Aktsiya shaklida beriladigan dividendlarni hisoblash va hisobga olish.
Qurilish-ta’mir ishlari bilan shug’ullanadigan «Madad» aktsiyadorlik jamiyati 2015-yili hokimiyatdan ro’yxatdan o’tgan. Jamiyat yangi tashkil qilinganda har birining nominal qiymati 2000 so’m teng bo’lgan 10000 dona yoki 20000000 so’mga teng bo’lgan aktsiya chiqargan. Ularning hozirgi kundagi bozor bahosi 2200 so’m bo’lganda aktsiyalar bo’yicha emission daromad 2000000 so’m teng bo’ladi. 2017 yilning yakuniga ko’ra jamiyatning yillik taqsimlanmagan foydasi 10000000 so’m tashkil qildi. Bunda aktsiyadorlik jamiyatining dividend to’lagunga qadar xususiy kapitali 32000000 so’m (20000000+2000000+10000000) teng bo’ladi.
Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yig’ilishi 2017-yilning yakuni bo’yicha 2 foiz aktsiya shaklida dividend berish haqida qaror qildi. Dividend to’lovi uchun har birining nominal qiymati 2000 so’m teng bo’lgan 200 dona (10000 x 2% / 100) 400000 so’m miqdorida yana qo’shimcha aktsiya chiqardi. Ularning bozor bahosi 2200 so’m yoki aktsiyalarni bozor baholaridagi umumiy qiymati 440000 so’m Ulardan olinadigan emission daromad 40000 so’m Dividend to’lash sanasiga aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalari bozor qiymatida 22000000 so’m (2200 x 10200) tashkil qildi.
1. Foydani taqsimlash hisobiga binoan ta’sischilar umumiy yig’ilishida tasdiqlangan foyizlarda hisoblangan dividend summasiga:
Debet 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-440000 so’m
Kredit 6610-«To’lov uchun dividendlar»-440000 so’m
2. Aktsiyadorlarga aktsiyalari sonidan kelib chiqib to’lashga hisoblangan dividend summasiga:
Debet 6610-«To’lovlar uchun dividendlar»-440000 so’m
Kredit 8310-«Oddiy aktsiyalar»-400000 so’m
Kredit 8410-«Emission daromad»-40000 so’m
Aktsiyalar bilan dividend to’langandan keyin jamiyatning xususiy kapital quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
1. Nominal qiymati 2000 so’m bo’lgan 10200 dona oddiy aktsiya-20400000 so’m ;
2. Emission daromad-2040000 so’m ;
3. Taqsimlanmagan foyda-9560000 so’m.
Jami xususiy kapital-32000000 so’m teng bo’ladi (20400000+2040000+9560000).
Misoldan ko’rinib turibdiki, dividendlar aktsiya bilan to’langanda, pul mablag’lari ko’rinishida to’langan kabi, jamiyatning majburiyatlari yoki aktivlarida o’zgarish yuz bermaydi, chunki korxona mablag’lari taqsimlanmaydi. Shuning uchun xususiy kapital tarkibidagi elementlar o’zgarmaydi, faqat ularning miqdorlarida o’zgarish sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |