Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 27.61 Kb.
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi27.61 Kb.
#1740756
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish mavzu Sharq va G`arb an`anaviy obrazlar




Reja:
Kirish

  1. Filologik komparativistikaning mohiyati

  2. Sharq va G`arb an`anaviy obrazlarning qiyoslanishi: Oybek va jahon adabiyoti qiyoslanishi

  3. Jek London va Abdulla Qahhor ijodi qiyosiy tahlili

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Hozirda qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha dunyoda bir qancha ilmiy jurnallar nashr qilinadi. Rossiyada chop etiladigan «Imagologiya va komparativistika», «Tarixiy poetika», Fransiyadagi «Revue de litterature compare» ana shunday nufuzli jurnallardan bo‘lib, ularda komparativistikaga oid eng yaxshi maqolalar beriladi.
Qiyosiy tahlil obyektlari tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy ob-
yektlarga bo‘linadi. Ushbu uchta nisbatan mustaqil hodisalar guruhlari bir-biriga uyg‘un bog‘langan. Aynan ular bir butunlikda inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy adabiyotda obraz shaklida o‘z ifodasini topadi.
Poetik yoki badiiy mahorat yozuvchining o‘ziga xos ba- diiy olami, badiiy asarni yaratishdagi san’atkorligidir. Ijodkorning badiiy mahorati asar tilining mohirona berilishida, obraz yaratishida, badiiy tasvir vositalaridan o‘z o‘rnida, mohirona foydalanishida, asar kompozitsiyasini to‘g‘ri va tizimli shakllantirishda va h.k.larda yaqqol namoyon bo‘ladi.


Filologik komparativistikaning mohiyati
Komparativistika (lot.comparativus – qiyosiy) turli xil ja- rayonlarning qiyosiy o‘rganilishiga asoslangan fan yo‘nalishi bo‘lib, boshqa sohalar qatorida til va adabiyotni ham qamrab oladi.
Mazkur termin birinchi marta Fransiyada («littérature comparée», 1817), keyin Angliyada («Comparative literature» 1886), Germaniyada (jurnal nomlanishida «Zeitschrift für ver- gleichende Literaturgeschichte», 1887–1910), Rossiyada (1889 yil A.N.Veselovskiy tadqiqotlarida) qo‘llanila boshlangan.
Filologik komparativistika til va adabiyot sohasida olib boriladigan qiyosiy tadqiqotlardir. Shu jihatdan filologik komparativistika ikkita katta guruhga ajratiladi:
Lingvistik komparativistika, ya’ni qiyosiy tilshunoslik.
Adabiy komparativistika – qiyosiy adabiyotshunoslik.
Adabiy komparativistikaning obyekti adabiy jarayondir. Badiiy adabiyotni o‘rganish bilan bog‘liq barcha masalalar (mas., asar syujeti va kompozitsiyasi, mazmun va shakl, badiiy asar tili, yozuvchi uslubi va h.k.) adabiy komparativistikaning predmetini tashkil etadi. Sintetizm, mentallik, retseptiv estetika, intertekst(lik), paratekst(uallik), metatekst, gipertekst, arxitekst, imagologiya, vorislik, semiotika, tipologiya, motiv boshqa atamalar qiyosiy adabiyotshunoslikning asosiy tushunchalari hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanganidek, asarning syujeti va kompozitsiyasi, asar tili, motivlar, tarjima, asar poetikasi, yozuvchi mahorati, o‘zga xalqning boshqa bir xalq adabiyoti haqidagi qarashlari, ya’ni, adabiy retsepsiyasi (o‘zga xalq adabiyotini qabul qilish jarayoni) qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti bo‘lishi mumkin. (masalan, «Navoiy rus kitobxoni ni- gohida», «Pushkin va o‘zbek kitobxoni», «Fitratshunos yaponlar» kabi mavzular) Shuningdek, ayni badiiy asarga olimlarning turlicha qarashlarini (masalan, «Boburnoma» haqida o‘zbek, rus, yapon, nemis olimlarining ilmiy izlanishlari), xalqaro



Download 27.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling