15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


-ma’ruza: Maqsadli tushumlar hisobi. Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervini tashkil qilish hamda foydalanish hisobi


Download 0.63 Mb.
bet20/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

20-ma’ruza: Maqsadli tushumlar hisobi. Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervini tashkil qilish hamda foydalanish hisobi.
Reja:



  1. Maqsadli tushumlar hisobi.

  2. Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervini tashkil qilish hamda foydalanish hisobi.


Davlat subsidiyalari, maqsadli tushumlar va boshqa tushumlar hisobi
Subsidiyalar xo’jalik yurituvchi korxonalarga davlat yoki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul yoki natura ko’rinishidagi yordam bo’lib, ma’lum bir shartlarni bajarish uchun beriladi.
Davlat subsidiyalari maqsadli bo’lib alohida olingan xo’jalik yurituvchi sub’yektning muomala faoliyatiga ta’luqli muayan sharoitlarda, xo’jalik yurituvchi sub’yektga, resurslarni berish tarzida hukumat tomonidan beriladigan yordamdir. Subsidiya bilan bir qotorda davlat yordami ham beriladi.
Davlat yordami-bu davlat tomonidan bitta yoki bir qator xo’jalik yurituvchi sub’yektlarga, ma’lum mezonlarni qanoatlantiruvchi, iqtisodiy imtiyozlarni taqdim qilish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbir bo’lib, umumiy savdo shartlariga ta’sir etuvchi imtiyozlarni o’z ichiga olmaydi4.
Davlat subsidiyalari moddiyligi jihatdan aktivlar va daromad sifatida hisobga olinadigan turlarga bo’linadi.
Aktivlar sifatida hisobga olinadigan subsidiyalar-bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan loyhalarni amalga oshirish uchun xo’jalik sub’yektlariga davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalardir.
Daromad sifatida hisobga olinadigan subsidiyalar-bu aktivlar sifatida hisobga olinadigan subsidiyalardan boshqa har qanday davlat subsidiyalari. Masalan, qaytarib olmaslik sharti bilan davlat tomonidan beriladigan qarzlar.
Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomonidan ham ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun taqdim etilishi mumkin.
Davlat subsidiyalari, turli nodavlat va xalqaro tashkilotlar hamda jamg’armalarning grantlari va yordamlari Buxgalteriya Hisobining «Davlat subsidiyalarini hisobi va davlat yordami bo’yicha ko’rsatiladigan ma’lumotlar» nomli 10-sonli Milliy standartsi bilan tartibga solinadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektning davlat yordamini olishi moliyaviy hisobotni tayyorlashda ikkita sababga ko’ra ahamiyatli hisoblanadi: birinchidan, agar ajratilgan resurslar olingan bo’lsa, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish kerak, ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun bunday yordamni joriy hisobot davrida ko’rsatish kerak. Bunday tartib xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy hisobotlarini o’tgan davr hisobotlari va boshqa sub’yekt hisobotlari bilan solishtirish imkonini beradi.
Davlat subsidiyalarini qanday shaklda olinishi, uni moliyaviy hisobotda aks ettirilishi ta’sir etmaydi va naqd pulda olinadimi yoki davlat oldidagi majburiyatlarning kamaytirilishi ko’rinishida olinadimi qa’tiy nazar hisobga olinishi kerak.
Davlat subsidiyalari quyidagi hollarda subsidiya sifatida tan olinadi: birinchidan, qaytarmaslik sharti bilan muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun berilayotgan davlat qarzi, xo’jalik sub’yektida uning oldiga qo’yilgan maqsadni bajarishga yetarlicha kafolat mavjud bo’lgandagina, ikkinchidan, subsidiya bilan bog’liq xarajatlar hisobidan qoplanadigan joriy muomalalar daromad sifatida tan olinganda.
Davlat subsidiyalari maqsadli mablag’ sifatida hisoblash usuliga ko’ra tan olinadi.
Grantdlar, subsidiyalar va maqsadli tushumlar balansga nisbatan passiv bo’lgan 8800-«Maqsadli tushumlar» schyotida quyidagi ikkinchi tartibli sintetik schyotlarda olib boriladi:
8810-«Grantlar»;
8820-«Subsidiyalar»
8830-«A’zolik badallari»
8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari»;
8800-«Har xil maqsadli tushumlar».
Grantdlar, subsidiyalar va maqsadli tushumlarni olish va ulardan foydalanish quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi.
1. Pul shaklida grantlar olish:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti»
Kredit 8810-«Grantlar».
2. Grant beruvchi korxona ta’sischi (hamkor) sifatida qabul qilinganda hamkorning hissasi(grant summasi)ni barcha ta’sischilar roziligi bilan korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida kiritish haqidagi qaroriga ko’ra grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi5:
Debet 8810-«Grantlar»
Kredit 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish schyotlari.
3. Grand summasi rezerv kapitaliga qo’shilganda:
Debet 8810-«Grantlar»
Kredit 8510-«Rezerv kapitali»
3. Grant beruvchi korxona grantni tekinga mol-mulk sifatida berganda:
a)Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 8810-«Grantlar», bir vaqtning o’zida,
b)Debet 8810-«Grantlar»
Kredit 8530-«Tekinga olingan mol-mulk» buxgalteriya o’tkazmasi beriladi.
Aktivlarga tegishli davlat subsidiyalari aktiv sifatida quyidagicha tan olinadi, birinchidan, aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida tan olinadigan maqsadli tushumlar sifatida, ikkinchidan, aktivning foydali foydalanish muddati davomida hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yo’li bilan. Subsidiyalarni olish quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi.
1. Pul shaklida subsidiyalar olish:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» schyotlari
Kredit 8820-«Subsidiyalar»
2. Moddiy qiymatliklar shaklida subsidiyalar olish:
Debet 0100-«Asosiy vositalar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti,
Kredit 8820-«Subsidiyalar»
3. Subsidiyalar summasi rezerv kapitaliga qo’shilganda:
Debet 8820-«Subsidiyalar»
Kredit 8510-«Rezerv kapitali»
A’zolik badallarining tushumi 8830-«A’zolik badallari» schyotida hisobga olinadi. A’zolik badallari harakati buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi.
1. Olingan a’zolik badali summasiga:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti»
Kredit 8830-«A’zolik badallari»
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar summalarini maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltiriladi. Ularning hisobi 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi.
1. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar summasi:
Debet 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (alohida turlari bo’yicha)»
Kredit 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari»
2. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’larni imtiyoz muddati tugagandan keyin hisobdan chiqarganda:
Debet 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari»
Kredit 8530-«Tekinga olingan mol-mulk»
Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlarni hisobga olish schyotlari bo’shagan mablag’lar summasiga debetlanadi, 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyoti kreditlanadi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablag’lar summalari imtiyozli davr ko’rsatilgan taqdirda-imtiyozli davr tugagach, qolgan hollarda esa-har yili 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyoti debetidan 8530-«Bepul olingan mol-mulk» schyoti kreditiga hisobdan chiqariladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling