15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
15-00

Akseptor aralashmalar. Akseptor so‘zi lotincha “
acceptor” so‘zidan 
olingan bo‘lib, qabul qiluvchi ma’nosini beradi. Donor aralashmaga teskari 
o‘laroq, bu yerda aralashma sifatida ishlatilgan modda, asosiy moddadan elektron 
qabul qilib oladi.
Agar, yarim o‘tkazgichlarga davriy sistemaning III gurux elementlaridan 
aralashma sifatida kiritilsa, donorli aralashmada bo‘lgan jarayonga teskari jarayon 
sodir bo‘ladi. Masalan, Si kremniyga III guruxdan alyumin Al elementini 
aralashma sifatida kiritamiz. Bunda ham, aralashmaning miqdori aosiy elementga 
nisbatan juda kam miqdorda bo‘ladi. Alyuminning tashqi qobig‘ida 3 ta elektroni 
bor, bu elektronlar atrofdagi uchta kremniy atomi elektronlari bilan kovalent 
bog‘lanishlar hosil qiladi. Shunda kremniyning bitta elektroni kovalent 
bog‘lanishda qatnashmay qoladi 8-a rasm. Ya’ni alyumin atomi kovalent 
bog‘lanishlari to‘lmay qoladi Kovalent bog‘lanish hosil qilish uchun alyumin 
atomi qo‘shni kremniy atomidan bitta elektronni tortib oladi. Natijada o‘zi manfiy 
zaryadlangan ionga aylanib qoladi. O‘z elektronini aralashma atomiga boy berib 
qo‘ygan qo‘shni kremniy atomi esa, musbat zaryadlanib qoladi. Chunki bu 
kremniy atomida bitta elektronning joyi bo‘sh qoladi. Shu bo‘sh qolgan joy
“kovak” deb ataladi (ayrim adabiyotlarda kovak o‘tkazuvchanlik teshik 
o‘tkazuvchanlik deb ham yuritiladi). Endi bu kovak butun kristall bo‘ylab ko‘chib 
yurishi mumkin. Shuning uchun ham akseptor aralashmalar musbat, ya’ni kovak 
o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Kovak o‘tkazuvchanlikni r tip (protonga 
ishora) o‘tkazuvchanlik deyiladi. 
R-tipdagi o‘tkazuvchanlikning energetik diagrammasi 8 -b rasmda 
keltirilgan. Bu yerda ham ΔW

= 0,01-0,07 eV oralig‘ida bo‘lib, bu energiya 
Ўтказувчанлик
зонаси 
Валентли
зона 
Донор сатхи 


taqiqlangan zona kengligidan ancha kichik. Elektron valentli zonadan akseptorlar 
sathiga osongina o‘ta oladi. Akseptorli aralashamalarda akseptorlar sathi valentli 
zonadan kelgan elektronlar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, shuning uchun valentli 
zonada elektronlar uchun bo‘sh joylar “kovaklar” mavjud. 
14.8-rasm. Akseptor aralashma hosil qilish (a) va r-tip o‘tkazuvchanlikning 
energetik diagrammasi (b)


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling