Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari ishning maqsadi


Download 19.71 Kb.
Sana28.06.2020
Hajmi19.71 Kb.
#122097
Bog'liq
3 labaratorya4


3-LABAROTORIYA ISHI

3-LABORATORIYA ISH. TOKARLIK YARIM AVTOMATLARI VA AVTOMATLARI

Ishning maqsadi: Stanokka oid texnik ma'lumotlar bilan tanishish

Asbob —uskanalar: Tokarlik stanogi bilan uning kinematik sxemasi, tuzulish rasmi, shtangensirkul, nutromer, har-xil chizg’ichlar.

Stanok haqida umumiy ma’lumotlar








SHunday stanoklar avtomatlar deb ataladiki, ularda rostlab bo’lingandan keyin detal ishlash sikli bilan bog’li bo’lgan barcha harakatlar, shuningdek, zagotovka joylash bilan ishlov berib bo’lingan detalni chiqarish ishlari ishchining ishtirokisizbajariladi. Yarimavtomatlarda yangi zagotovkani o’rnatish bilan tayyor detalni olish ishlarini ishchi bajaradi. Tokarlik avtomatlari bilan yarimavtomatlari universal bilan ixtisoslashtirilgan, gorizontal bilan vertikal, bir shpindelli bilan ko’p shpindelli bo’lishi mumkin. Chiviq ishlaydigan bir shpindelli tokarlik avtomatlari bo’ylama-shakldor yo’nish avtomatlariga (bu avtomatlar uzunligining diametriga nisbati katta bo’lgan detallar ishlash uchun xizmat qiladi) bilan tokarlik-revolver avtomatlariga bo’linadi. Bir shpindelli universal tokarlik-revolver avtomatlarida olti pozidiyalk revolver golovka bilan ko’ndalang supportlar bo'ladi. Ko’plab detallar ishlab chiqarish korxonalarida ko’p shpindelli tokarlik avtomatlari keng ko’lamda ishlatiladi. Tipajda ko’p shpindelli bir qancha gorizontal avtomatlar ishlab chiqarish ko’zda tutilganki, ularda ishlanadigan chiviqning eng katta diametri 16—200 mm bo’ladi. Bo’ylama bilan ko’ndalang supportlar yuritmasi zanjirida (masalan, 1A240 avtomatida) supportlarning yo’lini kulachoklarni almashtirmay turib bir qadar chegarada rostlashga imkosh beruvchi richagli mexanizmlar kiritilgan. Bir qator ko’p shpindelli tokarlik avtomatlari bilan yarim-avtomatlari rostlashda taqsimlash valini xarakatga keltirish uchun kichikroq quvbilantli elektrik dvigatelb bilan ta'minlangan, bu esa stanokni rostlash ishini ancha osonlashtiradi. Ko’p shpindelli ba'zi avtomatlarda ishlov berish vaqtida. spindel blokini tayanch yuzaga qo’shimcha siqish mexanizmy bor.Tokarlik avtomatlari, odatda, ko’p asbobli stanoklardir Shpindellarining soniga qarab ular bir shpindelli va ko’p shpindelli avtomatlarga, shpindellarining joylashuviga ko’ra — gorizontal va vertikal avtomatlarga, vazifasiga ko’ra esa — universal va ixtisoslishtirilgan avtomatlarga bo’linadi. Bir shpindelli tokarlik yarimavtomatlarini shartli ravishda ko’p keskichli (markazli bilan patronli) stanoklarga hamda kopirlash stanoklariga bo’lish mumkin. Markazli stanoklarda uzunligi diametridan bir necha marta katta bo’lgan  zagotovkalar markazlar orasiga o’rnatilib ishlanadi. Patronli stanoklarda, asosan, katta diametrli qisqa zagotovkalar ishlanadi. Magazin qurilmasi bilan ta'minlangan bir shpindelli yarim-avtomatlarga aylanadi. 3- rasmda bir vaqtning o’zida bir necha keskich yordamida pog’onali val ishlash misoli ko’rsatilgan. Asbob bo’ylama bilan ko’ndalang supportlarga o’rnatilgan (ish vaqtidagi harakatlar strelkalar bilan belgilangan).Kopirlash tokarlik yarimavtomatlari murakkab shaklli detallar ishlash uchun xizmat qiladi. Detallarga bunday stanoklarda bir yoki bir necha keskich bilan ishlov beriladi. Keskich kopirning yoki etalon detalning profiliga mos ravishda bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishlarda siljiydi. Kopirlash yarimavtomatlarida ko’p keskichli stanoklardagiga qaraganda ancha katta kesish tezliklarida ishlash mumkin. Ko’p shpindelli avtomatlar bilan yarimavtomatlar ishlash prinsipi jihatidan parallel va ketmaket ishlaydigan avtomatlar (yarimavtomatlar) ga bo’linadi.

 

 



Nazorat savollari:

1 .YArimavtomatlarga qanday stanoklar kiradi?

2.Ularning vazifasining tushuntirib bering?

3.Avtomat stanoklarga qanday stanoklar kiradi?



4. YArimavtomat bilan avtomat stanoklar bir-biridan qanday farklanadi?

5.Ko’p keskich bilan ishlash sxemasini tushuntiring?
Download 19.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling