15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.65 Mb.
bet42/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Mulkiy alohidalik tamoyiliga binoan korxona buxgalteriya hisobida korxonaga (korxona, tashkilot va x.k.) tegishli bo’lgan mol-mulknigina aks ettiradi. Bunday yondashuv turli xo’jalik sub’yektlarining mol-mulki, ularning mulkiy va moliyaviy holatini belgilashi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Mazkur qoidaga asosan buxgalteriya hisobi korxonaning mulklari bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini yozishdan boshlanadi. Mulkka egalik huquqini mustahkamlash maqsadida korxonaga uchta huquqiy vakolat beriladi: birinchi, egalik qilish huquqi-buyumdan haqiqatda foydalanish imkoniyati; ikkinchi, foydalanish huquqi-daromad olish maqsadida mol-mulkdan foydalanish imkoniyati; uchinchi, tasarruf etish huquqi-o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk taqdirini beligilash va o’z xoxishiga qarab harakat qilish imkoniyati.
Moliyaviy hisobda faqat pulda ifodalanidigan axborotlar hisobga olinadi. Bunday axborotlarning afzalligi shundaki, pul umum qabul qilingan o’lchov birligi hisoblanib, uning vositasida korxonada sodir bo’ladigan hodisalar bitta umumiy maxrajga keltiriladi. Natijada ular qo’shish yoki ayrish mumkin bo’lgan raqamlar ko’rinishida aks ettiriladi. Masalan, korxona 2000000 naqd pulga, 150 ming kvadrat metrga teng bino maydoniga, 10 ta yuk va 4 yengil avtomashinasiga, 10 tonna mineral o’g’itga va shu kabi boshqa xo’jalik mablag’lariga ega. Korxona ixtiyoridagi hamma mulkni miqdorini topish uchun bu narsalarni hammasini qo’shib chiqish mumkin emas. Bunda, korxona mulklarini pulda ifodalash yordam beradi: 2000000 so’m naqd pul, yuk tashish mashinalarining qiymati 100000000 so’m, yengil avtomashinalarning qiymati 40000000 so’m va mineral o’g’itning qiymati 3000000 so’m-bo’larni qo’shib chiqish mumkin.
Ratsionallik tamoyili tashkilotning xo’jalik faoliyati shartlari va hajmdan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini ratsional va tejamkorlik bilan yuritish zarurligini anglatadi.
Alohidalangan korxona tamoyili xo’jalik yurituvch sub’yektlar va ular bilan aloqador bo’lgan shaxslarning (shu korxona rahbarining, buxgalterining yoki boshqa egasining) schyotlari alohidalangan tartibda yuritiladi. Misol, korxona egasi, uning kassasidan 1000 so’m pul yoki ombordan 10000 so’m qiymatga ega bo’lgan qandaydir tovarni o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun oldi. Alohidalangan korxona tamoyiliga binoan korxonaning hisob registrlarida mablag’larning kamayishini ko’rsatish kerak. Agar, xo’jalik sub’yekt tarkibiga bir nechta sub’yektlar kirsa, unda schyotlarni bir to’plami korxona uchun, boshqasi esa xo’jalik sub’yekt tarkibiga kiruvchi sub’yektlar uchun ochiladi. Korxonaning hisob registrlarida ularning o’zaro mulkiy munosabatlari alohida-alohida ko’rsatilishi kerak.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling