Mavzu: Indikator-nutromer bilan detallarning ichki diametrlarini aniqlash Ishdan maqsad
Download 349.38 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning mazmuni
- Ishni bajarish tartibi
- 1-topshiriq
- 2-topshiriq
4-laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Indikator-nutromer bilan detallarning ichki diametrlarini aniqlash Ishdan maqsad: Indikator-nutromerning tuzilishi bilan tanishish va u bilan ishlashda amaliy ko’nikmalar hosil qilish. Ishning mazmuni: Indikator-nutromerni metrologik tavsiflarini aniqlash. Detaldagi teshiklar o’chamini, shakl og’ishlarini o’lchash va uning yaroqligi to’g’risida xulosa chiqarish. Talabaga beriladi: nutromer, tugallangan uzunlik me’yorlar to’plami, me’yoriy hujjatlar va o’lchashga mo’ljallangan detallar. Ishni bajarish tartibi: Indikator-nutromerning metrologik tavsiflarini annqlang va ularning ko’rsatkichlarini hisobot shaklidagi 1-jadvalga kiriting. Detaldagi teshik o’lchamini indikator-nutromer bilan o’lchang. Me’yoriy hujjatdan berilgan detal o’lchamining chegaraviy va yuza shakl og’ishlarini aniqlang. Ularning qiymatlarini hisobot shaklidagi 2-jadval-ga kiriting. Teshik o’chamini indikator-nutromer bilan o’lchash uchun nutromer korpusining (1) yuqori qismiga indikator (2) o’rnatilgan bo’lib uning katta strelkasi bir to’liq aylanguncha konus ichiga siljitib gayka yordamida qotiriladi. Nutromerning o’lchov kallagi teshigiga nominal o’lcham bo’yicha tanlangan almashuvchan o’lchov ichkuymasi (5) o’rnatiladi (7-rasm). Nutromer komplektida bir-biridan 10 mm farq qiladigan almashuvchan ichquymalar bor. Qirralik o’lchamlar uchun esa shaybalar mavjud. Bular nutromerning o’lchov kallagida kerakli o’lchamni hosil qilishga keng imkon yaratadi. Indikator-nutromerni nolga keltirish nominal o’lcham bo’yicha hisoblangan tugallangan o’lchov me’yor bloki yordamida amalga oshiriladi. Tugallangan o’lchov me’yor blokiga yonbag’irlar jipslashtirib maxsus ushlagichga (7) yig’iladi (8 - rasm). Nutromerning markazlashtiruvchi ko’prigini (8) qo’l bilan siqib, paski kallagini ushlagichda o’rnatilgan yonbag’irlar orasiga kiritiladi. So’ngra asbobni esa chayqatib katta strelkaning chekka holati topiladi va shu holatga, halqani aylantirib shkala bo’yicha nol keltiriladi. So’ngra indikator ushlagichdan chiqarilib o’lchashga kirishiladi. Teshik diametri o’qda-perpendikulyar bo’lgan uch 1-1; 2-2 va 3-3 kesim, va har bir kesim o’zaro perpendikulyar 1-1; 2-2 yo’nalishlar bo’yicha o’lchanadi. Nutromer teshikka kiritiladi va uni esa chayqatib teshik diametriga mos keladigan eng kam ko’rsatkich topiladi. Bu ko’rsatkich o’lchamning o’rnatilgan me’yoridan qanchaga oshishini bildiradi. Indikator-nutromerlar bilan ishlayotganda o’lchamning kattalashuvi indikator strelkasini soat strelkasiga qarshi (musbat og’ish) o’lchamning kamayishi esa soat strelkasi bo’ylab (manfiy og’ish) siljishiga olib keladi. Haqiqiy o’lcham asbob ku’rsatgan qiymat bilan tugallangan o’lchov me’yor bloki o’lchamining algebraik yigindisiga teng. Hisob natijalarini hisobot jadvaliga kiriting. Detalning haqiqiy o’chamini, ko’ndalang va bo’ylama kesim bo’yicha shakl og’ishlarini aniqlash va ularni me’yoriy hujjatdagi ko’rsatkichlar bilan solishtirib detalning yaroqligi to’grisida xulosa qiling. Asbobning metrologik tavsiflarni aniqlang Nazorat savollari: 1. Nisbiy o’lchov uslubi deb nimaga aytiladi? 2. Nutromerning metrologik ko’rsatkichlariga nimalar kiradi? 3. Indikator-nutromerning tuzilishi. 4. Nutromer qanday qilib nolga va o’lchamga o’rnatiladi? Hisobot shakli 1-topshiriq 1-jadval asbobning nomi asbobning bo’lim miqdori aylanishlar ko’rsatkichi o’lchov chegaralari ruhsat etilgan hatolik O’lchov uslubi nutrometr indikator 2-topshiriq Teshikning diametrini o’lchash va uning yaroqligini to’g’risida ma’lumot 2-jadval Nominal o’lcham Og’ish, mm Chegaraviy o’lchamlar кбэ EC El d max d min tugallangan uzunlik me’yoriy blokning o’lchami kesim Og’ish mm Ovallik mm K, B E mm 1-1 2-2 1-1 2-2 d max d min 1 2 3 Detalni yaroqligi to’g’risidagi hulosa bajardi tekshirdi ismi-sharifi imzo sana Indikator nutrometr bilan detal o’lchamlarini o’lchash ов Download 349.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling