh fotoelektr
tzimining tuzilma sxemasi: 1-QFB; 2-Grid-Tie invertor; 3-himoya
avtomatikasi;
4-energiyani
hisobga oluvchi asbob; 5-elektr energiyani iste‘molchilar; 6-
elektr tarmoq; a-o’zgarmas tok; b-o’zgaruvchan tok
Ushbu tizimlarning o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklar:
- Invertorning quyosh batareyaga bevosita ulanishi (akkumulyatordan
foydalanish zarurat yo’q).
Invertorning maksimal quvvat nuqtasini kuzatish (maksimal quvvat
nuqtasida avtomatik blokirovkalash) funksiyadan foydalanish QFBning elektr
energiyasidan maksimal 40 samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa
elektr energiyaning ishlab chiqarishni 20...30% gacha oshirishga imkoniyat
beradi.