15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Yakuniy moliyaviy natijalarning shakllanish hisobi muomalalari


Download 0.65 Mb.
bet32/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Yakuniy moliyaviy natijalarning shakllanish hisobi muomalalari

T/r





Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni


Summa ming so‘m


Debet


Kredit

1

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi

13509130


9010

9910

2

Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi

12571340


9910

9110

3

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi

362875

9310-9390

9910

4

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi


1167920

9910

9410-9430


5

Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi

1226

9510-9590

9910

6

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi


108046

9910

9610-9690


7

9710-“Favqulodda foydalar” schyotining yopilishi

-

9710

9910

8

9720-“Favqulodda zararlar” schyotining yopilishi


-

9910

9720

9

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi


23744
174


9910
9910


9810
9820


10

Hisobot yilining sof foydasi hisobdan chiqariladi

2007

9910

8710

11

Hisobot yilining sof zarari hisobdan chiqariladi


-

8710

9910

Hisobot yilining yakunlari bo‘yicha korxona foyda olsa (ya’ni, 9910-schyotning kredit tomonidagi saldo), unda hisobda bu operatsiya quyidagi jadvaldagi 10-raqamli yozuv bilan, zarar ko‘rsa (ya’ni, 9910-schyotning debet tomonidagi saldo), 11-raqamli yozuv bilan aks ettiriladi. Yuqoridagi muomalalarni umumiy qilib quyidagi jadvalda keltirish mumkin.

Sof foyda miqdorini o‘rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish ularni chuqur har tamonlama o‘rganish imkoniyatlarni aniqlashga hamda korxona samaradorligini oshirishga olib keladi. Har bir xo‘jalik subyekti o‘z faoliyati natijasida sof foydaga erishishni ko‘zlaydi. Ushbu ko‘rsatkich soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foydadan soliq va boshqa soliqlar va ajratmalarni chegirish asosida aniqlanadi.


Sof foyda - korxonaning butun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatining hamma turlari bo‘yicha, shu jumladan, mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xarajatlar, asosiy faoliyat daromadlar va xarajatlar qoldig‘i, moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va xarajatlar qoldig‘i, tasodifiy foyda va zararlar qoldig‘i bo‘yicha aniqlanadi.
Taqsimlanmagan foyda — sof foydaning aksiyadorlar (ishtirokchilar) tomonidan taqsimlanmagan va tashkilotning ixtiyorida qolgan qismi.
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) va o‘tgan yillarning jamg‘arilgan foydasi (qoplanmagan zarari) bir-biridan farq qiladi. Taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”;
8720-“Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”.
Foydadan foydalanilishi 8710-schyot debeti bo‘yicha majburiyatlar, fondlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Uning taqsimlanmagan qismi esa 8720-“Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotiga o‘tkaziladi.
1-rasm. Foydaning shakllanishi va ishlatilishi

Sof foydaning shakllanishi va uni to‘g‘ri taqsimlash hamda undan oqilona foydalanishda shunday maqbul tartibni qo‘llash kerakki, toki u korxona jamoasi va har bir xodim mehnatining korxona jamoasi va har bir xodim mehnatining xodim mehnatining samaradorligini oshirishga bo‘lgan moddiy manfaatdorligini o‘z-o‘zidan kuchaytirishga olib kelsin.


Agar taqsimlanmagan foyda rezerv kapitalini shakllantirishga yo‘naltiriladigan bo‘lsa, 8520-schyot kreditlanadi, 8710-schyot esa debetlanadi. Korxonaning kundalik zararlarini qoplash zarurati yuzaga kelgan taqdirda, rezerv kapitali hisobiga qayta o‘tkazmalar amalga oshiriladi.
Sof foydaning korxona ta’sischilari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanadigan qismi dividendlar deb e’tirof etiladi.


2-jadval

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling