Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Sharq va G`arb an`anaviy obrazlarning qiyoslanishi: Oybek va jahon adabiyoti qiyoslanishi


Download 27.61 Kb.
bet2/4
Sana02.11.2023
Hajmi27.61 Kb.
#1740756
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish mavzu Sharq va G`arb an`anaviy obrazlar

Sharq va G`arb an`anaviy obrazlarning qiyoslanishi: Oybek va jahon adabiyoti qiyoslanishi

XIX asrning 50–60-yillarida Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni zabt etishi bilan yurtimizda mustamlakachilik davri boshlandi. Shu davrda masjid va madrasalar yopilib, arab va fors tillarining ma’naviy-madaniy taraqqiyot vositalaridan biri sifatidagi maqomi pasaytirildi. Buning o‘rniga rus tili va rus adabiyoti shiddat bilan kirib keldi. Bu hol, bir tomondan, milliy tarixni o‘rganishga, milliy til va adabiyotning rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘zbek xalqining oxir-oqibatda rus tili va adabiyoti orqali Yevropa, shuningdek, Amerika xalqlari adabiyotlarini – yangi adabiy-madaniy olamni kashf etishiga imkon berdi. O‘zbek yozuvchilari jahon adabiyoti erishgan badiiy yutuqlar va tajri- balarni o‘rganish asosida milliy adabiyotimizga yangi adabiy shakl va janrlarni, yangi badiiy-uslubiy vositalarni olib kira boshladilar.


Ana shu jarayonda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Ab- dulla Qahhor, Mirtemir, Usmon Nosir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov nafaqat barkamol shoir yoki yozuvchi, balki za- bardast tarjimon sifatida ham havas qilishga arzirli ishlarni bajardi. O‘zbek xalqining jahon adabiyoti namunalari bilan tanishishi, ularni Navoiy yoki Qodiriy asarlarini o‘qigandek sevib o‘qishida badiiy tarjima oltin ko‘prik vazifasini o‘tadi.
Lekin bu ish oson bo‘lmadi. XIX asrning 70-yillarigacha asosan fors va arab tillaridagi badiiy adabiyot namunalarini turkiy (eski o‘zbek) tiliga tarjima qilgan tarjimonlar uchun Yevropa xalqlari tillari, jumladan, rus tili ham mutlaqo begona til edi. Shuning uchun ham 1870-yilda Toshkentda o‘zbek tilida chiqa boshlagan «Turkiston viloyatining gazeti» o‘z oldi- ga muhim va xayrli vazifani qo‘yib, I.A.Krillov, A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, N.A.Nekrasovning bolalarga bag‘ishlangan kichik-kichik asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshlab berdi. Bunga gazeta muharriri N.A.Ostroumovdan tashqari, Shohimardon Ibrohimov, Chanishev, Aydarov, Sattorxon, Mul- la Olimlar jalb etildi. Rus adabiyotining dastlabki tarjimonlari tomonidan eski o‘zbek tiliga o‘girilgan ayrim asarlar Saidrasul Aziziy, Ali Asqar Kalinin, Abdulla Avloniyning darsliklariga ham kiritilib, rus-tuzem va jadid maktablari o‘quvchilari e’tiboriga havola etildi. Bolalarbop badiiy shakl va ibratli-didaktik mazmun bilan yo‘g‘rilgan bu asarlar jadid bolalar adabiyotining maydonga kelishida mumtoz o‘zbek adabiyoti va folklori an’analari bilan birga katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ammo bu tarjimalarga bugungi adabiy-badiiy mezonlar asosida yondashganda ularning til va uslub jihatidan murakkab ekani ko‘zga yaqqol tashlanadi. Buning asosiy sababi tarjimonlarning badiiy tarjima amaliyotidan uzoq bo‘lganligida ko‘ri- nadi. O‘zbek adabiy tilining keyingi rivojida birinchi navbatda, Cho‘lpon va Qodiriyning ham yozuvchi, ham jahon adabiyoti namunalarining tarjimoni sifatidagi xizmatlari beqiyos. Ular bilan izma-iz o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojla- nishiga va o‘zbek xalqini jahon adabiyoti bilan tanishtirish ishiga katta hissa qo‘shgan so‘z sehrgarlaridan biri Oybekdir.
Oybek umrining, Navoiy ta’rifi bilan aytganda, ilm maxza- nini yig‘ish fasli ikki tarixiy davr to‘qnashgan yillarga to‘g‘ri keldi. U hayotining ilk davrida, oz fursat bo‘lsa-da, madrasada o‘qib, arab va fors tillari bilan oshno bo‘ldi, inqilobiy bo‘ronlar bilan boshlangan yangi davrda esa e’tiborini ko‘proq shu davrning muhim ijtimoiy masalalariga qaratdi.
Bu qanday davr edi? Bu, Oybekning ustozi Munavvar qori Abdurashidxonov va uning maslakdoshlari uchun 1917-yil fevralidan keyin milliy mustaqillik umidi paydo bo‘lgan, 1918- yil fevralida Turkiston muxtoriyati tugatilganidan keyin o‘sha umid gullari xazon bo‘lgan, lekin «noumid – shayton» hikmatiga amal qilgan ustozlar mustaqillik uchun kurashning yangi yo‘llarini izlayotgan yillar edi. Ular kelgan fikr-xulosaga ko‘ra, davlat idoralarini boshqara oladigan, ta’lim, fan, madaniyat va xalq xo‘jaligining barcha sohalari bo‘yicha yuqori malakali milliy kadrlarni tayyorlamasdan turib, mustaqillik uchun kurashish samarasiz edi. Shuning uchun ham 1922-yilda Buxoro Xalq sho‘ro jumhuriyatining mablag‘i va ma’rifat fidoyilarining duoyi salomlari bilan 70 nafar yosh Germani- yaga o‘qishga yuborildi. Ular ishlab chiqqan rejaga ko‘ra, har yili taxminan shunchadan yoshlar nafaqat Germaniya, balki boshqa davlatlarga, xususan, Rossiyaning Moskva va Leningrad shaharlaridagi oliy o‘quv yurtlariga ham yuborilishi va milliy kadrlar muammosi besh-o‘n yil mobaynida hal qilinishi lozim edi.



Download 27.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling