15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larining hisobi


Download 0.63 Mb.
bet76/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larining hisobi.
O’zbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek kitobchalari, boshqa to’lov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablag’larining mavjudligi va harakati shuningdek, pul mablag’larining alohida saqlanadigan maqsadli moliyalashtirish qismining harakati to’g’risidagi axborotlarning sintetik hisobi balansga nisbatan aktiv bo’lgan 5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar» schyotida quyidagi schyotlar kesimida tashkil qilinadi:
5510-«Akkreditivlar»,
5520-«Chek kitobchalari»,
5530-«Boshqa maxsus schyotlar».
Agar korxona naqd pulsiz hisoblashuvlarning akkreditiv shaklidan foydalanilayotgan bo’lsa, 5510-“Akkreditivlar” schyotida mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning bankida ochiladigan akkreditiv schyotidagi pul mablag’lar quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan hisobga olinadi:
1. Korxonaning o’zini yoki qarzga olgan mablag’lari hisobiga akkreditiv schyoti ochish:
Debet 5510-«Akkreditivlar»,
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari»,
Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari»,,
Kredit 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari».
2. Akkreditiv schyotida hisobda turgan pul mablag’lari hisobidan to’lovlarni amalga oshirish:
Debet 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
Kredit 5510-«Akkreditivlar»
3. Akkreditiv schyotidan mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga bo’nak berish:
Debet 4310-«TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar»,
Debet 4320-«Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar»,
Debet 4330-«Boshqa berilgan bo’naklar»,
Kredit 5510-«Akkreditivlar».
4. Sug’urta bo’yicha qarzlarning akkreditiv mablag’lari hisobiga qoplanishi:
Debet 6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar»,
Kredit 5510-«Akkreditivlar».
5. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag’lar, bank tomonidan ular qaysi schyotdan o’tkazilgan bo’lsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari»
Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari»
Kredit 5510-«Akkreditivlar».
Akkreditivlar schyoti bo’yicha analitik hisob korxona tomonidan qo’yilgan har bir akkreditiv bo’yicha alohida yuritiladi.
Chek kitobchalari bilan hisoblashuvlar 5520-«Chek kitobchalari» schyotida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan hisobga olinadi:
1. Chek kitobchalarini berishda pul mablag’lari deponentlashtirilganda:
Debet 5520-«Chek daftarchalari»,
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari»,
Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari»,
Kredit 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari»,.
2. Berilgan cheklardan to’lovlar amalga oshirilganda:
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
Kredit 5520-«Chek daftarchalari».
3. Foydalanilmay qolgan va bankka qaytarilgan cheklarning summasi:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Debet 5210-«Mamlakat ichida valyuta schyotlari»,,
Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari», va boshqa schyotlar,
Kredit 5520-«Chek daftarchalari».
Chek kitobchalari schyoti bo’yicha analitik hisob har bir olingan chek kitobchalari bo’yicha yuritiladi.
Korxonaning 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» schyotidan quyidagi mablag’lar hisobga olinadi:
1. Bankda maxsus saqlanadigan maqsadli tushumlar hisobidan moliyalashtiriladigan mablag’lar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar, ob’yetlari (bolalar bog’chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o’zga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag’lari;
2. Korxonaning talabiga ko’ra alohida schyotda yig’iladigan va sarflanadigan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish mablag’lari;
3. Davlat idoralarining subsidiyalari.
Bu schyot bo’yicha sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Maxsus saqlanadigan maqsadli tushumlarni barpo etish:
Debet 5530-«Boshqa maxsus schyotlar»,
Kredit 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar»,
Kredit 6320-«Aktsiyaga obunachilardan olingan bo’naklar».
2. Mablag’larning sarflanishi:
Debet 6120-«Sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar»,
Debet 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)»,
Kredit 5530-«Boshqa maxsus schyotlar».
Boshqa maxsus schyotlar bo’yicha analitik hisob mablag’larning alohida turlari bo’yicha olib boriladi. Analitik hisob O’zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag’larining naqdligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini buxgalteriya hisobi 8-jurnal orderda olib boriladi. Junal orderga yozuv bank ko’chirmalari asosida tuziladigan «Bank operatsiyalarini aks ettirish jadvali» ga binoan tuziladigan guruhlovchi qaydnomaga asoslanadi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling