15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
Lizing operatsiyalarining turlari
Download 0.63 Mb.
|
2 5208956230877321573
Lizing operatsiyalarining turlari.
Lizing so’zi inglizcha leasing degan so’zdan olingan bo’lib, ijaraga berish, degan ma’noni anglatadi. Tarixchilarning guvohlik berishicha, lizing g’oyasi Aristotelь davrida, ya’ni eramizdan avvalgi 384 – 382 yillarda paydo bo’lgan bo’lib, Aristotelь: “boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan foydalanish” degan fikrni ilgari surgan. Bu esa, hozirgi zamon ta’biri bilan aytganda, kishining daromad olishi uchun qandaydir bir mulkka albatta egalik qilishi shart emas, balki undan foydalanish huquqiga ega bo’lishi va natijada foyda olishining o’zi kifoya qiladi. Faoliyati zamonaviy lizingga asoslangan birinchi kompaniya 1952 yilda AQSHning San-Frantsisko shahrida shahrida takshil etildi. Bu AQSHning “Yunayted steyts lizing korporeyshn” lizing kompaniyasi edi. XX asrning 30 – yillarida Genri Ford o’zining avtomobillarini sotish samaradorligini oshirish uchun lizingdan foydalanishni yo’lga qo’ydi. Ammo avtomobil lizingi biznesining qonuniy otasi bo’lib, Zolli Frenk hisoblanadi. U 40 – yillarning boshida avtomobillarni uzoq muddatga ijaraga berishni birinchi bo’lib taklif etgan chikagolik savdo agenti bo’lib hisoblanadi. Hozirgi davrda transport lizingidan tushayotgan yalpi daromadlar yiliga 50 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketmoqda. G’arbiy Yevropada dastlabki lizing kompaniyalari XX asrning 50-yillarida paydo bo’ldi. Ammo bu davrda G’arbiy Yevropa mamlakatlarining soliq qonunchiligida lizing shartnomalari o’z aksini topmagan edi. Keyinchalik lizing shartnomalarining huquqiy maqomini sliq qonunchiligida aks etishi bilan lizing munosabatlari keskin rivojlanib ketdi. XX asrning 60-yillariga kelib, lizing jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Buning sababi shundaki, ijaraga sanoat vositalari yoppasiga berila boshladi. Xususan, bahosi yuqori bo’lgan va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar - texnologik asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, kemalar, samolyotlar uzoq muddatli ijara sifatida lizingga berila boshladi. Hozirgi davrda xalqaro lizing bozorining asosiy qismi uch yirik moliya markazida – AQSH, Yaponiya va G’arbiy Yevropada joylashgan. AQSH va G’arbiy Yevropada ixtisoslashgan lizing kompaniyalarining faoliyati rivojlangan bo’lib, ular lizing bozorida tijorat banklari bilan raqobat qiladi. Yaponiyada lizingdan nafaqat yirik kompaniyalarning faoliyatini texnik va texnologik qurollantirish vositasi sifatida, balki kichik biznesni rivojlantirish omili sifatida ham keng foydalaniladi. “Xuddi shunday kredit va lizing o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikni hisobga olgan holda banklarning lizing operatsiyalari bilan xizmat ko’rsatishi ham mamnunli holatdir”,- degan fikrni iqtisodchi olim D. Stefan bildirgandir.21 Ta’kidlash joizki, lizing uzoq muddatli ijara sifatida talqin qilinsada, u prokat shaklidagi ijaradan farq qiluvchi jihatlarga ega. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling