15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Mehnat ta’tili, rezervlari va to’lovlari hisobi


Download 0.63 Mb.
bet103/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Mehnat ta’tili, rezervlari va to’lovlari hisobi.
Mehnat ta’tiliga chiqarilgan xodimlarga mehnat ta’tili uchun beriladigan to’lovlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxlariga oylar davomida teng miqdorlarda kiritish maqsadida har oyda mehnat ta’tili uchun to’lovlar rezervi tashkil qilib boriladi.
Mehnat ta’tili to’lovlari rezervi balansga nibatan passiv bo’lgan 8910- «Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari» schyotida hisobga olib boriladi.
Hisoblangan rezerv summalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiri ladi:
1. Asosiy ishlab chiqarish tsexlarida faoliyat yuritayotgan ishchilarning ish haqiga nisbatan hisoblagan summaga:
Debet 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
2. Yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida faoliyat yuritayotgan ishchilarning ish haqiga nisbatan hisoblagan summaga:
Debet 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
3. Umum ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish haqiga nisbatan hisoblagan summaga:
Debet 2510-«Umumishlabchiqarish xarajatlari»,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
4. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni tuzatish bilan band bo’lgan ishchilarning ish haqiga nisbatan hisoblagan summaga:
Debet 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar»,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
5. Xizmat ko’rsatuvchi xo’jalikda faoliyat yuritayotgan ishchilarning ish haqiga nisbatan hisoblagan summaga:
Debet 2700-«Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
6. Tayyor mahsulotlarni saqlash, idishlash, ko’rgazmaga va komissiyaga tayyorlash bilan band bo’lgan ishchilarning ish haqiga nisbatan hisoblagan summaga:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»,
Debet 2820-«Ko’rgazmadagi tayyor mahsulot»,
Debet 2830-«Komissiya qilish uchun berilgan tayyor mahsulot»
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
7. Asosiy vositalarni xarid qilish, tashib keltirish va o’rnatish bo’yicha band bo’lgan ishchilarning ish haqiga nisbatan hisoblangan summaga:
Debet 0710-«O’rnatiladigan asbob-uskunalar-mahalliy»,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
8. Ho’jalik yo’li bilan olib borilayotgan kapital qurilish bilan band bo’lgan ishchilarning ish haqiga nisbatan hisoblagan summaga:
Debet 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
9. Ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish va xarid qilish, yuklab-tushirish hamda idishlash bilan band bo’lgan ishchilarning ish haqlariga nisbatan hisoblangan summaga:
Debet 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
10. Korxonani boshqaruv apparati xodimlari ish haqiga nisbatan hisoblagan summaga:
Debet 9420-«Mamuriy xarajatlar»,
Kredet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
11. Rezervdan foydalanilganda:
Debet 8910-«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar».
Yil oxirida foydalanilmay qolgan rezerv summasi keyingi hisobot davriga o’tkaziladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling