Ishonchlilik tamoyili axborotlarni buzib ko’rsatishlardan va xatolardan holiligi hamda yetarlicha ishonchli ekanligini bildiradi.
Extiyotkorlik tamoyili-hisobot hujjatlarida aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy miqdorlarda ko’rsatish kerakligini bildiradi. Ehtiyotkorlik tamoyilining ifodalanishlaridan biri; tannarx yoki bozor narxi bo’yicha past baholash qoidasi hisoblanadi. Bu qoidaga binoan, aylanma mablag’larini qachon va qanday baholarda sotib olganligidan qat’iy nazar hisobot davrida ularni joriy bozor baholarida aks ettirib, tafovutni joriy davr zararlariga kiritishi kerak. Agar, ularning bozor baholari hisobot davrida oshgan bo’lsa, korxona o’z aktivlarini anashu oshgan bozor bahosi bo’yicha sotadi va o’z hujjatlariga hech qanday o’zgarishlar kiritmaydi. Bunday yondashuv buxgalteriya hisobida bozor vaziyatidagi o’zgaruvchanlikni va mulkdorlarining xatar darajasini aks ettirish imkonini beradi.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili-iqtisodiy mazmunning huquqiy shakldan ustunligi bo’lib, moliyaviy hisobotda axborot aks ettirilganda ustunlik iqtisodiy mazmuniga berilishini anglatadi. Masalan; agar korxona o’z faoliyatida uzoq muddatga ijaraga olingan vositalardan foydalansa, ushbu korxona ularni o’z balansida aktivlar tarkibida aks ettiradi, lekin huquqiy nuqtai nazardan olganda korxonaning ushbu vositalar uchun mulkdorligini ahamiyati yo’q.
Ko’rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili-bir nechta korxonalarning o’xshash axborotlarini taqqoslashni bildiradi. Mazkur korxonada buxgalteriya hisobining usullaridan foydalanishda izchillik saqlanadi, bu esa bir necha hisobot davrlari uchun korxona faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar qiyoslanishiga erishish lozimligini taqozo etadi.
Betaraflilik tamoyili moliyaviy hisobotlarni tuzishda, undan foydalanuvchilarni bir guruxining manfaatlarini boshqa guruh manfaatlariga zarar keltiradigan holda, qanoatlantirishga urg’u berilmasligini anglatadi. Shuningdek, moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo’lishi uchun taxminlardan holi bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |