15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi) tamoyili


Download 0.65 Mb.
bet43/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi) tamoyili quyidagilarga rioya qilishni taqoza etadi:
1. Aktivlar va passivlar o’rtasida o’zaro hisobga olinishi bo’lmasligi kerak (boshqa BHMSlarda ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno);
2. Daromad va xarajat moddalari o’zaro hisobga olinishi mumkin emas (quyidagi hollar bundan mustasno: BHMS buni talab qiladi yoki ruxsat etadi; foyda, zararlar, shuningdek bunday operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlar va voqealar yakka holda ham, jamlangan holda ham muhim emas. Ularning taqdim etilishi operatsiyaning yoki bir xildagi bitimlar guruhining mohiyatini eng yaxshi tarzda aks ettirsa, bunday miqdorlar umumlashtirilishi va sof asosda taqdim etilishi kerak.
3. Agar daromadlar va xarajatlar o’zaro hisobga olingan bo’lsa, shunga qaramay korxona muhimlik tamoyiliga asoslanib, moliyaviy hisobotlarga izohlarda bu miqdorlarni yoritishi kerak. Masalan, agar buxgalteriya balansida «Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» moddasida ko’rsatilgan qarz summasini qarzdorlikning alohida turlari bo’yicha ko’rsatish ko’zda tutilgan bo’lsa, unda tushuntirish yozuvida qarzlar bo’yicha tashkil qilingan zaxiralar ularning alohida turlari bo’yicha alohida-alohida ko’rsatilishi lozim.
Buxgalteriya balansi (1-shakl).
Buxgalteriya balansi korxonaning moddiy va moliyaviy resurslarini haqiqiy holatini aks ettiradi. Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar buxgalteriya balansida alohida-alohida ko’rsatiladi. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy elementlari bo’lib hisoblanadi:
1. Moddiy aktivlar;
2. Nomoddiy aktivlar;
3. Moliyaviy aktivlar;
4. Zaxiralar;
5. Debitorlik qarzi;
6. Pul mablag’i va pul ekvivalentlari;
7. Kreditorlik qarzi;
8. Ajratmalar;
9. Foiz to’lashni talab qiluvchi majburiyatlar;
10. O’z sarmoyasi va zaxiralari6.
Xo’jalik sub’yektlari yillik balanslarga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirish xati taqdim etadilar. Tushuntirish xatida, masalan, aktsiyadorlik jamiyatlarida, aktsiyadorlik mablag’ining har bir toifasi bo’yicha e’lon qilingan aktsiyalar soni; chiqarilgan, haqi to’langan, chiqarilgan, lekin haqi to’lanmagan aktsiyalar soni; aktsiyalarning nominal qiymati; yilning boshida va oxirida haqi to’lanmagan aktsiyalar sonining kamayishi; aktsiyadorlik mablag’ining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar; jamiyatning o’ziga, korxonaga qarashli sho’ba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aktsiyalar to’g’risida ma’lumot; optsion va savdo kontrak bo’yicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aktsiyalar; o’z sarmoyasidagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni; majburiyatlarda dividendlarni to’lash uchun ajratilgan pul miqdorining mavjudligi, aktsiyadorlar yoki ta’sischilar, ishtirokchilar yig’ilishida rasmiy ravishda ma’qullanmagan to’lovlar miqdorining mavjudligi kabi masalalarga izoh beriladi.
Hisobotlarni tuzish va ularni tegishli nazorat organlariga taqdim etish bu buxgalteriya hisobining asosiy vazifasiga kiradi. Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik subyektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U korxona mablag‘larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul mablag‘larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan iborat.
Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
- korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar;
- korxona tasarrufidagi o‘z sarmoyasi;
- keyinchalik belgilanishi bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan aktivlarni sotib olish, hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.
Buxgalteriya balansi hisobot kuniga korxona mulkining tarkibi (aktivda) va uning shakllanish manbalarini (passivda) ko‘rsatadi.
Balans “teng bo‘lgan” aktiv va passivdan iborat bo‘ladi. Balans aktivi davr boshiga ham, oxiriga ham balans passiviga teng bo‘lishi kerak. Balansda “tengsizlik” bo‘lishi shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan va buxgalter bu xatoliklarni topib, tuzatishi lozim. Shu sababli balans tuzishdan oldin analitik schyotlarning aylanmalari va hisobot davri oxiridagi qoldiqlarini Bosh kitobdagi sintetik schyotlarning aylanmalari va hisobot davri oxiridagi qoldiqlari bilan solishtirib chiqish lozim.
Agar, buxgalterlarning aytishicha “schyotlar bo‘yicha tarqatish” to‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa, debet bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar kredit bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarga teng bo‘ladi. To‘g‘ri tarqatishdan tashqari, balansning moddalari aktivlar va majburiyatlar bo‘yicha sinchiklab qilingan inventarizatsiya bilan asoslangan bo‘lishi lozim.
Aktivlar — bu korxonaning unga foyda keltirishi lozim bo‘lgan mulkidir. Bular birinchi navbatda – asosiy vositalar (ishlab chiqarish uskunasi, binolar, inshootlar, transport va boshqa shunga o‘xshashlar), kassadagi va hisobraqamdagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, tovar-moddiy zaxiralari, debitorlik qarzlari.
Aktivlar uzoq muddatli (1 yildan ortiq vaqt ishlatiladi) va joriy yoki aylanma (aylanma) (1 yil ichida iste’mol qilinadi, ishlatiladi, sotiladi yoki pulga aylantiriladi) aktivlar bo‘lishi mumkin. Pul mablag‘lari har doim joriy (aylanma) aktiv deb hisoblanadi.
Passivlar — bu korxonaning majburiyatlari va qarzlari, ular aktivlar nima hisobiga olinganligini ko‘rsatadi. Aktivlar o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmaydiku, ular har doim muayyan manbalar hisobiga paydo bo‘ladi (qarzlar va boshqa majburiyatlar, xususiy kapital).
Balans qanday bo‘limlardan tashkil topganligi va ularda nimalar aks ettirilishi 15-son BHSM “Buxgalteriya balansi”da bayon etilgan.
Balans tuzishning bitta o‘ziga xos bo‘lgan tomonini ko‘rib o‘tamiz. Balans passivining I bo‘limi “O‘z mablag‘lari manbalari”ning “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” moddasida hisobot yilining sof foydasi (yoki zarari) va o‘tgan yillarning jamlangan foydasi (yoki zarari) aks ettiriladi.
Balansning tasdiqlangan shaklida har bir moddaning nomidan keyin (har bir satrda) buxgalteriya schyotining raqami ko‘rsatilganligi uni to‘ldirishda muhim ko‘rsatmadir, bu schyotlarning qoldiqlari tegishli sartlarda hisobga olinadi.
Balans davomida “Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan boyliklar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” to‘ldiriladi. Unda korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik u foydalanayotgan yoki uning tasarrufida bo‘lgan mulk ko‘rsatiladi.
Muddati o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik qarzlari bor korxonalar buxgalteriya balansiga ilova “Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining rasshifrovkasi”ni to‘ldiradilar.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling