15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Tijorat banklarining cheklari bilan hisob-kitoblar


Download 0.63 Mb.
bet74/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Tijorat banklarining cheklari bilan hisob-kitoblar
Tijorat bankining hisob-kitob cheki (keyinchalik chek) mijozning xizmat ko’rsatuvchi bankiga chek beruvchining schyotidan chek ushlovchining schyotiga ma’lum summadagi mablag’ni o’tkazib berish to’g’risidagi topshirig’idir.
Cheklar tijorat banklari buyurtmasiga ko’ra ularning faoliyati uchun yetarli bo’lgan miqdorda Markaziy bankning «Davlat belgisi» bilan tayyorlanadi. Bunda, chekning raqami va seriyasi, bank-emitentning nomi va firma belgisi bosmaxona usulida chop etiladi. Cheklar, jismoniy shaxslar, huquqiy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o’rtasida tovarlar, ishlar va xizmatlar bo’yicha sodir bo’ladigan hisob-kitoblarda qo’llaniladi.
Chekning maksimal summasi korxonaning faoliyat xususiyatidan kelib chiqib O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi esa tijorat banklari tomonidan belgilab qo’yiladi. Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan belgilanadi.
Qabul qilingan, ishlatilgan va qaytarilgan chek blankalarining hisobi qat’iy hisobotdagi blankalarning harakati hisobga olib boriladigan balansdan tashqari 006-«Qa’tiy hisobda turuvchi blankalar» schyotida hisobga olinadi. Kun davomida foydalanilgan chek blankalari chiqim orderi bo’yicha 006-«Qat’iy hisobda turuvchi blankalar» schyotidan hisobdan chiqariladi.
Cheklarni to’ldirishda xatolikka yo’l qo’yilganda unda ushbu blanka buzilgan deb hisoblanadi va uni o’rniga yangisi to’ldiriladi. Buzilgan chek blankasining ko’ndalangiga «Buzilgan» degan yozuv yoziladi va sana ko’rsatilib, bosh buxgalter va kassir tomonidan imzolanadi. Buzilgan blankalar kassada saqlanadi.
Chek ikki qismdan iborat, chekning o’zi va uning koreshogi. Koreshokda chekda ko’rsatilgan summani tasdiqlovchi nazorat raqamlar ko’rsatiladi.
Chek egasi, amal qilish muddati tugagan chek bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish to’g’risida bankga yozma murojaat qilgan taqdirda, bank chekni to’lovga qabul qiladi va to’lovlarni amalga oshiradi.
Cheklarni bank muassasiga taqdim etishda, uning barcha rekvizitlari to’ldiriladi, korxona rahbari va bosh buxgalteri imzo qo’yadi hamda korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Chek olayotgan bankning javobgar xodimi chekning barcha rekvizitlarini to’ldirilganligini, imzolarning haqiqiyligini tekshiradi va chekni to’lovga olganligi to’g’risida imzo qo’yib, chek milkini nazorat raqamlari joylashgan chiziq bo’yicha kesib, to’lovchi korxonaning xodimiga qaytarib beradi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling