Т/р
|
Хўжалик муомалаларининг мазмуни
| | |
Счётларнинг боғланиши
| | |
Дебет
|
Кредит
| | |
1
|
Акциядорларга дивидендлар ҳисобланди
|
8710, 8720
|
6610
|
2
|
Дивиденд тўлаш манбаида даромад солиғи ҳисобланди
|
6610
|
6410
|
3
|
Ҳисобланган дивидендлар тўланди
|
6610
|
5010-5530
|
4
|
Чиқиб кетаётган таъсисчиларга улушлари бўйича қарзлар ҳисобланди
|
8330, 8610, 8620
|
6620
|
5
|
Чиқиб кетаётган таъсисчиларга улушлари бўйича қарзлар тўланди
|
6620
|
5010-5530
|
6
|
Таъсис ҳужжатларига киритилган ўзгартиришлар давлат рўйхатидан ўтказилгунга қадар таъсисчилардан улушларнинг келиб тушиши
|
активларни
ҳисобга олиш
счётлари
|
6630
|
|
7
|
Таъсис ҳужжатларига киритилган ўзгартиришлар давлат рўйхатидан ўтказилгандан кейин олдин олинган қўшимча улушлар суммалари ҳисобга киритилди
|
6630
|
4610
|
|
18-ma’ruza: Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazifalari. Ustav kapitali hisobi.
Reja:
Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazifalari.
Xususiy kapital tarkibi.
Turli mulkchilik shakllarida ustav kapitalini shakllantirish va uning oʻzgarishini hisobga olish.
Xususiy kapital, uning tarkibi va hisobining vazifalari
Korxonalarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar buxgalteriya hisobining ob’yekti bo’lib hisoblanadi va quyidagi tenglik bilan izohlanadi:
AKTIVLAR = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYaTLAR
Xususiy kapital korxona aktivlarining bir qismi bo’lib, iqtisodiy kotegoriya sifatida foyda olish maqsadida mablag’ qo’yish yoki mablag’ni joylashtirish ma’nosini bildiradi va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
Xususiy kapitalning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobotning» 5-shaklida quyidagilardan iborat deb ko’rsatilgan: ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Xususiy kapital xo’jalik yurituvchi sub’yektga tegishli bo’lgan jami mulklar qiymatidan iborat bo’ladi va korxonaning jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Buni matematik modulini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |