15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
Download 0.65 Mb.
|
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy moliyaviy natija hisobi
Taqsimlanmagan foydani hisobi. Taqsimlanmagan foyda 8710-«Taqsimlanmagan foyda» schetida hisobga olinadi.
Taqsimlanmagan foyda ma’lum maqsadlarga ishlatilishi yoki rezervlashtirilishi mumkin. Taqsimlanmagan foyda hisobidan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va sug’urta maqsadlari uchun zaxiralar tashkil qilinadi. Taqsimlanmagan foyda hisobidan zaxira kapitaliga ajratmalar quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi: Debet 8710-«Taqsimlanmagan foyda» Kredit 8520-«Zaxira kapitali» Zaxira kapitaliga ajratmalar qa’tiy belgilangan maqsad uchun foydalaniladi. Hisobot yilida foydalanilmagan zaxiralar taqsimlanmagan foyda tarkibiga qaytariladi. Taqsimlanmagan foyda to’g’risidagi hisobot 2 ta bo’limga bo’linadi: ajratilgan va ajratilmagan. Hisobotning birinchi bo’limda zaxira kapitalining yil boshiga qoldig’i, hisobot davrida qilingan ajratma, zaxira fondidan foydalanish va uning hisobot davrining oxiriga qoldiqi ko’rsatilgan. Hisobotning ikkinchi bo’limida hisobot davrining oxiriga taqsimlanmagan foyda miqdori ko’rsatiladi. Yakuniy moliyaviy natija hisobi Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari bilan jami faoliyat bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining farqidir. Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-“Yakuniy moliyaviy natija” schyotida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq tranzit bo‘lib, aktiv-passiv hisobvaraq xarakteriga ega. Hisobvaraqning debetida zararlar, kreditida esa foyda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debet va kredit aylanmalarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820-“Boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar” hisobvaraqlarida foyda (daromad)dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib tashlanadi: Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija” Kredit 9810, 9820. Ushbu muomaladan so‘ng 9900-“Yakuniy moliyaviy natija” schyotida qolgan summa korxonaning hisobot yilida olgan sof foyda (yoki zarar)ini anglatadi va ushbu summa quyidagi provodka orqali 8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotiga o‘tkaziladi: - sof foyda summasiga: Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija” Kredit 8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” - zarar summasiga: Debet 8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” Kredit 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”. 9910-“Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag‘ining debet va kredit aylanmalarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820-“Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar” hisobvaraqlarida foydadan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib tashlanadi: Debet 9910-“Yakuniy moliyaviy natija” 23744 ming so‘m. Kredit 9810-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” 23744 ming so‘m. Debet 9910-“Yakuniy moliyaviy natija” 174 ming so‘m. Kredit 9820-“Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar” 174 ming so‘m. 1-jadval Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling