15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


-ma’ruza: Qoʻshilgan va rezerv kapitali hisobi. Sotib olingan xususiy aktsiyalar hisobi


Download 0.65 Mb.
bet14/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

19-ma’ruza: Qoʻshilgan va rezerv kapitali hisobi. Sotib olingan xususiy aktsiyalar hisobi.
Reja:

  1. Qoʻshilgan kapital hisobi.


  2. Rezerv kapitalini shakllantirish va ishlatishni hisobga olish.


  3. Sotib olingan xususiy aktsiyalar hisobi.




Aktsiyadorlik jamiyatlarda qo’shilgan kapitalni hisobi
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-xo’jalik faoliyatlarini buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida qo’shilgan kapitalini hisobga olish uchun balansga nisbatan passiv bo’lgan quyidagi schyotlar nazarda tutilgan:
8410-«Emission daromad»;
8420-«Ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha kursdagi farq».
Ushbu schyotlar passiv bo’lib, ular oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini hisobga olish uchun foydalaniladi.
8410-«Emission daromad» schyotining kreditida aktsiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi.
Qo’shilgan kapital quyidagi omillar ta’sirida vujudga kelishi mumkin:
1. Aktsiyalarni emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda birlamchi sotilishi natijasida;
2. Xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytida yuzaga keladigan kursdan farqlar hisobiga.
Misol. Nominal qiymati 600 so’m bo’lgan aktsiyalar 850 so’mga sotildi. Emission daromad 250 so’m tashkil etadi. Bu xo’jalik jarayoni buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»-850 so’m
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarga qarz»-600 so’m
Kredit 8410-«Emission daromad»-250 so’m.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aktsiyalarni ikkilamchi sotishdan olingan zarar 8410-«Emission daromad» schyotida zarar sifatida aks ettiriladi.
1-misol. Faraz qilaylik 1000 so’m nominal qiymatga ega bo’lgan aktsiyalar dastlab 1200 so’mdan sotilgan, (bunday aktsiyalarning emission daromadi 200 so’m ni tashkil etadi = 1200 so’m-1000 so’m), keyinchalik bu aktsiyalar aktsiyadorlardan 1260 so’mdan sotib olinib, ikkinchi marta 1200 so’mdan sotilgan bo’lsin. Bunday xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»-1200 so’m
Debet 8410-«Emission daromad»-60 so’m
Kredit 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar»-1260 so’m.
Xorijiy davlatlar ishtirokidagi qo’shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish paytidagi va ustav kapitaliga valyuta va unga tenglashtirilgan badallarni kiritish paytida valyuta kurslarining farqlari yuzaga keladi.
1-misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiq qo’shma korxonaning ustav kapitalida chet ellik ta’sischining ulushi 200 ming dollardan iborat deb faraz qilaylik. Hujjatlarni ro’yxatda olish paytida $1 AQSH dollari 300 so’mga teng bo’lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 600000 ming so’mga teng deb baholandi. Ustav kapitaliga xorijiy valyutani kiritish paytida xorijiy valyuta kursi $1 AQSH dollari 310 so’mga teng bo’lgan deb hisoblasak, korxona kurslar farqi hisobidan 20000 so’m miqdorida qo’shimcha sarmoyaga ega bo’ladi (600000 so’m-62000 so’m). Bu xo’jalik jarayoni buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti»-620000 so’m
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarga qarz»-600000 ming so’m
Kredit 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurslar farqi»-20000 so’m
Har bir hisobot davrining yakunida, moliyaviy hisobotlarni tuzgunga qadar, balansning xorijiy valyutaga oid moddasi qayta baholanadi. Valyuta kursining o’zgarishi natijasida olingan emission daromad yoki zarar kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga o’tkaziladi. Misol. Faraz qilaylik, Bu xo’jalik jarayoni buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Kurslar farqi hisobiga olingan daromad summasiga:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Kredit 8410-«Emission daromad»
2. Kurslar farqi hisobiga olingan zarar summasiga:
Debet 8410-«Emission daromad»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».
3. Kurslar farqi hisobidagn olingan emission daromad kelgusi davr daromadlariga o’tkazilganda:
Debet 8410-«Emission daromad»
Kredit 9390-«Boshqa har xil operatsion daromadlar»
4. Kurslar farqi hisobidagn olingan emission zarar kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari hisobidan qoplanganda:
Debet 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi»
Kredit 8410-«Emission daromad»
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga ko’ra boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalar o’z ustav kapitallarini qo’shilgan kapital hisobidan to’ldirishlari mumkin.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling