15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
15-00

Tekislovchi filtrlar. To‘g‘rilangan kuchlanishda pulsatsiyani tekislovchi 
filtrlar yordamida kamaytirish mumkin. Amalda tekislovchi filtr elementlari 
sifatida sig‘im va induktivlikdan foydalaniladi. Eng sodda filtr to‘g‘rilagich 
chiqishiga iste’molchi bilanparlel ulangan sig‘imdir 8.6- rasm. 
15.6- rasm. Sig‘imli filtr va unda kuchlanishning o‘zgarishi. 
Kondensator o‘zgarmas tok uchun juda katta qarshilikka ega, o‘zgaruvchan 
tokda esa qarshiligi tokning chastotasiga bog‘liq.. Kuchlanishning ortishi bilan 
kondensator zaryadlana boshlaydi, tashqi kuchlanish kondensator qoplamalari 
orasidagi kuchlanishdan kamayganda esa, kondensator razryadlanadi. Aynan shu 
xususiyati tufyli u tekislovchi filtr sifatida ishlatiladi.
Kondensator R

iste’molchii bilan paralel ulangan bo‘lsin. Kuchlanishning
¼ davrida, (t

- t

oraliq) kondensator zaryadlanadi. Shundan keyin t

- t

oraliqda 
manba kuchlanishi 0 gacha kamayishi kerak, lekin bu paytda kondensator R

iste’molchi orqali razryadlanadi va kuchlanishning 0 gacha kamayib ketishishiga
yo‘l qo‘ymaydi. O‘zgaruvchan kuchlanishning navbvtdvgi musbat pulsatsiyasi 
kelgan paytdan boshlab kondensator yana zaryadlanadi. Bu zaryad razryad sikli 
xuddi o‘zgaruvchan kuchlanish davri singari takrorlanadi.
15.7
- rasm. Induktiv elementli filtr va kuchlanish pulsining o‘zgarishi. 
Agar bir yarim davrli to‘g‘rilagichning chiqishiga R

iste’molchi bilan 
paralel qilib induktiv element ulansa, iste’molchidagi kuchlanish pulsining 
ko‘rinishi o‘zgaradi. Ya’ni kuchlanishning amplitudasi kamayib pulsning 
davomiylik davri ortadi. Bunda pulsning o‘sish fronti cho‘ziladi. Bu 
induktivlikdagi o‘zinduksiya e.yu.k. blan tushuntiriladi. G‘altakdagi o‘zinduksiya 
dastlab manba tokini kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, kuchlanish kamayishida esa 
aksincha ta’sir ko‘rsatadi.


Amalda induktiv filtrning o‘zi ishlatilmaydi, uni sig‘im filtr bilan turli 
sxemalarda ulanishidan samarali filtrlar hosil qilish mumkin. Amalda ko‘proq G 
simon va P simon filtrlar keng ishlatiladi 7- rasm. 
15.8- rasm. P simon va G simon tekislovchi filtrlar. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling