15-Maruza: Melioratsiya mashinalari, vazifasi va turlari. Yerni o‘zlashtirishda dastlabki ishlov berish mashinalari. Yer kavlash va tekislash mashinalari. Att
Download 1.64 Mb.
|
15-maruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buldozer turlari
- Ishlayotgan buldozer sxemasi
2 - §. Yer kovlash mashinalari
Yer kovlagichlardan buldozer, skreper, greyder va greyder-elevatorlar keng tarqalgan. Buldozer tuproq qirindilarini to‘plab, surgichi bilan uni itarib siljitishi sababli, uyumning ikki chetidagi tuproq uzluksiz to‘kilib, surilgan tuproq hajmi kamayib turadi. Buldozer bilan tuproqni 15-30 m masofaga surish maqsadga muvofiqdir. Buldozer surgichi ramaga bikr (burilmaydigan) yoki yon tomonlariga 400 gacha buriluvchan qilib (universal) mahkamlanishi mumkin. Surgichni ko‘tarib - tushirish yoki yon tomonga burish gidrosilindr yordamida bajariladi (188- rasm). Qiya joylarni qirib, tekislash uchun ayrim buldozer surgichi vertikal tekislikda 200 gacha engashtirilib o‘rnatilish imkoniga ega. Buldozer traktor 4 ning oldiga osiladi (189- rasm). 188 - rasm.Buldozer turlari: a - burilmaydigan surgichli; b - buriluvchan surgichli; d -engashuvchan surgichli; 1 - buldozer ramasi; 2 - itargich; 3- surgich. Traktorga itaruvchi to‘sin 5 lar sharnirli o‘rnatilib, gidrosilindrlar 3 yordamida past - balandga ko‘tarilish va burilish imkoni bor. Itaruvchi to‘siq 5 ga egri sirtli surgich 2o‘rnatilgan. Buldozer surgichining ratsional shaklini to‘g’ri tanlash katta ahamiyatga egadir. Kesib olingan qirindi 189- rasmdagidek, bevosita surgich sirti bo‘ylab ustki qirragacha ko‘tarilib, old tomonga ag’darilishi natijasida prizmani shakllantirishi lozim. Agar surgich shakli noto‘g’ri tanlangan bo‘lsa, tuproq surgich sirti bo‘ylab siljimasdan, tuproq prizmasini tagidan yuqoriga ko‘tarishga harakat qiladi (189– d rasm), qarshilik kuchlari keskin ko‘payib ketadi. Surgichning ratsional shaklini 173 – e rasmdagi o‘lchamlar ta’minlaydi, ulardan kesish burchagi ; orqaga engashish burchagi ; tig’ining ko‘tarilish burchagi ; ustiga o‘rnatiladigan uzaytirgichni ostida o‘rnatilishi; surgichni tuproqqa botirish balandligi bo‘ladi. Ayrim buldozerda kesish burchagini orasida o‘zgartirish mumkin. Surgichning pastki tig’i o‘tmas bo‘lib qolsa, uni 180° ga to‘ntarib, ustki, o‘tkir tig’ini pastga o‘rnatish mumkin. Surgich tagiga o‘rnatilgan boshmoqlar, uni yer notekisliklariga moslanib yurishini ta’minlaydi. Buldozerning ish jarayoni uchga bo‘linadi: kovlash, surish va tuproqni tekislash. Kovlashda surgich tig’i tuproqqa 10-20 sm chuqurlikkacha botirilib, ilgarilab yuradi va tuproq qirindisini kesib oladi. Kesib olingan qirindi tuproq surgich oldiga to‘planib, prizma ko‘rinishida suriladi. Prizmaning balandligi surgichning ustki qirrasiga yetganida uni ko‘tarib, yer sathi bo‘ylab kerakli joyga surib boriladi. Prizmani ilgarilab surishda, uning ikki chetidagi tuproqning bir qismi surgichdan tushib qoladi. 189-rasm.Ishlayotgan buldozer sxemasi: a - buldozerning umumiy ko‘rinishi (prizmani shakllantirish); b - optimal shaklli surgich; d - nooptimal surgich; e - surgich o‘lchamlari; 1 - tuproq prizmasi; 2 - surgich; 3 - gidrosilindr; 4 - traktor; 5 - itaruvchi to‘sin; 6 - boshmoq; 7 - o‘q; 8 - tayanch g’altagi; 9 - kronshteyn; 10 - rama; 11 - xomut; 12 - rama bo‘shlig’i; 13 - tayanch boshmog’i. Shu sababli surish vaqtida prizma hajmini saqlab qolish uchun pichoq tuproqqa h chuqurlikda botirilib yuritiladi: h = Vt / Bl, m, (126) bu yerda, Vt - buldozer surib ketayotgan tuproq prizmasining to‘kilib qoladigan qismi; Vt - surilayotgan tuproq prizmasi hajmining 3-6% ni tashkil etadi. В - qamrov kengligi (surgichning eni), m; l - bosib о’tilgan yo‘l, m. Buldozer ish unumining negizini tashkil qiladigan asosiy ko‘rsatkich surilayotgan prizmaning hajmi bo‘lib, u surgich o‘lchamlari hamda tuproqning xossalariga bog’liqdir: bu yerda, - surgich oldiga to‘plangan tuproqning, и yerga to‘planishi mumkin bo‘lgan tuproqning maksimal hajmiga nisbati ( ); S - surgich oldidagi tuproq prizmasi ко’ndalang kesimining (uchburchakning) maydoni, S= H2/(2tg ); hujum burchagi (agar surgich о’ng tomonga burilmasa, ; tuproqning tabiiy qiyalik (ichki ishqalanish) burchagi ( 30-40°). Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling