15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
15-00

2. 
Yarim o‘tkazgichli diodlar 
р 

р 



r va n tip o‘tkazuvchanliklarning kontaktidan yarim o‘tkazgichli diod hosil 
bo‘ladi 10-a rasm. r sohada asosiy zaryad tashuvchilar, musbat zaryadli kovaklar 
bo‘lgani uchun diodning r-tip o‘tkazuvchanlikka ega qismi anodga to‘g‘ri keladi. n 
tip o‘tkazuvchanlikka ega soha esa katodga to‘g‘ri keladi. Diodning shartli belgisi 
uchburchakli strelka ko‘rinishida bo‘lib, strelkaning uchi elektronlar harakatining 
yo‘nalishini ko‘rsatadi, 10- b rasm. Amaliyotda keng tarqalgan D226B markali 
diodning tashqi ko‘rinishi 10- v rasmda ko‘rsatilgan. Aksariyat hollarda diodning 
ingichka tomoni anod bo‘ladi, ayrim diodlarda tokning musbat yo‘nalishi strelka 
bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi 10-v rasm.
a b v g 
a b 
14.10- rasm. Yarim o‘tkazgichli diodning strukturasi (a), shartli belgisi (b),
D226B diodining umumiy ko‘rinishi (v) va diodlarda qutblarning belgilanishi. 
Diodning asosiy xrakteristikalari r- 
n o‘tishning xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Vakuumli dioddagi singari, yarim o‘tkazgichli diodlarda ham 
voltamper xarakteristika (VAX) asosiy rol o‘ynaydi. Umumiy holda yarim 
o‘tkazgichli diodlar uchun VAX 11-a rasmda ko‘rsatilgan. Vakuumli dioddan 
farqli o‘laroq bu yerda kuchlanishning ortishi bilan tok kuchining ortishi 
jadallashib boradi va to‘yinish toki kuzatilmaydi.
a b 
14.
11-rasm. Yarim o‘tkazgichli diodning voltamper xarakteristikasi (a) 
p-n ўтиш 
I
тўғри
(мА) 
I
тескари
(мА) 
I
тескари
(мА) 
U
тўғри
(В) 
U
тескари
(В) 


va diodning ventil xususiyatini tekshirish (b). 
Germaniy yarim o‘tkazgichlari asosida yasalgan diodlarda p-n o‘tish 0,1-
0,2 V kuchlanishdan boshlab ochiladi va to‘g‘ri yo‘nalishda dioddan tok o‘ta 
boshlaydi. Kuchlanishning 0,5-1,0 V oralig‘ida kuchlanishning ortishi bilan tok 
kuchi chiziqli ortib borad (11 –a rasmdagi ab oraliq). Bu soha diodlar voltamper 
xarakteristikaning chiziqli qismi deb ataladi. VAX chiziqli qismining qiyaligi p-n
strukturaning xususiyatlari bilan aniqlanadi. Kuchlanish 1V dan oshgandan so‘ng 
tok keskin orta boshlaydi. Tok kuchining ortib ketishi kristall panjarada 
molekulaning energiyasi ortib ketishiga va kristall strukturaning buzilishiga olib 
kelishi mumkin. Shuning uchun yarim o‘tkazgichli diodlarda kuchlanish bo‘yicha 
chegara mavjud.
Kremniy asosidagi yarim o‘tkazgichli diodlarda esa VAX ning chiziqli qismi 
0,5-0,6 V kuchlanishdan boshlanib, 1,5 V dan keyin tokning keskin ortishi 
boshlanadi. VAX ning chiziqli qismi 0,5-1,5 V oralig‘ida kuzatiladi.
Diodning ventil xususiyatini VAX dan ham ko‘rish mumkin. p-n o‘tishga 
teskari kuchlanish qo‘yilganda, teskari yo‘nalishdagi tok kuchi kuchlanshning 
ortishi bilan deyarli o‘zgarmaydi. Agar to‘g‘ri yo‘nalishda tokning keskin ortishi 
1V kuchlanishdan keyin boshlansa, teskari yo‘nalishda 100 V kuchlanishda ham 
tok kuchi deyarli o‘zgarmaydi (8.19-a rasmdagi v nuqta). VAX orqali, diodning 
to‘g‘ri va teskari yo‘nalishdagi qarshiliklarini ( xarakteristikaning a va v nutalari) 
aniqlasak:
R
diod
(to‘g‘ri) =0,5 V/50 mA=10 Om; R
diod
(teskari) =100 V/0,3 mA=330 kOm

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling