13-ma’ruza: Xodimlarga ish haqini hisoblash tartibi va hisobi.
Reja:
Xodimlarga asosiy ish haqini hisoblash tartibi.
Ish haqidan ushlab qolinadigan va chegiriladigan summalarni hisoblash tartibi.
Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarga doir hisob registrlari.
Ish haqini sintetik hisobi.
Ish haqi hisoblash tartibi.
Vaqtbay ish haqi hisoblash tartibi. Vaqtbay ish haqi xodimning bajargan ishining miqdoridan qa’tiy nazar ma’lum ishlagan vaqtiga to’lanadi. Bunda agar xodim oyning barcha ish kunlarida ishlagan bo’lsa, uning ish haqi razriyadi bo’yicha to’lanadigan okladga teng bo’ladi. Agar xodim oyning barcha ish kunlarida ishlamagan bo’lsa, unda uning ishlagan kunlari bo’yicha ish haqi ishchining malaka razriyadiga o’rnatilgan soatlik yoki kunlik ta’rif stavkasini ishlagan soatlari yoki kunlari miqdoriga ko’paytirish asosida topiladi. Agar ish haqi berishning mukofotli-vaqtbay turidan foydalanilayotgan bo’lsa, ishlagan vaqti uchun to’lanadigan ish haqiga beriladigan mukofot qo’shiladi. Mukofot puli xodimning ta’rif stavkasiga nisbatan foyizlarda yoki qa’tiy belgilangan summalarda to’lanadi.
Ishbay ish haqi hisoblash tartibi. To’g’ri ishbay ish haqi hisoblash tizimida, ish haqi, xodimlarning malakalari bo’yicha qa’tiy o’rnatilgan rastsenkalar va yaratgan mahsulotlari va bajargan ishlari miqdori asosida beriladi.
Ish haqi to’lashning mukofotli-ishbay tizimi mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarini bajarilganligi, oshirib bajarilganligi va sifatli mahsulot ishlab chiqarganlik, yaroqsizlikka yo’l qo’ymaganlik uchun mukofotlashni nazarda tutadi. Ish haqi berishning ishbay-progressiv (tobora o’sib boradigan) tizimida, ish haqi, me’yordan ortiqcha ishlagani uchun beriladigan to’lovni nazarda tutadi.
Ba’zi bir xodimlarga ish haqi ham vaqtbay ham ishbay shaklda to’lanishi mumkin. Misol: unchalik katta bo’lmagan mehnat jamoasiga rahbarlikni ishbay rastsenkalarda to’lanadigan ishlab chiqarish faoliyati bilan birgalikda amalga oshirgan rahbarni ish haqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |