15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


-ma’ruza: Xususiy kapital toʻg‘risidagi hisobot. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar


Download 0.63 Mb.
bet47/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

28-ma’ruza: Xususiy kapital toʻg‘risidagi hisobot. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar.
Reja:



  1. Xususiy kapital toʻg‘risidagi hisobot shakli va uni tuzish tartibi.

  2. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar, ilovalar va izohlar.

  3. Soliq va statistik hisobotlar tarkibi.

  4. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari va unga auditorlarning xulosasini zaruriyligi.

Xususiy kapital buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslanadi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:


Aktiv=Xususiy kapital+Majburiyatlar
Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital har bir kichik tadbirkorlik subyektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
Moliyaviy hisobotning 5-shaklda xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb ko‘rsatilgan: ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Xususiy kapital deganda kichik tadbirkorlik subyektga tegishli bo‘lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni
Kx=Kj-Kq.
Bunda, Kx-xususiy kapital, Kj-jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital.
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha belgilari bo‘yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o‘z aksiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak.
“Xususiy kapital to‘g‘risida”gi hisobot shaklini korxona rahbari, bosh buxgalter imzolari bilan tasdiqlaydilar.
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to’g’risidagi, ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o’z aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Shuningdek, hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida bo’lgan o’zgarishlar ya’ni, qimmatli qog’ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirish chog’ida valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul va aktsiyalar ko’rinishida to’lanadigan dividendlar, hamda xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari to’g’risidagi axborotlar ochib berilishi lozim. Bundan tashqari chiqarilgan aktsiyalar soni, aktsiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aktsiyalar soni to’g’risidagi axborotlar ham keltiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapital to’g’risidagi hisobotga bo’lgan tushuntirish xatida aktsiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aktsiyalarni bekor qilinishi, aktsiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko’ra aktsiyalar qiymatining kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bundan tashqari obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aktsiyalarning umumiy soni va nominal qiymati; aktsiyalarga obunaning borishi chog’ida olingan mablag’lar umumiy summasi; ayrim turlar va toifalar bo’yicha ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar; imtiyozli aktsiyalar bo’yicha to’lanmagan dividendlar summasi; aktsiyalar ko’rinishida to’lanadigan dividendlar, xususan, to’lanadigan aktsiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to’g’risida; hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo’shib yuborishlar va aktsiyalarning maydalanishi yoki qo’shib yuborilishigacha va undan keyingi aktsiyalarning nominal qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar ham keltiriladi. Bunda aktsiyalarga obunaning borishi chog’ida olingan mablag’lar umumiy summasi quyidagilar bo’yicha keltiriladi: aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan barcha pul mablag’lari, aktsiyalar soni ko’rsatilgan holda; aktsiyalar uchun to’lov sifatida kirim qilingan mol-mulkning bahosi, aktsiyalar soni ko’rsatilgan holda; aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan chet el valyutasining umumiy summasi, aktsiyalar soni va hisobda valyuta kirim qilingan kursi ko’rsatilgan holda.
Tushuntirish xatida ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar haqidagi axborotlar ularning ayrim turlari va toifalari bo’yicha alohida-alohida keltiriladi: chiqarilgan aktsiyalar soni, ustav kapitalining to’lanmagan qismi ko’rsatilgan holda; aktsiyaning nominal qiymati;muomalada bo’lgan aktsiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi o’zgartirishlar; aktsiyalar bilan bog’liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo’yicha cheklashlar; jamiyatning o’ziga, uning sho’ba va uyushgan korxonalariga tegishli aktsiyalar; ular egalik qilayotgan ta’sischilar ro’yxati va aktsiyalar soni; ijroiya organi a’zolarining mulki bo’lgan aktsiyalar soni; optsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan aktsiyalar, ularning muddatlari va summalari ko’rsatilgan holda; konvertatsiyalanadigan (aktsiyalar yoki obligatsiyalarga) aktsiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aktsiyalarning qarzga oid qimmatli qog’ozlarga konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan majburiyatlar.
Boshqa korxonalarning tushuntirish xatlarida quyidagilar to’g’risidagi axborotlarni keltiradilar:
1. Korxona faoliyatiga mablag’ qo’ygan qatnashchilarning chiqib ketishi,
2. Egalik qiluvchilar o’rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi;
3. Egalik qiluvchilar ulushiga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
4. Ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi o’zgartirishlar.
Hisobotning xususiy kapital to’g’risidagi qismiga oid tushuntirish xati O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 1998-yil 26-iyuldagi 17-07/86-son buyrug’i bilan tasdiqlangan (ro’yxat raqami 474-son, 1998-yil 14-avgust, Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 5-son) O’zbekiston Respublikasining «Hisob siyosati va moliyaviy hisobotlar» Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling