15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


-ma’ruza: Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Buxgalteriya balansini tuzish tartibi


Download 0.63 Mb.
bet34/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

25-ma’ruza: Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Buxgalteriya balansini tuzish tartibi.
Reja:



  1. Moliyaviy hisobot va uning tarkibi.

  2. Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik koʻrish tartibi (inventarizatsiya).

  3. Moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar.

  4. Buxgalteriya balansini tuzish tartibi.


Buxgalteriya moliyaviy hisoboti haqida tushuncha, uning ahamiyati va tarkibiy tuzilishi.
Korxonalarning faoliyatlarini iqtisodiy tahlil qilish va boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun joriy hisob ma’lumotlarini ma’lum bir davrga belgilangan shakllarda umumlashtirib foydalanuvchilarga taqdim etish hisobotlar deyiladi. Hisobotlar buxgalteriya, statistika va operativ-texnik hisobi ma’lumotlariga asoslanib tuziladi.
Hisobot shakllarida ma’lumotlar joriy va o’tgan davr ma’lumotlari tartibida keltiriladi. Bu korxona mablag’lar va ularning manba’larida bo’lgan o’zgarishlar to’g’risida tezkor xulosa qilishga imkon beradi. Hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga baho beriladi, ichki imkoniyatlar aniqlanadi va ularni ishga solish istiqbol rejalari tuziladi.
Moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga qulay bo’lishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: o’z vaqtida taqdim etishlik-moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlarga kechiktirmasdan taqdim etishni bildiradi; ishonchlilik-korxona moliya-xo’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni aniq, to’g’ri, oddiy va ishonchli qilib aks ettirish; yaxlitlik-korxona va uning tarkibiga kiradigan, alohida balansga ega bo’lgan va ega bo’lmagan bo’linmalarda sodir bo’ladigan barcha xo’jalik operatsiyalarni hisobotlarda ko’rsatishni taqoza etadi; solishtirilishi mumkinlik-hisobot davri ko’rsatkichlarining reja va o’tgan davr ko’rsatgichlari bilan taqqoslash mumkinligi; betaraflik-moliyaviy hisob ma’lumotlari bir guruh foydalanuvchilar manfaatni boshqa foydalanuchilar manfaati yoki zarari hisobiga qoniqtirmaslikni bildiradi; izchillik (doimiylik)-korxonada foydalaniladigan hisobot shakllarini va ularning mazmunini har xil hisobot davrlarida bir xil bo’lishligini bildiradi.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash 4 ta bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqichda, barcha xo’jalik jarayonlari yoppasiga hujjatlashtiriladi; ikkinchi bosqichda, xo’jalik jarayonlarining joriy buxgalteriya hisobi tashkil qilinadi; uchinchi bosqichda, joriy hisob ma’lumotlarining to’g’riligi inventarizatsiya qilinadi; turtinchi bosqichda tasdiqlangan hisobot shakllari to’ldiriladi va tasdiqqa taqdim etiladi.
Korxonalar taqdim etadigan hisobotlar iqtisodiy mazmuni va axborot ko’rsatkichlarni qamrab olishiga ko’ra buxgalteriya va statistika hisobotlariga bo’linadi.
Buxgalteriya hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyatining barcha ma’lumotlari absalyut miqdorlarda aks ettiriladi. Masalan, korxonaning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, kassadagi pullari, ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlari, hisob-kitobdagi pullari, ustav fondi, zaxira fondi, debetorlik qarzlari, kreditorlik qarzlari, balans foydasi va hokazolar.
Statistika hisobotida absolyut miqdorlar bilan birga nisbiy va o’rta miqdorlar haqida ma’lumotlar beriladi. Masalan, foizlarning o’sish darajasi, o’rtacha daraja u yoki bu ko’rsatkichlarning o’sish yoki pasayish dinamikasi va boshqalar.
Buxgalteriya hisobotlari korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish va baho berishning hamda korxona faoliyatiga mablag’ qo’ygan investorlarga, kreditorlarga va davlat moliya, soliq organlariga ma’lumotlar manhbai bo’lib xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobotlari, xo’jalik mablag’larini tarkibini, mablag’larning tashkil bo’lish manba’larini, korxona majburiyatlarini, boshqa korxonalar, davlat moliya institutlari va bank muassasalari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarini, hamda korxona moliyaviy holatini aks ettiradi.
Statistika hisobotlari hudud, tarmoq bo’yicha ma’lum bir ko’rsatkichlarni bajarilishi to’g’risida ma’lumot beradi.
Buxgalteriya hisobi hisobotlari ahamiyatiga ko’ra korxona ichidagi va umumdavlat ahamiyatidagi hisobotlariga bo’linadi.
Korxona ichidagi hisobotlarga shu korxona ichida tuziladigan va foydalaniladigan hisobotlar kiradi. Bunday hisobotlar faqat bitta korxonani ko’rsatgichlarini qamrab oladi. Shuning uchun ham bunday hisobotlar dastlabki hisobot deb aytiladi. Masalan, kassir hisoboti, moddiy javobgar shaxs hisoboti va ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy-ommaviy tadbirlarni amalga oshirish rejalarining bajarilishi haqidagi hisobotlar. Bu hisobotlar korxona rahbari belgilagan muddatlarda tegishli bo’limlarga taqdim etiladi.
Umumdavlat hisobotlari Moliya Vazirligi va Davlat Statistika qo’mitasi yoki korxonaning yuqori tashkiloti tomonidan belgilangan shakl va tartibda tuziladi. Ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari buxgalteriya hisobi va hisobotlari to’g’risidagi qonunda belgilab qo’yilgan. Bunday hisobotlar bir vazirlikka yoki bitta tarmoqqa qarashli bo’lgan bir nechta korxonalarni qo’rsatgichlarini umumlashtirib tuziladi. Shuning uchun tarmoqning, vazirlikning, xoldingning, birlashmalarning, aksiyadorlik jamiyatlari, assatsiatsiyalarining va bosh boshqarmalarning yig’ma hisoboti deyiladi.
Hisobotlar taqdim etish muddatiga ko’ra yil ichida tuziladigan va yillik hisobotlarga bo’linadi, Korxonalar hisobotlarga qo’shimcha debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma ham taqdim etadilar.
Hisobot shakllari, ularni tuzish va taqdim etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling