15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


-ma’ruza: Pul oqimlari toʻg‘risidagi hisobot va uni tuzish usullari


Download 0.65 Mb.
bet46/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

27-ma’ruza: Pul oqimlari toʻg‘risidagi hisobot va uni tuzish usullari.
Reja:

  1. Pul oqimlari toʻg‘risidagi hisobot va uning shakli


  2. Pul oqimlari toʻg‘risidagi hisobotni tuzish usullari.




Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl).
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun korxonaning pul mablag’larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos bo’lib xizmat qiladi. Hisobotda pul tushumlari va to’lovlari uchta asosiy toifaga ajratib ko’rsatiladi:
1. Operatsion faoliyat pul tushumlari va to’lovlari;
2. Investitsiya faoliyati pul tushumlari va to’lovlari;
3. Moliyaviy faoliyat pul tushumlari va to’lovlari.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida korxona olgan pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Bunday ma’lumotlar bo’lajak pul oqimlari to’g’risidagi bashoratini to’g’riligini tekshirish, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o’zgarishi ta’siri o’rtasidagi aloqalarni tahlil qilish uchun zarur bo’ladi.
Korxonaning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi korxona amalga oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakatini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi (ssudalarni to’lash, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to’lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini). Operatsion faoliyatidan keladigan pul oqimi to’g’risidagi axborotdan operatsion faoliyatidan bo’lajak pul oqimlarini bashorat qilish uchun ham foydalaniladi.
Operatsion faoliyatidan pul oqimi korxonaning asosiy faoliyatidan, odatda, asosiy faoliyat mahsulotlarini sotishdan, ishlarni bajarishdan yoki xizmat ko’rsatishdan kelib tushadi va ularga quyidagilar kiradi:
1. Tovarlarni sotish va xizmat ko’rsatishdan tushgan pul;
2. Royalti, badallar, vositachilik haqi va o’zga yo’llar bilan pul
mablag’lari tushumi;
3. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul
to’lovlari;
4. Xodimlarga va xodimlar nomidan to’lovlar;
5. Sug’urta kompaniyasining sug’urta polislari bo’yicha mukofotlari,
yillik va o’zga to’lovlari bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari;
6. Soliqlar bo’yicha pul to’lovlari yoki uning o’rnini bosuvchi to’lovlar;
7. Savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo’yicha pul
tushumlari va to’lovlari;
8. Boshqalar.
Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to’g’risidagi axborot korxona kelajakda oladigan daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo’yicha qilingan xarajatlar darajasini ko’rsatadi. Shuning uchun korxona hisobotda investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to’g’risidagi axborotni alohida pozitsiyada ko’rsatadi. Bunday pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
1. Asosiy vositalarni, nomoddiy va o’zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga yo’naltirilgan pul to’lovlari (bu to’lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xo’jalik yo’li bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog’liq bo’lgan to’lovlarni o’z ichiga oladi);
2. Asosiy vositalarni, nomoddiy va o’zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
3. Boshqa sub’yektlarning aktsiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo’shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari;
4. Boshqa taraflarga berilgan bo’naklar va kreditlar (moliyaviy institutlarga berilgan bo’naklar va kreditlardan tashqari);
5. Fyuchers, forvard, optsion va svop bitimlar bo’yicha pul tushumlari.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda korxonaning moliyaviy faoliyatdan bo’ladigan pul oqimlari haqidagi ma’lumotni alohida ko’rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo’lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo’ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
1. Aktsiyalar yoki o’z mablag’i bilan bog’liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
2. Sub’yektlar aktsiyalarining haqini to’lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to’lovlar;
3. Ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo’yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
4. Zayomlarni to’lash;
5. Moliyaviy lizing bo’yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to’lovlari va boshqalar.
Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo’yilgan almashtirish kursi bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi va xorijiy sho’ba jamiyatining pul oqimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan almashtirish kursi bo’yicha qayta hisoblanishi kerak.
Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o’zgarishidan kelib chiqadigan pul mablag’i harakati hisoblanmaydi. Biroq, bunday daromad yoki zarar xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’iga yoki ularning ekvivalentlariga almashtirish kursi stavkalari o’zgarishning ta’sirini hisobot davri boshiga va oxiriga muvofiqlashtirish maqsadida pul oqimi to’g’risidagi hisobotda operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat natijasida vujudga keladigan pul oqimlaridan alohida aks ettiriladi.
Bank muassasalari uchun to’langan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Shuningdek boshqa korxonaning to’langan va ulardan olingan foizlar hamda dividendlar operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular korxonaning moliyaviy natijasiga qo’shiladi.
To’lanadigan dividendlar, odatda, moliyaviy resurslarni olish uchun to’langan haq hisoblanadi, shuning uchun ular moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin.
Hisobotda daromad (foyda) solig’i bo’yicha pul oqimlari alohida ochib berilishi lozim chunki, ular operatsion faoliyatdan tushadigan pul oqimlari qatoriga kiradi.
Sho’ba korxonalarni yoki boshqa xo’jalik birliklarini xarid qilish yoki sotishdan bo’ladigan pul oqimlari yig’indisi alohida ochib ko’rsatiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi.
Kichik korxonalar va boshqa xo’jalik birliklarini xarid qilish va sotish bo’yicha hisobotlari quyidagilarni ochib berishi lozim:
1. Xarid qilish yoki sotishning umumiy qiymatini;
2. Xarid qilish yoki sotishning pul mablag’i va pul ekvivalentlari vositasida to’langan qismini;
3. Xarid qilingan yoki sotilgan sho’ba jamiyatga yoki xo’jalik birligiga tegishli pul mablag’lari va pul ekvivalentlari miqdorini;
4. Aktivlar va majburiyatlarning miqdorini alohida turlari bo’yicha.
Pul mablag’lari yoki pul ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimi to’g’risidagi hisobotga kiritilmaydi. Bunday operatsiyalar boshqa moliyaviy hisobotlarda ochib beriladi.
Korxona, shuningdek pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining ayrim moddalarini ko’rsatishi hamda pul oqimi to’g’risidagi hisobotdagi pul miqdorini buxgalteriya balansidagi tegishli moddalari qiyosini taqdim etish kerak.
Korxonada mavjud bo’lgan, lekin foydalana olmaydigan pul mablag’lari va pul ekvivalentlari qoldigi hisobotda rahbariyatning tushuntirishi bilan birga ochib berishi lozim.
Korxonaning pul oqimlari hisobotida korxonaning alohida bo’linmalari pul oqimlari ochib berilishi lozim.
ПУЛ ОҚИМЛАРИ ТЎҒРИСИДА ҲИСОБОТ(4-СОН ШАКЛ)

Пул оқимлари тўғрисида ҳисоботда пул маблағлари ҳаракати нуқтаи назаридан корхонанинг молиявий ресурсларидаги барча ўзгаришлар акс эттирилади.


Операцион, инвестицион ва молиявий фаолият боришида пул маблағларининг ҳаракати ҳисобот даврининг боши ва охирида пул маблағларининг қолдиқлари ўртасида ўзаро боғлиқликни аниқлаш имконини берадиган тарзда акс эттирилади.
«Маҳсулот (товар, иш ва хизмат)ларни сотишдан келиб тушган пул маблағлари» (010-сатр) моддаси бўйича ҳисобот даврида сотилган маҳсулот (товар, иш ва хизмат)лар учун корхонанинг банкдаги ҳисобларига ва кассасига келиб тушган пул маблағлари суммаси кўрсатилади.
«Материал, товар, иш ва хизмат учун мол етказиб берувчиларга тўланган пул маблағлари» (020-сатр) моддаси бўйича мол етказиб берувчиларга материаллар, товарлар, ишлар ва хизматлар учун тўланган пул маблағлари суммаси кўрсатилади, бундан узоқ муддатли активларни харид қилиш учун тўловлар мустасно.
«Ходимларга ва улар номидан тўланган пул маблағлари» (030-сатр) моддаси бўйича ходимларга меҳнатга ҳақ тўлаш кўринишида тўланган пул маблағлари суммаси, шунингдек давлат мақсадли жамғармаларига тўланган маблағлар суммалари, бюджетга жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғини тўлаш, касаба уюшмасига ажратмалар, алиментлар, уй-жой фондига, ходимларга берилган банк кредитлари бўйича тўлаш, ходимларга кўрсатиладиган хизматлар учун корхонанинг ҳақ тўлаши, кассадан ва банк ҳисобларидан ходимлар билан ва улар номидан операцияларга доир бошқа сарфлашлар кўрсатилади.
«Операцион фаолиятнинг бошқа пул тушумлари ва тўловлари» (040-сатр) моддаси бўйича «Чиқим» устунида роялти, турли хил тақдирлашлар, комиссион йиғимлар ва бошқа операцион фаолиятдан тўланган пул маблағлари суммаси, «кирим» устунида эса улардан олинган пул маблағлари суммаси кўрсатилади.
«Жами: операцион фаолиятнинг соф пул кирими/чиқими» (050-сатр)моддаси бўйича, «Кирим» устуни бўйича «+» белгисининг ва «Чиқим» устуни бўйича «-» белгисининг таъсирини ҳисобга олиб, 010, 020, 030, 040-сатрларни қўшиш натижаси кўрсатилади.
Бунда «Кирим» устуни суммаси «Чиқим» устуни суммасидан ошган ҳолда, ошган сальдо «Кирим» устуни бўйича, тескари ҳолда эса — «Чиқим» устуни бўйича акс эттирилади.
«Асосий воситаларни сотиболиш ва сотиш» (060-сатр) моддаси бўйича корхоналар «Чиқим» устунида мол етказиб берувчиларга тўланган асосий воситаларни харид қилганлик учун пул маблағлари суммасини, «Кирим» устунида эса — асосий воситаларни сотишдан келиб тушган маблағлар суммасини кўрсатадилар.
«Номоддий активларни сотиб олиш ва сотиш» (070-сатр) моддаси бўйича корхоналар «Чиқим» устунида номоддий активларни харид қилганлик учун маҳсулот етказиб берувчига тўланган пул маблағлари суммасини, «Кирим» устунида эса — номоддий активларни сотганлик учун келиб тушган маблағлар суммасини кўрсатадилар.
«Узоқ ва қисқа муддатли инвестицияларни сотиб олиш ва сотиш» (080-сатр) моддаси бўйича «Чиқим» устунида қимматли қоғозлар ва инвестициялар бошқа дастакларини харид қилиш учун тўланган пул маблағлари суммаси, шу жумладан воситачиларга комиссион тақдирлашлар ва биржада тўланган фоизлар кўрсатилади, «Кирим» устунида эса қимматли қоғозлар ва инвестициялар бошқа дастакларини сотишдан келиб тушган пул маблағлари суммаси акс эттирилади.
«Инвестицион фаолиятнинг бошқа пул тушумлари ва тўловлар» моддаси бўйича (090-сатр) «Чиқим» устунида бошқа инвестицион фаолиятга оид тўланган пул маблағлари суммаси, «Кирим» устунида эса — олинган пул маблағлари суммаси кўрсатилади.
«Жами: инвестицион фаолиятнинг соф пул кирими/чиқими» (100-сатр)моддаси бўйича, «Кирим» устунида «+» ва «Чиқим» устуни бўйича «-» белгисининг таъсирини ҳисобга олган ҳолда, 060, 070, 080, 090-сатрларни жамлаш натижаси кўрсатилади.
Бунда «Кирим» устуни суммаси «Чиқим» устуни суммасидан ошган ҳолда, ошган сальдо «Кирим» устуни бўйича, тескари ҳолда эса — «Чиқим» устуни бўйича акс эттирилади.
«Олинган ва тўланган фоизлар» (110-сатр) моддаси бўйича «кирим» устунида олинган фоизлар суммаси, «Чиқим» устунида эса тўланган фоизлар суммаси кўрсатилади.
«Олинган ва тўланган дивидендлар» (120-сатр) моддаси бўйича «кирим» устунида олинган дивидендлар суммалари кўрсатилади, «Чиқим» устунида эса тўланган дивидендлар суммалари акс эттирилади.
«Акциялар чиқаришдан ёки хусусий капитал билан боғлиқ бўлган бошқа инструментлардан келган пул тушумлари» (130-сатр)моддаси бўйича ҳисобот йилида чиқарилган (сотилган) акциялар ёки хусусий капитал билан боғлиқ бошқа дастаклар учун акциядорлардан келиб тушган пул маблағлари суммаси акс эттирилади.
«Хусусий акцияларни сотиб олганда ва уларни сотганда пул тўловлари ва тушумлари» (140-сатр) моддаси бўйича сотиб олинган хусусий акцияларни сотишдан келиб тушган пул маблағлари суммалари, шунингдек корхонада бўлган хусусий акциялар, ҳиссалар ва пайлар учун, уларни кейинги сотиш ёки йўқ қилиш (бекор қилиш) мақсадида, эгаларига тўланган пул маблағлари суммаси кўрсатилади.
«Узоқ ва қисқа муддатли кредит ва қарзлар бўйича пул тушумлари ва тўловлари» (150-сатр)моддаси бўйича «Кирим» устунида ҳисобот даврида келиб тушган кредитлар ва қарзлар суммаси, «Чиқим» устунида эса — кредитлар ва қарзлар бўйича тўловлар кўрсатилади.
«Молиявий ижара бўйича пул тушумлари ва тўловлари» (160-сатр)моддаси бўйича «Чиқим» устунида ижарага берувчига (лизинг берувчига) тўланган пул маблағлари суммаси, «Кирим» устунида эса — ижарачидан (лизинг олувчидан) келиб тушган пул маблағлари суммаси кўрсатилади.
«Молиявий фаолиятнинг бошқа пул тушумлари ва тўловлари» (170-сатр) моддаси бўйича «Чиқим» устунида бошқа молиявий фаолиятнинг тўланган пул маблағлари суммаси. «Кирим» устунида эса — олинган пул маблағлари суммаси кўрсатилади.
«Жами: молиявий фаолиятнинг соф кирими/чиқими» (180-сатр) моддаси бўйича «Кирим» устуни бўйича «+» ва «Чиқим» устуни бўйича «-» белгисининг таъсирини ҳисобга олган ҳолда, 110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-сатрлар суммаси кўрсатилади.
Бунда «Кирим» устуни суммаси «Чиқим» устуни суммасидан ошган ҳолда, ошган сальдо «Кирим» устуни бўйича, тескари ҳолда эса — «Чиқим» устуни бўйича акс эттирилади.
«Тўланган фойда солиғи» (190-сатр) моддаси бўйича тўланган фойда солиғи суммаси кўрсатилади.
«Тўланган бошқа солиқлар» (200-сатр)моддаси бўйича тўланган солиқлар, божлар ва уларга тенглаштирилган йиғимлар ҳамда ажратмалар суммаси кўрсатилади, бундан фойда солиғи мустасно.
«Жами: тўланган солиқлар» (210-сатр) моддаси бўйича 190 ва 200-сатрлар суммаси акс эттирилади.
«Жами: молиявий-хўжалик фаолиятининг соф пул кирими/чиқими» (220-сатр)моддаси бўйича, «Кирим» устуни бўйича «+» ва «Чиқим» устуни бўйича «-» белгисининг таъсирини ҳисобга олган ҳолда, 050, 100, 180, 210-сатрлар суммаси кўрсатилади.
Бунда «Кирим» устуни суммаси «Чиқим» устуни суммасидан ошган ҳолда, ошган сальдо «Кирим» устуни бўйича, тескари ҳолда эса — «Чиқим» устуни бўйича акс эттирилади.
«Чет эл валютасидаги пул маблағларини қайта баҳолашдан юзага келган курс фарқлари сальдоси» (221-сатр) моддаси бўйича ҳисобот даври мобайнида ҳосил бўлган, чет эл валютасидаги пул маблағларини қайта баҳолашдан юзага келган ижобий ёки салбий курс фарқлари сальдоси акс эттирилади (5000, 5200, 5500, 5600, 5700).
«Йил бошидаги пул маблағлари» (230-сатр) моддаси бўйича корхона балансини 320-сатри 3-устуни бўйича қайд этилган, пул маблағларини ҳисобга олувчи ҳисоблардаги (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) пул маблағлари қолдиқларининг суммаси кўрсатилади.
«Йил охиридаги пул маблағлари» (240-сатр)моддаси бўйича корхона балансини 320-сатри 4-устунида қайд этилган, пул маблағларини ҳисобга олувчи ҳисоблардаги (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) пул маблағлари қолдиқларининг суммаси кўрсатилади.
«Чет эл валютасидаги пул маблағларининг ҳаракати тўғрисида маълумотнома» бўлимида ҳисобот даврида хорижий валютада пул маблағларининг ҳаракати кўрсатилади.
Валюта маблағлари операцияларни амалга ошириш пайтида Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг курси бўйича Ўзбекистон Республикаси миллий валютасида, валюта маблағлари қолдиғи эса — ҳисобот даврининг охирги санасида акс эттирилади.
«Йил бошига қолдиқ» (250-сатр) моддаси бўйича ҳисобот даври бошида корхонанинг валюта ҳисоблари ва кассасида бўлган валюта маблағлари суммаси кўрсатилади.
«Келиб тушган валюта маблағлари, жами» (260-сатр) моддаси бўйича 261, 262, 263, 264-сатрларда кўрсатилган, ҳисобот даврида валюта тушумларининг умумий суммаси кўрсатилади, бу сатрларда акс эттирилади:
а) 261-сатр бўйича — «Сотишдан олинган тушум» — корхона томонидан ҳисобот даврида олинган валюта тушуми суммаси;
б) 262-сатр бўйича — «Конвертация қилинган» — сотиб олинган хорижий валюта суммаси;
в) 263-сатр бўйича — «Молиявий фаолият бўйича» — молиявий фаолиятдан олинган валюта маблағлари суммаси;
г) 264-сатр бўйича — «Бошқа манбалар» — 261, 262, 263-сатрларда назарда тутилмаган манбалар ҳисобига корхонанинг валюта ҳисоблари ва кассасига бошқа валюта тушумлари суммаси.
«Сарфланган валюта маблағлари, жами» (270-сатр) моддаси бўйича корхона томонидан 271 — 273-сатрларда кўрсатилган турли мақсадларга сарфланган валюта маблағларининг умумий суммаси акс эттирилади, бу сатрларда акс эттирилади:
а) 271-сатр бўйича — «Мол етказиб берувчилар ва пудратчиларга тўловлар» — мол-мулкни олишга, бажарилган ишларга ва кўрсатилган хизматларга сарфланган валюта маблағлари суммаси;
б) 272-сатр бўйича — «Молиявий фаолият бўйича тўловлар» — молиявий фаолият бўйича сарфланган валюта маблағлари суммаси;
в) 273-сатр бўйича — «Бошқа мақсадлар учун» — 271, 272-сатрларда саналмаган бошқа мақсадларга сарфланган валюта суммаси.
«Чет эл валютасидаги пул маблағларини қайта баҳолашдан юзага келган курс фарқлари сальдоси» моддаси бўйича (280-сатр) ҳисобот даври мобайнида ҳосил бўлган, чет эл валютасидаги пул маблағларини қайта баҳолашдан юзага келган ижобий ёки салбий курс фарқлари сальдоси акс эттирилади (5000, 5200, 5500, 5600, 5700).
«Йил охирида қолдиқ» (280-сатр) моддаси бўйича ҳисобот йили охирида корхонанинг валюта ҳисоблари ва кассасида бўлган, сатрлар маълумотлари: 250+260-270+/-280-сатрлар бўйича аниқланадиган валюта маблағлари суммаси акс эттирилади.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling