Yarim o‘tkazgichlarda elektr toki. Elektr o‘tkazuvchanlik tushunchasi
o‘ta nisbiy bo‘lib, moddalarni aniq chegara bilan o‘tkazgich va dielektriklarga
bo‘lib bo‘lmaydi. Buning ustiga moddalarning o‘tkazuvchanlik xususiyatlari tashqi
muxit ta’siriga ham kuchli bog‘liq. Ayniqsa bu yarim o‘tkazgichlarda kuchli
namoyon bo‘ladi. Qayd etilganidek, yarim o‘tkazgichlar elektr tokini metallarga
nisbatan yomonroq, dielektriklarga nisbatan esa yaxshiroq o‘tkazadi. Ularning
o‘tkazuvchanligi tempertura ortishi bilan yoki yorug‘lik ta’sirida ortishi mumkin.
Temperatura ortishi bilan valentli elektronning kinetik energiyasi ortadi, natijada
uning energiyasi atomni tark etishga yetarli bo‘lib qoladi va erkin elektronga
aylanadi. Masalan kremniyda tashqi qobiqda 4 ta elektron mavjud bo‘lib (5-a
rasm) tashqi ta’sir natijasida bu elektronlardan biri o‘z qobig‘ini tark etib, erkin
elektronga ylanishi mumkin 5 -b rsm. Endi kremniyga tashqi elektr maydon ta’sir
qilsa, elektron bu maydon ta’sirida harakatlanadi, ya’ni kremniy elektr tokini
o‘tkaza boshlaydi. Lekin bunday erkin elektronlarning konsentratsiyasi juda kam.
Tajriba natijalariga ko‘ra 300°K da konsentratsiya 10
17
m
-3
bo‘lib, temperatura
700°K ga yetganda konsentratsiya 10
24
m
-3
gacha yetadi. Lekin shunda ham, bu
ko‘rsatkich metallardagi erkin elektronlar konyentratsiyasidan minglab marta kam.
a b
14.
5 –rasm. Kremniyda erkin elektronlar hosil bo‘lishi.
Bunday o‘tkazuvchanlik boshqa yarim o‘tkazgich moddalarda ham
kuzatiladi. Sof yarim o‘tkazgichlardagi bu elektr o‘tkazuvchanlik yarim
o‘tkazgichning xususiy o‘tkazuvchanligi deb yuritiladi.
Atomdagi elektron o‘z o‘rnini tashlab kristal bo‘ylab erkin harakatlanuvchi
elektronga aylanganda, uning joyi bo‘sh qoladi. Bu joy teshik deb ataladi.
Elektronlar kristall bo‘ylab harakatlangani singari, teshiklar ham kristall bo‘lab,
elektron harakatiga teskari tomonga qarab harakatlanadi. Ya’ni, teshikka boshqa
elektron kelib tushishi natijasida teshik elektron kelgan tomonga qarab siljiydi.
Demak yarim o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi elektron va teshik
o‘tkazuvchanliklardan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |