Taqsimlanmagan (jamg‘arilgan) foydaning o‘zgarishini aks ettirish
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1.
|
Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi aks ettirildi (transformatsiya o‘tkazmasi)
|
9910
|
8710
|
2.
|
Foyda hisobidan dividendlar hisoblandi
|
8710
|
6610
|
3.
|
Hisobot davri taqsimlanmagan foydasining jamg‘arilgan foydaga o‘tkazilishi
|
8710
|
8720
|
4.
|
Jamg‘arilgan foyda ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi
|
8720
|
8300
|
5.
|
Hisobot davrining zarari jamg‘arilgan foyda hisobiga qoplandi
|
8720
|
8710
|
6.
|
Jamg‘arilgan foyda rezerv kapitalini to‘ldirishga yo‘naltirildi
|
8720
|
8520
|
Foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qarorni korxonaning mulkdorlari (aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi, MChJ ishtirokchilarining yig‘ilishi, xususiy korxona egasi) qabul qiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat har chorakda, yarim yilda 1 marta yoki bir yilda 1 marta jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushiga mutanosib ravishda o‘zining sof foydasini taqsimlash haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
MChJ va AJ ishtirokchilarining dividendlar ko‘rinishidagi daromadlariga to‘lov manbaida 10%lik stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin xususiy korxona mulkdori va oilaviy korxona ishtirokchilari tasarrufida qoladigan foyda summasiga JShDS solinmaydi. Xususan, xususiy korxona mulkdori foydani qanday ishlatishni yakka o‘zi hal qiladi, oilaviy korxonada esa ta’sis hujjatlari shartlariga qarab uning har bir ishtirokchisi foydadan o‘z ulushini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |