15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi tamoyili


Download 0.63 Mb.
bet40/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Hisobot davrining daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi tamoyili bo’yicha hisobot davrda shu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo’lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlar o’rtasida bevosita bog’liqlikni o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar taqsimotining biron bir usuliga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o’rtasida taqsimlanadi. Masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlari.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy bahosi tamoyili, xarid qilish baholari, ularni tannarxini aniqlashga asos bo’lishini taqozo etadi.
Tushunarlilik tamoyili moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda bo’lishi kerak.
Ahamiyatlilik tamoyili foydalanuvchilarga beriladigan axborotlar korxonaning moliyaviy va xo’jalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul qilish uchun ahamiyatlidir. Korxonaning moliyaviy va xo’jalik faoliyatlariga baho berish hamda qarorlar qabul qilish sifati buxgalteriya hisobi yetkazib beradigan axborotlarni to’g’riligiga bog’liq.
Muhimiylik tamoyili axborotlarning foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar ta’siri borligini bildiradi. Tushirib qoldirilgan yoki noto’g’ri taqdim etilgan axborotlar foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar mohiyatiga ta’sir etsa bunday axborotlar muhim hisoblanadi. Axborotlar buxgalteriya hisobida ularning muhimiylik tamoyili asosida guruhlarga bo’linib yoki alohida-alohida aks ettiriladi.
Haqqoniy va holis taqdim tamoyili korxonaning moliyaviy va xo’jalik faoliyatlari hamda ularning pul mablag’larini harakati to’g’risida foydalanuvchilarda haqqoniy va holis tassavur hosil qilishi kerak. Bu tamoyiliga erishish uchun har bir korxona buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish chog’ida BHMSda keltirilgan buxgalteriya hisobi asosiy tamoyillarini qo’llanishga majburdir. Faoliyatning xilma-xil turlari bo’yicha yangiliklarni joriy etish milliy andazalarda ko’rsatilmagan va nazarda tutilmagan vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga vaziyatni aks ettirishga imkon beradigan hisob siyosatini tanlash va qo’llash yo’li bilan erishiladi. Bunday hisob siyosati korxona tomonidan buxgalteriya hisobining №1 milliy standartsi talablari asosida ishlab chiqilishi lozim.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling