15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Hisob-kitob schyoti operatsiyalari hisobining vazifalari


Download 0.63 Mb.
bet70/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Hisob-kitob schyoti operatsiyalari hisobining vazifalari.
Quyidagilar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo’lib hisoblanadi:
1. Pul mablag’larini bank muassasalarida but saqlanishi ustidan nazorat o’rnatish;
2. Hisob-kitoblarni o’z vaqtida, to’g’ri tuzilgan hujjatlar asosida amalga oshirilayotganligini nazorat qilish;
3. Hisob-kitobdagi pul mablag’larining harakatini sintetik va analitik hisobini buxgalteriya hisobida to’liq, o’z vaqtida aks ettirish;
4. Banklar tomonidan pul mablag’laridan foydalanish limitlarini to’g’ri o’rnatilganligini nazorat qilish;
5. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini belgilangan muddatlarda inventarizatsiyasini o’tkazish va uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish;
6. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad va ortiqchalik summalarini tahlil qilish, aybdorlarini aniqlash va bunday kamchiliklar bo’lishini oldini olish chora-tadbirlarini ko’rish;
7. Hisob-kitob schyotidagi pul oqimlarini nazorat qilish va ularning harakatini tartibga solish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ma’lumotlar tayyorlab berish;
Bank ko’chirmasi, unga ishlov berish va hisob-kitob schyoti operatsiyalarini sintetik hisobi. Xizmat ko’rsatuvchi bank har kuni yoki korxona bilan kelishilgan (3-5 kun) muddatlarda hisob-kitob operatsiyalaridan 12-shaklda keltirilgan bank operatsiyalaridan ko’chirma beradi. Ko’chirma bank uchun passiv ekanini e’tiborda tutish zarur, binobarin, bank buxgalteriyasida pulning korxona hisob-kitob schyotiga kelib tushishi schyotning krediti bo’yicha, hisobdan chiqarish esa uning debetida aks ettiriladi. Korxonalarda esa aksincha, hisob-kitob schyoti aktiv hisoblanadi, shuning uchun pul mablag’larining hisob-kitob schyotida ko’payishi schyotning debeti bo’yicha, kamayishi esa krediti bo’yicha aks ettiriladi. Shuning uchun, bank ko’chirmasining kredit ustunida keltirilgan xo’jalik muomalalari, korxona hisob-kitob schyotiga pul mablag’larini kirim qilinishini, debet ustunida keltirilgan xo’jalik muomalalari esa korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag’larini sarflanishini bildiradi, 2.1-jadval. Bank ko’chirmasi korxona buxgalteriyasida sinchiklab tekshiriladi. Xatoliklar aniqlanganda tegishli tuzatishlar kiritilib, bu haqida bank muassasiga xabar beriladi.
Pul mablag’larini hisob-kitob schyotiga kelishi va chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan muomalalarni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobida balansga nisbatan aktiv bo’lgan 5110-«Hisob-kitob schyoti» nomli sintetik schyotdan foydalaniladi. Uning debet tomonida pul mablag’larining tushumi, kreditida esa pul mablag’larining sarfi ko’rsatiladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling