15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Natura shaklida beriladigan dividendlarni hisoblash va hisobga olish


Download 0.63 Mb.
bet18/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Natura shaklida beriladigan dividendlarni hisoblash va hisobga olish.
Qurilish-ta’mir ishlari bilan shug’ullanadigan «Madad» aktsiyadorlik jamiyati 2015-yili hokimiyatdan ro’yxatdan o’tgan. Jamiyat yangi tashkil qilinganda har birining nominal qiymati 2000 so’m teng bo’lgan 10000 dona yoki 20000000 so’mga teng bo’lgan aktsiya chiqargan. Ularning hozirgi kundagi bozor bahosi 2200 so’m bo’lganda aktsiyalar bo’yicha emission daromad 2000000 so’m teng bo’ladi. 2017-yilning yakuniga ko’ra jamiyatntng yillik taqsimlanmagan foydasi 10000000 so’m tashkil qildi. Bunda aktsiyadorlik jamiyatining dividend to’lagunga qadar xususiy kapitali 32000000 so’m (20000000+2000000+10000000) teng bo’ladi.
Aktsiyadorlik jamiyati umumiy yig’ilishi 400000 so’m miqdoridagi dividendni haqiqiy sotish bahosi (QQS bilan) 400000 so’m bo’lgan tayyor mahsulotlar bilan to’lashga qaror qildi. Dividend sifatida berilayotgan tayyor mahsulotlarning tannarxida QQS 20 foiz yoki 60000 so’m. Bunda tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish tan narxi 360000 so’m (400000-60000), agar korxona foydasi 40000 so’m tashkil qilganda, tayyor mahsulotlarni sotishdan olinadigang daromad 400000 so’m teng bo’ladi. Amaldagi soliq qonunchiligi bo’yicha dividend 15 foiz stavka bilan daromad solig’iga tortiladi. Daromad solig’i summasi 60000 so’m (400000 x 15 foiz) tashkil qiladi(aniqlik kiritsh lozim).
1. Foydani taqsimlash hisobiga binoan ta’sischilar umumiy yig’ilishida tasdiqlangan miqdorlarda korxona foydasidan ajratilgan dividend summasiga:
Debet 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-400000 so’m
Kredit 6610-«To’lov uchun dividendlar»-400000 so’m
2. To’lov uchun hisoblangan dividend summasiga:
Debet 6610-«To’lanadigan dividendlar»-400000 so’m,
Kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad»-340000 so’m
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar»-60000 so’m
3. Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi hisobdan chiqarildi:
Debet 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-336000 so’m
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»-336000 so’m
4. Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazildi
Debet 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-400000 so’m
Kredit 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-400000 so’m
5. Sotilgan mahsulotlarni tannarxi hisobdan chiqarildi
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-336000 so’m
Kredit 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti-336000 so’m
6. Dividenddan hisoblangan daromad solig’i soliq idoralariga o’tkazib berilganda:
Debet 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (alohida turlari bo’yicha)»-80000 so’m
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»-80000 so’m

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling