Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Jek London va Abdulla Qahhor ijodi qiyosiy tahlili


Download 27.61 Kb.
bet3/4
Sana02.11.2023
Hajmi27.61 Kb.
#1740756
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish mavzu Sharq va G`arb an`anaviy obrazlar

Jek London va Abdulla Qahhor ijodi qiyosiy tahlili
Abdulla Qahhor, o‘zi e’tirof etganidek, Jek London asarlari bilan tanish bo‘lgan. Adabiyotshunoslarning kuzatishiga ko‘ra, u Jek London adabiy maktabidan bevosita ta’sirlangan. Abdulla Qahhor o‘zining bir qator hikoyalarini, «Sarob» romanini yaratishda amerikalik adibning «Martin Iden» romani syujeti skeletidan, shuningdek, yozuvchining biografiyasidan foydalangan.
Jek London hayotning butun mashaqqatlari, ziddiyatlari, miqyoslari bilan to‘qnash keladi va keyinchalik bularning ba- rini o‘z asarlarida badiiy qayta gavdalantiradi. Mana shu hayotiyligi sabab adib romanlari, qator povest va hikoyalari, pyesalari butun jahon kitobxonlarining sevimli mulkiga aylangan. Jek London hikoyalarida hamisha qahramonning rang-barang ruhiy holati tasviriga duch kelamiz. Jek London ko‘p hollarda qahramonning ichidan turib uning ichki olamini kashf qiladi. Abdulla Qahhor hikoyalari qisqaligi, asosan, qahramon ruhiy holatining uning qiyofasidagi aksi tasviri, qahramon nutqi va detallarga asoslangani bilan ajralib turadi. Abdulla Qahhor Jek London singari bir yoki bir necha voqeani batafsil, barcha ikir-chikirlari bilan qalamga olmaydi. Adibning hikoyalari voqelikning bir momentini qayd etgan fotosuratlarga o‘xshaydi. Ularda har bir so‘z, detal yoki tafsilot Sharq mumtoz lirikasidagi singari kuchli ramziy yukka ega va mana shular orqali
qahramonning ichki olami kashf etiladi.
Har ikkala adib ijodida badiiy psixologizm kompozitsion asos darajasiga ko‘tarilgan hikoya bor. Bu – Jek Londonning
«Buyuk sehrgar» hamda Abdulla Qahhorning «Ko‘r ko‘zning ochilishi» hikoyalaridir. Har ikki hikoyada ham qahramonlar inson psixologiyasidan foydalanib o‘z maqsadlariga erishadilar. Bu ikki hikoya psixologik motivning kompozitsion asos darajasiga ko‘tarilishi, syujeti bilan bir-biriga yaqin bo‘lsa, «Hayotga muhabbat» hamda «Ming bir jon» hikoyalari g‘oyaviy jihatdan mushtarak. Har ikkala hikoyada ham hayot va o‘lim oralig‘ida turib, tirik qolish uchun kurash olib borgan qahramonlar tasvirlanadi.
«Martin Iden» va «Sarob» romanlari o‘rtasida bir qator mushtaraklik ko‘zga tashlanadi. Bu, eng avvalo, qahramon- larni tanlash va voqealar rivojida ko‘rinadi. Har ikkala roman- ning bosh qahramoni – ijodkor shaxslar. Ularning har ikkalasi ham kambag‘al oiladan chiqqan.
Asar voqealari boshlanganda Martin ham, Saidiy ham ota-onalaridan ajralib, yetim bo‘lib qolgan edilar; har ikkala qahramonning bu olamdagi eng yaqin kishilari – opalari edi. Saidiyning bir, Martinning ikki opasi bor edi. Tabiiy qon-qardoshlik bog‘lab turgan bu opalar o‘z jigariga ona singari har qancha mehribon bo‘lmasin, ular Martin va Saidiyning yuksak orzu-niyatlarini anglay olmaydilar. Ruf otasi, onasi, akalaridan iborat to‘laqonli badavlat oilaning erka farzandi bo‘lgani singari, Munisxon ham onasi va akasining mehr-muhabbati panohida to‘q, betashvish hayot kechiradi.
Har ikkala romanda ham pochcha obrazi bor. Martinning pochchasi Bernard Xigginbotam va Saidiyning pochchasi Muhammadrajab savdogarlik bilan shug‘ullanadi. Ularning ikkalasi ham o‘z rafiqalarini ayovsiz xo‘rlaydi, bu mushfiq ayollarni inson o‘rnida ko‘rmaydi, uka tufayli oilada g‘idi-bidi bo‘lib turadi. Gertrudaning taqdiri Martinning yurak-bag‘rini ezgani singari, Saidiy ham opasiga qarab qattiq iztirob chekadi. Martin ham, Saidiy ham ma’lum muddatga qo‘li kaltalik sabab pochchalarinikida turishga majbur bo‘ladilar. Har ikkisining orasi pochchasi bilan boshqalar tushunmaydigan orzu-niyatlar tufayli – Martinda adib bo‘lish orzusi, Saidiyda esa o‘qishga kirish niyati tufayli buziladi.


Xulosa
Ilm-fan yuksak darajada rivojlangan va axborot texnologiyalari tezkor sur’atlarda taraqqiy etayotgan hozirgi davrda ham badiiy adabiyotning inson hayotidagi o‘rni yetakchi bo‘lib qolmoqda.
Bu o‘rinda turli qamrovdagi adabiyotlararo aloqalarni o‘rganish, ularga obyektiv baho berish, mushtarak va farqli jihatlarni aniqlash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.



Download 27.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling