15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Ma’suliyati cheklangan jamiyatda ustav kapitalini shakllantirishning hisobi


Download 0.63 Mb.
bet12/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Ma’suliyati cheklangan jamiyatda ustav kapitalini shakllantirishning hisobi. Amaldagi qonunlarga muvofiq hissalarga bo’lingan ustav kapitaliga ega bo’lgan jamiyat ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo’lingan hissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo’yiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar bo’yicha faqat o’z mulki doirasida javob beradi.
4610-schyot aktiv bo’lib, debet saldosi ta’sischilarning oy boshiga bo’lgan qarzini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan o’tkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy qiymatliklar va mulklar qiymatini ko’rsatadi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga qo’yilmalar ishtirokchilarning ulushidan tashkil topadi. Misol. «Saxovat» MChJni tashkil qilish paytida uning Ustavida 500000 so’m miqdorida ustav kapitali ro’yxatga olingan. Qodirov I, Sharipov B, Nosiroa I. «Saxovat» MChJning ta’sischilari hisoblanishadi. MChJning ustav kapitalida Qodirovning ulushi 40 foiz, Sharipovning ulushi 25 foiz va Nosiroaning ulushi 35 foizni tashkil qiladi.
MChJning Ustavi mahalliy hokimiyatda ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin uning ustav kapitalining shakllanishi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi:
1. Debet 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilar qarzi «-Qodirovning qarzi-200000 so’m.,
Kredit 8330-«Paylar va ulushlar»-Qodirov I ning qo’yilmasi-200000 so’m
2. Debet 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilar qarzi «-Sharipovning qarzi-125000 so’m
Kredit 8330-«Paylar va ulushlar»-Sharipov qo’yilmasi-125000 so’m,
3. Debet 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilar qarzi»-Nosirovning qarzi-175000 so’m,
Kredit 8330-«Paylar va ulushlar»-Nosirov qo’yilmasi-175000 so’m
Har bir ta’sischi MChJga ta’sis shartnomasiga muvofiq biron-bir aktivni kiritish huquqiga ega. Ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha buxgalteriya yozuvlari yuqorida keltirilgan yakka egalikdagi yozuvlarga aynan o’xshash bo’ladi. Misol. Qodirov o’z ulushini transport vositasi ko’rinishida 200000 so’m, Sharipov xom-ashyo ko’rinishida (200000 so’m, Nosirov bank sertifikati ko’rinishida kiritdi:
Debet 0160-«Transport vositalari»-200000 so’m
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarga qarz»-Qodirovning qarzi-200000 so’m.,
Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»-125000 so’m
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarga qarz»-Sharipovning qarzi-125000 so’m.,
Debet 0610-«Qimatli qog’ozlar»-175000 so’m
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarga qarz»-Nosirovning qarzi-175000 so’m.,
Ta’sischilarning qaroriga muvofiq MChJning ustav kapitali miqdorini ta’sischilarning qo’shimcha qo’yilmalari yoki taqsimlangan foydadan ajratma qilish hisobiga ko’paytirish mumkin.
Taqsimlanmagan foyda hisobidan ustav kapitalini ko’paytirish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»,
Kredit 8330-«Paylar va ulushlar».
MChJdan chiqib ketayotgan ta’sischining ulushini qaytarib berish quyidagi buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 8330-«Paylar va ulushlar»
Kredit 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilardan ulushlari bo’yicha qarzlar».
Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun asos bo’lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul-qilish-topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling