1. Himoya zanjirida operativ tok manbalari O‘zgarmas operativ tok Operativ o‘zgaruvchan tok Himoya zanjirida operativ tok manbalari


Download 128.16 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi128.16 Kb.
#1288425
  1   2
Bog'liq
20.1Himoya zanjirida operativ tok manbalari, vazifasi, turlari, sxemalari. Ximoyalarning turlari.


Himoya zanjirida operativ tok manbalari, vazifasi, turlari, sxemalari. Himoyalarning turlari.
Reja:
1. Himoya zanjirida operativ tok manbalari
2. O‘zgarmas operativ tok
3. Operativ o‘zgaruvchan tok


Himoya zanjirida operativ tok manbalari

Operativ tok deb o‘chirgichni masofali boshqarishni ta’minlovchi zanjirni, rele himoyasini operativ zanjirini, avtomatika, telemexanika va axborotlarni qabul qiladigan uskunalarni ta’minlaydigan tokka aytiladi.


Operativ zanjirlar himoya elementlarini, shikastlangan liniya va qurilmalarni, o‘chiradigan uskunalarni tok bilan ta’minlashi juda muhimdir. SHuning uchun operativ tokka qator haqli va muhim talablar qo‘yiladi.
Nimstansiyalarda operativ tokning quyidagi manbalari ishlatiladi:
- Akkumlyator batareyalari (AB) dan ta’minlanuvchi o‘zgarmas operativ tok manbai;
- Himoyalanayotgan qurilmaning zanjiriga ulangan TT, TN, o‘z ehtiyoji transformatorlari va zaryadlangan kondensatorlardan ta’minlanuvchi o‘zgaruvchan operativ tok manbai;
- operativ zanjirlarni ta’minlash bloki yoki qurilmalarining to‘g‘rilagichlari yordamida to‘g‘rilangan (o‘zgarmas) tokka aylantirilgan o‘zgaruvchan tok manbai.
Operativ tok tizimlari:
-bog‘liq bo‘lgan ta’minlash, ya’ni operativ zanjirlarni ta’minlash tizimi nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog‘liq;
-bog‘liq bo‘lmagan ta’minlash, ya’ni operativ aanjirlarni ta’minlash tizimi nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog‘liq bo‘lmagan guruhlarga bo‘linadi.
O‘zgarmas operativ tok

O‘zgarmas operativ tok manbai sifatida kuchlanishi 110-220V, kichik nimstansiyalarda esa 24-48 V bo‘lgan va hamma operativ zanjirlarni markaziy ta’minlovchi akkumulyator batareyalari ishlatiladi. Ishonchlilikni oshirish uchun o‘zgarmas tok liniyalari bir necha qismlarga bo‘linib, har biri alohida batareyaning ishlash tizimiga ulanadi.(14.1rasm)


Himoya zanjirlari, o‘chirish chulg‘amlari asosiy qism bo‘lib hisoblanadi va ular boshqarish shinasi (BSH) dan ta’minlanadilar.
Qo‘shish shinasi (QSH) dan ta’minlanuvchi ulash cho‘lg‘amining zanjiri ikkinchi qism bo‘lib hisoblanadi. Bu QSH 400-500 A tok qabul qiluvchi moyli o‘chirgichlarning o‘chiruvchi va ulovchi cho‘lg‘amlarini ta’minlaydi.
Uchinchi qismga kamroq javobgarlikka ega bo‘lgan xabar (signal) shinasidan (XSH) ta’minlanuvchi xabarchilar kiradi.
Operativ tokning boshqa ta’minlanuvchilari (avariya vaqtidagi yoritish, o‘z ehtiyoj motorlari va h.k.) alohida liniyadan tok iste’mol qiladilar.
Operativ zanjirlarni qisqa tutashuv tokidan himoya qilish uchun saqlagich yoki maxsus avtomatlar (tokning oshishiga ta’sir javob beruvchi) ishlatiladi. Saqlagichlarning ishga yaroqligi nazorat relelari (RYA) bilan kuzatiladi (14.1. rasm). SHina XSH o‘chirgich holatini ko‘rsatuvchi xabar lampalarini ulashga mo‘ljallangan.
Batareya doimiy zaryadlanish rejimida aniq ishlaydi.(14.2-rasm)
O‘zgarmas tok shiti kuch shinasi (KSH) va boshqarish shinasidan iborat. BSH ning 108 ta elementdan iborat akkumulyator batareyalari "+" va "-" shinalardan tashkil topadi. Elementlar soni 108 dan ko‘p bo‘lganda ular oshirilgan kuchlanishli "-" shinaga ulanadilar.
BSH doimiy zaryadlanish rejimida 108 ta batareya elementlariga ulanadi.



Download 128.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling