15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
15-00

Elektron kuchaytigichlar 
Elektron kuchaytirgichlarda uch elektrodli elektrovakuum lampa yoki 
tranzistor kuchaytiruvchi element sifatida ishlatiladi. Avvalgi bo‘limlarda 
lampalar, xususan triodlar elektron qurilmalarda kuchaytiruvchi element sifatida 
keng ishlatilishi aytilgan edi. O‘tgan asrning 70-80-yillarigacha lampali elektron 
qurilmalar (masalan radio va televizorlar) keng iste’molda bo‘lib keldi. Bu 
qurilmalarda elektrovakuum lampalar kuchaytirgich sifatida ishlatilgan.
Quyida lampalar asosida tuzilgan ikki kaskadli (ikkita lampali) elektron 
kuchaytirgichni ishlashini ko‘rib chiqamiz. Kuchaytirgich sxemasidagi boshqa 
elementlarning ishlashi va vazifalariga e’tibor bermagan holda, faqat lampadagi 
kuchayish jarayonini ko‘ramiz. Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan signal lampaning 
to‘riga beriladi, 8.11-rasm. Bunda kirish signali kam quvvatli past chastotali signal 
(masalan radioning yuqori chastotali filtridan o‘tgan ovoz signallariga mos elektr 
tebranishlar) bo‘lib, u L1 lampaning to‘riga beriladi (rasmda lampa to‘ri 5-
elektrod). Lampa anodidan chiqish signali olinadi, bu signal S3 sig‘im va K7 
qarshilik orqali keyingi, ikkinchi L2 lampa to‘riga (lampaning 5-elektrodi) beriladi. 
Bu lampada ham kuchayish jarayoni kechadi. Kuchaygan signal L2 lampa 
anodidan chiqib, transformator orqali ovoz qurilmasiga (dinamik) keladi va undan 
kuchaygan elektr signali akustik signal-ovoz ko‘rinishida tarqaladi.


15.11-rasm. Lampali ikki kaskadli kuchaytirgich. 
Izoh: 6S4S katta quvvatli triod past chastotali (ovoz diapazonidagi) signallarni 
kuchaytirishda ishlatiladi. Radio va televizorlarda past chastotali (ovoz) kuchaytirgich sifatida 
keng ishlatilgan. AQSh da u
6B4G
 nom ostida ishlab chiqarilgan. 

Keltirilgan sxemada L1 lampa sifatida 6S5S va L2 lampa sifatida 6S4S


lampalar qo‘llanilgan. Lampaning katod nakallari 6,3 V o‘zgarmas kuchlanish 
manbaidan tok bilan ta’minlangan. Anod zanjirida esa 30 o‘zgarms kuchlanish 
manbai mavjud. Demak kuchaytirgich 30 V kuchlanishli o‘zgarmas tok manbai 
energiyasidan foydalanib kuchaytirilgan signal hosil qiladi. Radiotexnikada buni 
o‘zgarmas tok manbai energiyasin kam quvvatli signalga uzatish deb aytiladi. 
Endi xuddi shunday kuchaytirish jarayonini yarim o‘tkazgichli tranzistorlar 
asosida ko‘rib chiqamiz. Avval qayd etilganidek lampa va tranzistorlarda mos 
elektrodlarining vazifalari ham o‘xshash. Lampada kuchaytirilishi kerak bo‘lgan 
signal lampa to‘rga berilsa, tranzistorda to‘r bazaga mos keladi. Kuchatirish 
rejimida ishlashi uchun tranzistorlar umumiy emitter sxemasida ulanadi. 
Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan signal S1 kondensator orqali tranzistorning bazasiga 
beriladi 8.12-rasm.  

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling