15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Aktsiyadorlik va ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda rezerv kapitali hisobi


Download 0.63 Mb.
bet15/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Aktsiyadorlik va ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda rezerv kapitali hisobi
Amaldagi qonunchilikka binoan aktsiyadorlik va ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitalining 15 foizidan kam bo’lmagan maqdorlarda rezerv kapitali tashkil etadilar. Rezerv kapitali yilning sof foydasidan korxona ustavida belgilangan miqdorlarda tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona ko’rgan zararini qoplash, imtiyozli aktsiyalar uchun dividend to’lash, aktsiyadorlar talabiga ko’ra aktsiyalarni qayta sotib olish maqsadlari uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda rezerv kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion zararlarni qoplash uchun ham foydalaniladi.
Rezerv kapitali hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»;
8520-«Rezerv kapitali»;
8530-«Beg’araz olingan mol-mulk».

8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti qayta baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi. Masalan, transport vositasining boshlang’ich qiymati 500000 so’m, eskirish qiymati 200000 so’m teng deb faraz qilaylik. Agar transport vositasining boshlang’ich qiymati 3 koeffitsienti bilan qayta baholansa, uning qayta baholashdan keyingi boshlang’ich qiymati 1500000 so’m (500000 x 3), eskirishi esa 600000 so’m (200000 x 3) ni tashkil qiladi. Transport vositasining boshlang’ich qiymati o’rtasidagi farq 1000000 so’m (1500000-500000)ga, eskirish qiymati o’rtasidagi farq esa 400000 so’m (600000-200000)ga teng bo’ladi.


Ushbu ho’jalik muomalasi buxgalteriya hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) Debet 0160-«Transport vositalari»-1000000 so’m
Kredit 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»-1000000 so’m
b) Debet 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»-400000 so’m
Kredit 0260-«Transport vositalarining eskirishi»-400000 so’m
Asosiy vositalar kabi qimmatli qog’ozlar ham qayta baholanadi. Masalan, korxonada balans qiymati 80000 so’mlik qimmatli qog’oz bor. Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 85000 so’mga teng bo’lgan.
Agar korxona o’z investitsiyalarini qayta baholangan qiymat bo’yicha hisobga olsa, u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv kapitali schyotida aks ettiriladi:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»-5000 so’m
Kredit 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»-5000 so’m
Agar qimatli qog’ozlar qiymati qayta baholash natijasida pasaysa, ularning balans qiymati bilan qayta baholashdan pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi. Bunday xarajatlar rezerv kapitalini kamaytirish hisobiga qoplanali. Misol uchun, korxonada balans qiymati 80000 so’mlik qimmatli qog’oz bor. Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 78000 so’m ga tushib ketgan, ya’ni 2000 so’m ga kamaygan.
Bu xo’jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»-5000 so’m
Kredit 9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar»-2000 so’m
Kredit 0610-«Qimmatli qog’ozlar»-7000 so’m
8520-«Rezerv kapitali» schyotida korxona foydasi hisobidan tashkil qilinadigan zaxiralar hisobga olinadi. Rezerv kapitali korxona ko’rgan zararini qoplash, imtiyozli aktsiyalar uchun dividend to’lash, aktsiyadorlar talabiga ko’ra aktsiyalarni qayta sotib olishga, korxona tugatilayotgan paytda mavjud bo’lgan dargumon qarzlarni qoplashga va shu kabi boshqa debetorlik qarzlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Rezkrv kapitalini shakllantirish va undan foydalanish buxgalteriya hisobida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi.
1. Foydani taqsimlash raschyotiga ko’ra foyda hisobidan tashkil qilingan rezerv kapitali summasiga:
Debet 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
Kredit 8520-«Rezerv kapital».
2. Hisobot davrida rezerv kapitali hisobidan imtiyozli aktsiyalar uchun dividendlar to’langanda1:
Debet 8520-«Rezerv kapital»
Kredit 6610-«To’lov uchun dividendlar».
3. Korxona tugatilayotganida turli debitorlarning undirilishi dargumon bo’lgan qarzlari hisobdan chiqarilganda:
Debet 8520-«Rezerv kapital»
Kredit 4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar».
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga ko’ra rezerv fondi boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarda ham tashkil etilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar boshqa korxona va chet el moliyaviy institutlaridan hamda xalqaro fondlardan xayriya sifatida tekinga mol-mulklar olishlari mumkin. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo’li bilan yoki o’tkazma hujjatlar (qabul-topshirish dalolatnomasi) asosida o’rnatilgan qiymat bo’yicha hisobda aks ettiriladi. Bunday mol-mulklarning hisobi balansga nisbatan passiv bo’lgan 8530-«Beg’araz olingan mol-mulk» schyotida hisobga olinadi.
Mol-mulk tekinga olinganida quyidagi buxgalteriya provodkalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Tekinga olingan asosiy vositalar turkumidagi mol-mulkning qiymatiga:
Debet 0110-0190-«Asosiy vositalar»
Kredit 8530-«Beg’araz olingan mol-mulk».
2. Tekinga olingan nomoddiy qiymatliklar qiymatiga:
Debet 0410-0490-«Nomoddiy aktivlar»
Kredit 8530-«Beg’araz olingan mol-mulk»
3. Tekinga olingan uzoq muddatli qimatli qog’ozlar qiymatiga:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 8530-«Beg’araz olingan mol-mulk»
4. Tekinga olingan tovar-moddiy zaxiralar turkumidagi mol-mulkning qiymatiga:
Debet 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
Kredit 8530-«Beg’araz olingan mol-mulk»
5. Tekinga olingan pul mablag’lariga:
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti»
Kredit 8530-«Beg’araz olingan mol-mulk»
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig’i bazasini oshiradi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling