15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
15-00

Kuchaytirgichlar 
Aksariyat hollarda elektr signallarini kuchaytirish zaruriyati tug‘iladi. 
Masalan, antennada qabul qilingan yuqori chastotali kuchsiz toklar 
kuchaytrgichlar yordamida kuchytirilib undan ovoz va tasvirlar ajratib olinadi, 
yoki, mikrofondagi tovush to‘lqinlaridan hosil bo‘lgan elektr signali kuchaytirilib, 
katta quvvatli ovoz signallariga aylantiriladi, telefon qurilmalarida kuchsiz 
signallar kuchaytirilib ovoz hosil qilinadi va hokazo. Xullas signalni kuchaytirish 
jarayoni radiotexnikaning asosiy masalalaridan biridir. Bunda kam quvvatli signal 
tok manbaining energiyasi hisobiga kuchatiriladi. Bu kuchaytirish jarayonini 
bajaruvchi qurilma kuchaytirgich deb ataladi.
Elektronika taraqqiyoti aslida ko‘p jihatdan signalllarni kuchaytirish 
qurilmalari taraqqiyotidan iborat desak xato bo‘lmaydi. Chunki signallarni 
kuchaytirishga bo‘lgan ehtiyoj (dastlab telegraf signallari, keyinchalik simli telefon 
aloqalar, radioaloqalar, televidenie, radiolkatsiya va boshqalar) avval lampalarni 
yaratilishiga sabab bo‘ldi, keyin yarim o‘tkazgmchli tranzistorlar, so‘ngra 
mikrosxemalar asosidagi operatsion kuchaytirgichlar yaratildi.
Elektron qurilmalarning massa va o‘lchamlariga, quvvat iste’moliga, 
tezkorligiga, sezgirligiga, ishlash sharoitlarining daxlsizligiga bo‘lgan talablar o‘z 
navbatida kuchaytirgichlarga ham tegishlidir. Shuning uchun, kuchaytirgich 
qurilmalari ham elektronika sanoatining tarkibiy qismi sifatida tezkor suratlar bilan 
rivojlanib bomoqda.
Elektronika sanoati texnologiyalari taraqqiyotidan tashqari, yana shu narsa 
ham muhimki, zamonaviy, yuqori texnologiyali mikrosxemalar va integral 
sxemalar ishlab chiqarishda elektron qurilmalarning universalligini ta’minlash 
maxsulotni bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi (sotilish hajmini ko‘paytiradi). Shu 
jaxatdan ham kuchaytirgich sxemalar (va boshqa yana ko‘plab standart sxemalar) 


ko‘plab mikrosxema va integral sxemalar tarkibiga kiritiladi va bu shu 
mikrosxemaning qo‘llanilish sohasii kengaytiradi. 
Amalda operatsion kuchaytirgichlar keng ishlatiladi. Uning tarixiy avlodlari
esa lampalar asosidagi va tranzistorlar asosidagi elektron kuchaytirgichlardir. 
Radiotexnikada elektr signallarini kuchaytirishning fizikaviy jihatlari va sxematik 
asoslarini o‘rganishda lampali tranzistorli kuchaytirgichlarni o‘rganish muhim rol 
tutadi. 


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling