15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
15-00
2. Invertorlar Invertor to‘g‘rilagichga teskari qurilma bo‘lib, o‘zgarmas elektr tokini o‘zgaruvchan elektr tokiga aylantiradi. Bunda o‘zgaruvchan elektr toki sinusoidal, yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Amalda asosan 50 Gs schastotali sinusoidal o‘zgaruvchan tok hosil qiluvchi invertorlar keng ishlatiladi. Invertorlar aloxida qurilma sifatida yoki muqobil energiya manbalarining tarkibiy qismi sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, quyosh panellaridan foydalanganimizda, paneldan chiqqan 12 V kuchlanishli o‘zgarmas elektr toki invertorda 220 V kuchlanishli sinusoidal o‘zgaruvchan tokka aylantirib beradi. Yoki, 12 V kuchlanishli oddiy akkumulator orqali 220 V kuchlanishda ishlovchi yoritish lampasini yoqish kerak bo‘lsin. Albatta u 12 V kuchlanishda yonmaydi, bu kuchlanishni 220 V o‘zgaruvchan tokkka aylantirib keyin lampaga ulanadi 8-rasm. Inverorlar dastlab elektr qurilmalarini zahira tok manbalari bilan (akkumulatorlar orqali) ta’minlash maqsadlarida ishlatilgan bo‘lsa, muqobil energiya manbalarining taraqqiyoti ularni keng iste’molga olib kirdi. Ayniqsa quyosh energiyasidan foydalanishda invertorning o‘rni va axamiyati juda muxim. 15 .9-rasm. Invertorning qo‘llanilishi. Bugungi kunda yuzlab Amper tok kuchida ishlovchi yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar katta quvvatli invertorlarni yaratish imkoniyatlarini bermoqda va ular quyosh elektr stansiyalarida ishlatilmoqda. Invertorning tuzilishi va ishlash prinsipi bugungi un raqamli texnikasi nuqtai-nazaridan juda sodda. Buning uchun dastlab o‘zgarmas tokdan ma’lum chastotada to‘g‘ri burchakli kuchlanish impulslari kesib a b v 15.10-rasm. Invertorda sinusoidal kuchlanishning hosil bo‘lishi . olinadi. Keyin bu impulslar ma’lum qonuniyat bilan tegishli invertorlash sxemasidan o‘tkaziladi va musbat hamda manfiy impulslar hosil bo‘ladi (8.10- a rasm). Maxsus differensial qurilmalar orqali bu to‘g‘ri burchakli impulslar pog‘onasmin ko‘rinishda o‘sib boruvchi impulslar ketma-ketligiga aylantiriladi 8.10- b rasm. Diqqerensiallash qadamining aniqligi impulslarni sinusoidal formaga yaqinligini belgilaydi. Amalda invertorlar aynan hosil bo‘lgan kuchlanishining sinusoidaga qanchalik yaqinligi bilan baholanadi. Invertorlarning quyidagi turlari sanoatda keng ishlab chiqariladi: Invertor 12V 1000Vt TS-1000-212; Invertor 12V 1500Vt TN-1500-212V; Invertor 12V 3000Vt TN-3000-212B; Invertor 24V 3000Vt TN-3000-224B; Invertor 48V 3000Vt TN-3000-248B, Bunda 12V, 24V, 48V ivertor kirishidagi o‘zgarmas kuchlanish, keyingi raqamlar invertorning quvvatini va ishlab chiqarilish shartli belgilarini bildiradi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling