15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
15-00

Donor aralashmalar. Donor so‘zi lotincha 
"donare" so‘zidan olingan 
bo‘lib, bermoq, hadya etmoq ma’nolarini bildiradi. Xuddi meditsinadagi donor 
so‘zi kabi. Bu yerda ham, donor so‘zi shu ma’noda keladi, ya’ni aralashma sifatida 


ishlatilayotgan modda, asosiy yarim o‘tkazgich moddaga o‘zining elektronini 
hadya qiladi. 
 Yarim o‘tkazgichlar asosan davriy sistemaning IV gurux elementlari 
hisoblanadi. Ularga V guruxz elementlarini qo‘shish yo‘li bilan donorli aralashma 
hosil qilinadi. Masalan Si kremniyga, juda kam miqdorda biror aralashma, masalan 
As mishyak qo‘shiladi. Mishyak davriy sistemaning V guruhida joylashgan va 
tashqi qobig‘ida 5 ta elektron mavjud. Bu elektronlarning 4 tasi, qo‘shni kremniy 
atomining tashqi qobig‘idagi 4 ta elektronlar bilan kovalent bog‘lanishlar hosil 
qiladi, 8.11-a rasm. Natijada, mishyakning bitta elektroni kovalent bog‘lanishlarda 
qatnashmay, atomga kuchsiz bog‘langan bo‘lib qoladi. Ozgina tashqi ta’sir, 
masalan issiqlik tebranishlari natijasida bu elektron erkin elektronga aylanib, 
butun kristall bo‘ylab siljishi mumkin. Aralashma sifatida kiritilgan atom esa 
o‘zining bitta elektronini yo‘qotib musbat zaryadlangan ionga aylanib qoladi. Bu 
atom kristall panjaradan keta olmaydi, faqatgina tebranma harakatda qatnashadi. 
Shuning uchun bunday aralashma elektron 
 o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib qoladi va n tip o‘tkazuvchanlik (elektronga 
ishora) deb yuritiladi. 
a b 
14.6-rasm. Donorli aralashmalar. 
a-kremniyga mishyak qo‘shilgan, b-germaniyga mishyak qo‘shilgan. 
Shunday aralashmani germaniyga mishyak qo‘shib shuningdek, germaniy 
yoki kremniyga Sb surma yoki R fosforni qo‘shib ham hosil qilish mumkin (6-b 
rasm).Aralashmada asosiy element atomlariga nisbatan donor atomlari juda oz 
miqdorni (10

-10

ta asosiy atomga 1 ta donor atomi to‘g‘ri keladi) tashkil qiladi, 
shuning uchun asosiy elementning kristall panjarasi buzilmaydi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak donor aralashmalar shunday xususiyatga 
egaki,shunday aralashmaki, uning atomi kristall panjaraga joylashib olib, asosiy 
element atomi energetik sathining taqiqlangan zonasida elektron hosil qiladi 7-
Эркин электрон 


rasm. Atomning uyg‘ongan holatida bu elektron o‘tkazuvchanlik zonasiga 
osongina o‘ta oladi. Chunki ΔW

– o‘tkazuvchanlik zonasi quyi sathi energiyasi 
bilan donor elektron sathi energiyasi farqi, ΔW
Z
taqiqlangan zona kengligidan juda 
kichik. Donor aralashmalarda bu asosiy element va donor element turlariga qarab 
ΔW
D
= 0,01-0,07 eV oralig‘ida bo‘ladi. Donor aralashmali atomning energetik 
diagrammasi 7-rasmda keltirilgan
14.7-rasm. 
n tip o‘tkazuvchanlikning energetik diagrammasi 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling