15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
15-00

 
To‘yinish rejimida har ikkala o‘tish ham to‘g‘ri yo‘nalishda siljiydi, 
natijada o‘tishlar zaryad tashuvchilar bilan to‘yinib, o‘tishning qarshiligi kamayib 
ketadi, natijada chiqish tokini kirish toki orqali boshqarish mumkin bo‘lmay 
qoladi. Bu rejimda tranzistordan kuchaytruvchi element sifatida foydalanib 
bo‘lmaydi, lekin uni elektron kalit sifatida ishlatish mumkin. 
Invers rejimda aktiv rejimga teskari rejim bo‘lib, mantiqan olib 
qaralganda aktiv rejimga nisbatan teskari yo‘nalishdagi tokni kuchaytirishi 
mumkin. Lekin ayrim konstruksion jihatlar va ularning keltirib chiqaruvchi 
oqibatlari bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shulardan biri emitter o‘tishning kollektor 
o‘tishga nisbatan kesim yuzasining kichikligidir. Bu o‘z navbatida emitter toki 
kollektor o‘tishdagidan kam bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun invers rejim 
amalda ishlatilmaydi. 
Yopiq rejimda ikkala o‘tishlar ham teskari kuchlanish ostida bo‘ladi. 
Chiqish toki har doim nolga teng bo‘lgani uchun tranzistorning bu rejimidan faqat
o‘chirish kaliti sifatida foydalanish mumkin.
Qayd etilgan rejimlarning ichida aktiv rejim eng katta axamiyatga ega. Shu 
rejimda tranzistorlar kuchaytirgich va generatorlarning asosiy elementi sifatid 
ishlatilib, elektrovakuum lampalarni o‘rnini butunlay egalladi.
Tiristorlar. Tiristorlar to‘rtta yoki beshta yarim o‘tkazgichli qatlamdan 
iborat, ikkita (ochiq va yopiq) mustahkam holatga ega elektron qurilma bo‘lib, 
ular avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlatiladi. Tiristorlar ma’lum jihat- lariga 
ko‘ra tranzistorga o‘xshab ketadi. Tiristorning ikkita asosiy xususiyati mavjud: 
birinchisi uning ochiq holatdagi qarshiligi juda kichik (0,01 Om gacha), yopiq 
holatdagi qarshiligi esa juda katta (o‘nlab million Om gacha); ikkinchi xususiyati u 
ochiq holatdan yopiq holatga (va aksincha) juda kuchsiz signallar tasirida ham 
o‘tishi mumkin. Aynan shu xususiyatlari tufayli tiristorlar boshqaruv tizimlarida
juda keng qo‘llaniladi.
Tiristorlar o‘tgan asrning 50-yillari oxirida paydo bo‘lgan. Barcha yarim 
o‘tkazgich qurilmalar singari ular ham massa va o‘lchamlarining kichikligi, ishlash 
muddatining ko‘pligi, foydali ish koeffitsientining yuqoriligi, mexanik va tashqi 


maydon ta’sirlariga bardoshliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek tiristorlar boshqa 
elektron qurilmalardan farqli ravishda juda katta toklarda (yuzlab Ampergacha) 
ishlashi mumkin. Shuningdek u to‘g‘ri yo‘nalishda juda kichik va teskari 
yo‘nalishda juda katta kuchlanishlarda ishlashi mumkin.
dinistor trinistor 
14.15-rasm. Tiristorning umumiy tuzilishi

Tiristorni umumiy tuzilishi 15–rasmda keltirilgan. Tranzistordan farqli 
ravishdv tiristorlarda uchta o‘tish mavjud (rasmdagi P1, P2 va P3 o‘tishlar). 
Amalda tiristorlarning dinistor, yopiluvchi tiristor va simistor kabi turlari keng 
ishlatiladi.
 
Agar tiristorda boshqariluvchi elektrodi bo‘lmay, faqat anod va katoddan 
iborat bo‘lsa, bunday qurilma dinistor deb ataladi. p-n-p-n yoki n-p-n-p 
strukturali ikki elektrodli yarim o‘tkazgichli qurilmadir. Elektrodlar dioddagi 
singari “anod” va “katod” deb ataladi. Uni diodli tiristor deb ham ataladi. 
Dinistorlarning teshilish kuchlanishi kichik bo‘lib, aksariyat dinistorlar uchun 30 V 
dan oshmaydi. Tok kuchining uzluksiz rejimdagi masimal qiymati 2A, impulsli 
rejimdagi maksimal qiymati esa 10 A. Ishchi kuchlanishi 10 V dan 200 V gacha 
bo‘lishi mumkin. 
Dinistor elektron sxemalarda kalit sifatida ishlatiladi, bunda uning ma’lum 
kuchlanishda (dinistor turiga qarab) ochilishi va ma’lum tok kuchida yopilish 
xususiyatidan foydalaniladi. Shu xususiyatlari asosida ular quvvat rostlash 
sxemalarida va impulsli generatorlarda keng qo‘llaniladi. Masalan 16-rasmda 
dinistor yordamida tuzilgan arrasimon signal generatorining eng sodda sxemasi 
keltirilgan. 
БЭ 
БЭ 
БЭ 
динисторни 
шартли 
белгиси 
тринисторни
шартли белгиси 


14.
16-rasm. Dinistorli generator va uning chiqish signali.
Sxema kirishiga VD dinistorning ochilish kuchlanishi 
U
och 
dan bir necha 
marta katta bo‘lgan 
U
kir 
kuchlanishi beriladi, natijada kondensator zaryadlana 
boshlaydi (arrasimon impulsning o‘sish fronti-zaryad). Kondensatordagi 
kuchlanish dinistorning ochilish kuchlanishiga yetganda dinistor ochiladi va 
kondensator juda qisqa muddat ichida razryadlanadi (arrasimon impulsning so‘nish 
fronti-razryad). Bu jarayonning davriy takrorlanishidan arrasimon impulslar 
ketma-ketligi hosil bo‘ladi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling